8-Mavzu: 2004-2022-yillarda jismoniy tarbiya va sport sohasidagi qarorlar Reja
Download 458.65 Kb. Pdf ko'rish
|
8-Amaliy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Quyidagilar tashkil etiladi
Belgilab qo‘yilishicha:
O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi olimpiya sport turlari bo‘yicha sportchilar, trenerlar va boshqa sport mutaxassislarini tayyorlash hamda olimpiya sport turlarini rivojlantirish qismi bo‘yicha jismoniy tarbiya va sport sub’ektlari, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining faoliyatini muvofiqlashtiradi; Vazirlikning olimpiya sport turlarini rivojlantirishga mas’ul bo‘linmalari rahbarligiga nomzodlar O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi bilan majburiy ravishda kelishiladi; O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi vakillari olimpiya zaxiralari maxsus maktab-internatlari rahbarlarini tanlash, tayinlash va attestatsiya qilishda, mazkur maktablarga yo‘nalishlar bo‘yicha qabul qilish kvotalarini kelishishda hamda sportchilarni xalqaro sport musobaqalariga yuborishda ishtirok etadi; Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga sportchilarni tayyorlash doirasida sport federatsiya (assotsiatsiya)lari uchun ajratilayotgan homiylik mablag‘lari O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasida jamlanadi hamda sport federatsiya (assotsiatsiya)lari faoliyatini maqsadli moliyalashtirishga, shu jumladan etuk xorijiy sportchi va trenerlarni jalb qilish uchun sarflanadi; 39 O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Vazirlik bilan hamkorlikda yuqori malakali xorijiy sportchi, trener va boshqa mutaxassislarni olimpiya tayyorlash markazlari, sport federatsiya (assotsiatsiya)lari va boshqa sport tashkilotlarining o‘quv-mashg‘ulot jarayonlariga keng jalb qilishni ta’minlaydi. Quyidagilar tashkil etiladi: Samarqand viloyati Samarqand tumanida universal olimpiya tayyorgarligi va xalqaro musobaqalar o‘tkazish markazi; Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida joylashgan “Aziya-CHimgan” mehmonxonasi negizida milliy terma jamoalar uchun universal olimpiya tayyorgarligi markazi; Jizzax viloyati Zomin tumanida “Aloqachi” sog‘lomlashtirish oromgohi negizida gimnastika sport turi bo‘yicha olimpiya tayyorgarligi markazi; Namangan viloyati CHortoq tumanida serjantlar tayyorlash maktabi negizida sport o‘yinlari bo‘yicha olimpiya tayyorgarligi markazi; Qashqadaryo viloyati SHahrisabz tumanida “Gulnora” sog‘lomlashtirish oromgohi negizida sport yakkakurashlari bo‘yicha olimpiya tayyorgarligi markazi tashkil etiladi. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tashkil etilayotgan markazlar tasarrufida bo‘lgan vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda ushbu ob’ektlarni barcha bino va inshoot majmualari bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Milliy olimpiya qo‘mitasi tasarrufiga beg‘araz o‘tkazilishini ta’minlaydi. Download 458.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling