8 ma’ruza urug’. Meva. O’simliklarning ko’payishi reja
Ikki pallali o’simliklarning endospermsiz urug’lari
Download 61.11 Kb. Pdf ko'rish
|
urug` va meva
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bir pallali o’simliklarning endospermli urug’lari.
Ikki pallali o’simliklarning endospermsiz urug’lari. Yetilgan chigit po’sti
to’q jigarrang bo’ladi. Uning qobig’i ancha murakkab, ya'ni yarmi yoki uchdan ikki qismi juda qalin, mustahkam devorchalari uzun silindr shaklidagi hujayralardan tashkil topgan. Ichki pardasimon qobiq juda yupqa va nozik bo’lib, murtak xaltachasining qoldig’idir. Bu po’st murtakni zich o’rab oladi. Chigid murtagi ikkita urug’palla, murtak ildizchasi, urug’palla osti tirsagi va uchki o’sish kurtagidan iborat. Murtak ildizchasidan asosiy ildiz o’sib chiqadi, urug’palla ostki tirsagi urug’pallani tuproq yuzasiga olib chiqish uchun xizmat qiladi. Uchki o’sish kurtagidan poyaning urug’palla ustki qismi o’sib chiqadi, Bir pallali o’simliklarning endospermli urug’lari. Bir pallali o’simliklarning muhim ho’jalik ahamiyatiga ega bo’lgan maskur vakillari qo’ng’irboshdoshlar oilasiga mansubdir. Ularning meva yonligi bir urug’li, ya'ni doni o’ziga xos tuzilishga ega. Bularning urug’i boshqa bir pallali o’simliklarni urug’i dan farqlanib, murtakning bir tomoni endosperm bilan chegaralanib turadi. Natijada urug’palla endospermga yopishgan holda yassi qalqon shaklni oladi. Qalqonning vazifasi uning sirtiga joylashgan maxsus hujayralar yordamida amalga oshadi. Ko’pchilik bir pallali o’simliklarga nisbatan boshoqli o’simliklar murtagidagi kurtakcha yaxshi rivojlangan va 2 -3 ta, ba'zan bir necha barg boshlang’ichiga ega bo’ladi. Urug’ning unishi uchun ma'lum sharoit bo’lishi zarur. Shularning eng muhimi suv va unayotgan urug’ning jadal nafas olishini ta'milash uchun etarli miqdorda kislorod bo’lishi kerak. Bulardan tashqari, har bir o’simlik urug’i ning unishi uchun ma'lum darajada harorat talab yetiladi. Hamma o’simliklarda ham urug’larning unishini jadal borishi uchun optimal harorat (25-30°C) talab etilsa, minimal harorat o’zgaruvchan bo’ladi. O’rtacha harorat va sovuq iqlimda o’suvchi o’simliklar uchun minimal harorat noldan bir oz yuqori bo’lishi mumkin (sebargada 0,5°C, javdarda 1°C, zig’irda 2°C, bug’doyda 4°C). Subtropik va namli tropik o’simliklar urug’i uchun 10-20°C va undan ortiq (g’o’zada 14°C, sholida 10°C, qovun va bodringda 15-18°C), ba'zi urug’larning (masalan, sel’derey va zirkda) unishi uchun o’zgaruvchan harorat qulay hisoblanadi. Urug’ unishidan oldin suv shimib bo’kadi. Ana shu vaqtda urug’po’sti yorilib, fermentlar yordamida endosperm yoki perispermdagi oziq moddalarni parchalab eriydi. Keyinchalik murtakning oziq moddalarni shimishi ham urug’pallalar yordamida boradi. Murtakning oziq moddalar bilan ta'minlanishi tufayli uning hamma organlari o’sa boshlaydi. Urug’pallalar har doim ham tuproq yuzasiga chiqavermaydi. Ba'zi o’simliklarda gipokotil juda sust o’sadi. Shuning uchun ham urug’pallalar tuproq ostida qoladi. Bunday hollarda ikkinchi bo’g’im oraliq - epikotil cho’zilib tuproq yuzasiga kurtakni olib chiqadi. Birinchi tur unish yer ustki, ikkinchisi esa yer ostki o’sish deb ataladi. Yer ustki unish ikki pallali o’simliklardan g’o’za, loviya, kungaboqar, sabzi, lavlagi, bodring va boshqalar uchun xosdir. Yer ostki o’sish eman, no’xat, po’fanak, nasturtsiya kabi o’simliklarning urug’lari uchun xarakterli. Shunday qilib, ikki pallali o’simliklarning maysasida quyidagi qismlar ajratiladi: asosiy ildiz, ildiz bo’yni, gipokotil, urug’palla, epikotil, birinchi haqiqiy barg va uchki kurtak. Bir pallali o’simliklar maysasi boshqacha tuzilishga ega. Masalan, bug’doydoshlar popuk ildiz sistemasiga ega. Bunday ildiz sistemasi murtak ildiz bilan birga yoki bir necha soat keyin qo’shimcha ildizlarning hosil bo’lishi bilan bog’liq. Qo’shimcha ildizlar poyaning eng pastki qismidan o’sib chiqadi. Asosiy ildiz uzoq vaqt o’smaydi. Shuning uchun ham qo’shimcha ildizlar orasida ajralib turmaydi. Novda tuproq yuzasiga koleoptil yordamida yorib chiqadi. Tuproq yuzasida koleoptil o’sadi va unda esa maysaning dastlabki haqiqiy barglari ko’zga tashlanib turadi. Shunday qilib, zigotadan hujayralarning bo’lishi va ajralishi natijasida urug’ murtagi va uning unishidan maysa hamda o’simlikning hamma vegetativ organlari - ildiz, poya va barglar shakllanadi. Meva yopiq urug’li o’simliklar uchun xos bo’lgan generativ a'zo hisoblanib, gulda urug’lanish jarayonidan so’ng urug’chi tugunchasi va gulning boshqa a'zolari ishtirokida rivojlanadi. Agarda gulda bir necha urug’chi bo’lsa, ular urug’langanidan so’ng ayrim mevalardan tashkil topgan to’pmeva rivojlanadi. Mevalar shakli, ichki tuzilishi va gistologik xarakteriga ko’ra nihoyatda xilma - xildir. Mevanining po’sti yoki meva yonligi perikarp deb atalib, uni shartli ravishda uchta qavati ajratiladi: ichki endokarp, o’rta mezokarp va tashqi ekzokarp. Ushbu qavatlar barcha mevalarda bir xil darajada rivojlanmagan. Mevalar kelib chiqishiga ko‘ra: haqiqiy, soxta, oddiy, murakkab va to‘p mevalarga bo‘linadi. Haqiqiy mevalar deb faqat tugunchaning o‘zidan kelib chiqqan mevalarga aytiladi. Masalan: shoftoli, o‘rik, olcha, gilos, olxo‘ri mevalari. Soxta mevalarda meva hosil bo‘lishida tuguncha bilan birga gulning biron qismi ishtirok etadi. Masalan: olma mevasida gul kosa, qulupnay mevasida gul o‘rni va boshqalar. Oddiy mevalarni hosil bo‘lishida 1 ta tuguncha ishtirok yetadi (o‘rik, olcha, gilos, olxo‘ri). Murakkab mevalarni hosil bo‘lishida bir nechta tuguncha ishtirok etadi. Masalan: kungaboqar, qoqio‘t, ayiqtovon va hokazo. To‘p guldan hosil bo‘lgan mevalarga to‘p mevalar deyiladi. Masalan: tut, shotut, malina mevalari. Mevalar meva qatining tuzilishiga ko‘ra ho‘l va quruq mevalarga ajratiladi. Ho‘l mevalar ham, quruq mevalar ham ichidagi urug‘larining soniga ko‘ra 1 urug‘li va ko‘p urug‘li mevalarga bo‘linadi. Bir urug‘li ho‘l mevalarga olcha, gilos, shaftoli, o‘rik, olxo‘ri, ko‘p urug‘lilarga nok, qovun, tarvuz, uzum, apelsin, limon, mandarin kabi mevalar kiradi. Bular boshqacha rezavor mevalar deyiladi. Bir urug‘li quruq mevalarga don, pista, xakalak, eman daraxti mevalari va bir urug‘li qanotli mevalar kiradi. Кo‘p urug‘li quruq mevalarga dukkak, qo‘zoq, qo‘zoqcha, ko‘sak, ko‘sakcha va har xil shakildagi quticha mevalar misol bo‘la oladi. Aytib o’tganimizdek, meva urug’chining tugunchasidan hosil bo’ladi. Ayrim hollarda esa meva hosil bo’lishida ustuncha, juda kam hollarda–og’izcha ishtirok etadi. Agarda meva hosil bo’lishida mevachidan tashqari urug’ning boshqa qismlari, ko’p hollarda gulo’rni ishtirok etsa, meva soxta meva deyiladi. Mevalar turli xil shakl va o’lchamlarda, meva qati yesa turli tarkibda bo’ladi. Ho’l mevalarda meva qavati 3 qismdan: tashqi -ekzokarp, u odatda pishiq va mustahkam, o’rta - mezokarp, go’shtdor va yaxshi rivojlangan, hamda ichki - endokarpdan iborat. Ichki qavati turli tarkibda, ayrim o’simliklarda, masalan gilos, olchada u qattiq bo’ladi. Meva qavati qurug’ mevalarda ko’zga tashlanmaydi. Meva hosil qilishida qatnashgan urug’chining soniga qarab mevalar oddiy va murakkab mevalarga bo’linadi. Agarda gulda bitta urug’chi bo’lsa, bu urug’chidan hosil bo’lgan meva oddiy, gulda bir nechta urug’chi bo’lib, bu urug’chidan hosil bo’lgan meva murakkab meva deyiladi. Agarda meva bir nechta guldan yoki to’pguldan hosil bo’lsa to’p meva deyiladi. Masalan, anjir va tutning mevasi to’p mevaga misol bo’ladi. Aytib o’tilgan xususiyatlarga asoslanib, mevalar klassifikatsiyalangan. Morfologik xususiyatlariga qarab, bu sun'iy sistema avvalo mevalar quruq va ho’l mevalarga bo’linadi. Quruq’ mevalar esa ochiladigan ko’p urug’li ko’saksimon va ochilmaydigan bir urug’li – yong’oqsimon bo’ladi. Download 61.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling