Fotoqabul qilgichlarning xarakteristika va parametrlari
Yutiladigan yorug'lik kvantlarining hammasi ham elektr toki impulslarini hosil qilmaydi. Shuning uchun fotodiodlar, fotonlarni elektr tokiga aylanish samaradorligini xarakterlovchi η-kvant samaradorligi koeffisienti bilan baxolanadi [4]. Kvant samaradorligini hisoblash formulasi: η =1,24105 S/ bu yerda, S-sezgirlik, A/Vt; -optik signalning to'lqin uzunligi, nm. Ryu orqali o'tayotgan elektr fototokining o'rtacha qiymati quyidagi formuladan topiladi: I = η q (P / h) = SP
Qabul qilinadigan to'lqin uzunliklar diapazoni , nm
Кremniy
Germaniy
GaAs
lnGaAs
lnGaAsP*
|
400-1000
600-1600
800-1000
1000-1700
1100-1600
|
Turli to'lqin uzunliklari fotoqabulqilgichlarini yaratish uchun qo'llaniladigan elementlar va materiallar
Turli materiallar uchun kvant samaradorligining to'lqin uzunligiga bog'lanishi
Fotodiod sezgirligi - S bu yorug'lik quvvatini elektr tokiga aylanishdagi to'liq foydali ish koeffisientidir (FIK), ya'ni fototok I o'rtacha qiymatining optik quvvat P o'rtacha qiymatiga nisbatidir, A/Vt : S = I / P yoki, S = η (q / h)
Vaqt doimiysi - foto qabul qilgichning tezkorligini xarakterlaydi va u aktiv soha kengligiga, to'lqin uzunligiga, shuningdek tashuvchilar diffuziya oqibatida yoki elektr maydon ta'sirida harakat qilishiga bog'liq. FD ni xarakterlovchi eng muhim ko'rsatkichlardan biri bu xususiy shovqinlar sathi hisoblanadi. Shovqinlar regenerasiyalash punktlari orasidagi masofaga ta'sir qiladi. FD da drob shovqinlari asosiy shovqin omili hisoblanadi. Drob shovqinlarining toki: I dr.sh = 2qI0 = 2qI0B bu yerda, q-elektron zaryadi; I0 - FDdan doimiy oqib o'tuvchi tok qiymati; - chastota polosasi kengligi; B - uzatish tezligi.
p-i-n fotodiodi p-i-n FD tezkorligi va parametrlarining barqarorligi bilan ajralib turadi. p-i-n FD tuzilishi odatdagi p-n FD dan farq qiladi. p-i-n FDda p+ - va n+ - sohalarni aralashmalar bilan legirlanishi juda yuqori (+yuqori legirlanishni bildiradi), bu p+ va n+ sohalarni o'tkazuvchanligini oshiradi. i-sohaga esa aralashmalar kamroq qo'shiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |