8 ma’ruza urug’. Meva. O’simliklarning ko’payishi reja
Download 61.11 Kb. Pdf ko'rish
|
urug` va meva
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so’zlar
8 - MA’RUZA URUG’. MEVA. O’SIMLIKLARNING KO’PAYISHI Reja 1. Meva haqida tushuncha. 2. Mevalarning klassifikatsiyasi. 3. Urug‘ tuzilishi va tiplari. 4. Miva va urug‘lardan foydalanish. Tayanch so’zlar: murtak, endosperm, urug’palla barglari, gipokotil, epikotil, perikarp (meva yonligi), ekzokarp (tashqi qavat), apokarp, senokarp, sinkarp, avtoxorlar, avtoxoriya, zooxoriya, antropoxoriya, anemoxoriya, gidroxoriya, mezokarp (o’rta qavat), endokarp (ichki qavat). Gulli o’simliklar urug’i, odatda murtak, endosperm va urug’po’stidan tashkil topadi. Murtak zigotaning mahsuli sifatida qaralib, u ikki hissa xromosomalarga ega bo’lgan hujayralardan iborat. Endosperm murtak qopchasidagi markaziy hujayraning qushilishi, ya'ni qo’sh urug’lanish natijasida kelib chiqadi. Uning hujayralari uch hissa xromosomalar yig’indiga ega. Murtak yangi o’simlikning embrionidir. U butunlay yoki asosiy meristemadan tashkil topgan bo’ladi. Endosperm va murtakni dastlabki o’sish vaqtida ozuqa bilan ta'minlaydi. Gulli o’simliklarning turli vakillarida urug’dagi murtak bilan endosperm bir-biriga nisbatan turli o’lchamdadir. Murtak urug’ning ko’pchilik qismini egallagan hollarda, uning o’zi yoki ko’pincha urug’pallalari oziq moddalar to’plovchi vazifani bajaradi yoki oziq moddalar perispermda to’planishi mumkin. Urug’ po’sti bir necha qavatdan iborat bo’lib, murtakni qurib qolishidan, erta unib ketishidan saqlasa, urug’larning unish vaqtida uning hujayralari shilimshiqlanib tuproqqa urug’ni birikib olishiga yordam beradi hamda urug’ni tarqalishida ishtirok etadi. Urug’ po’stida suvni shimib bo’kishi uchun mayda teshik bo’ladi, u odatda urug’ yo’li deyiladi. Bundan tashqari, chok ham bo’lib, u urug’bandiga birikish joyi hisoblanadi. Endosperm asosan g’amlovchi to’qimadan iborat. Unda kraxmal, oqsil va moy tomchilaridan tashqari zahira oziq sifatida boshqa moddalar ham to’planishi mumkin. Murtak. Murtak embrion holdagi o’simlik, unda murtak holda o’simlikning barcha vegetativ organlari (ildiz va novdalar) bo’ladi. Ildizdan kurtakka o’tish zonasi murtak poyachasidir, bu qism poyaning birinchi bo’g’im oralig’idir. Uni gipokotil deb ataladi. Murtak holdagi kurtak o’sish konusi va murtak holdagi bargchalardan iborat. Download 61.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling