8-Mavzu: 2004-2022-yillarda jismoniy tarbiya va sport sohasidagi qarorlar Reja


Download 458.65 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/18
Sana14.05.2023
Hajmi458.65 Kb.
#1461700
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
8-Amaliy

 
2017 yil 15 iyun, PQ-3057-son 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori 
O‘zbekiston Respublikasida yilqichilik va ot sportini rivojlantirishga doir 
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida 
Respublikamizda yilqichilik va ot sportini rivojlantirish, uning moddiy-
texnik bazasini mustahkamlash, yangi avlod chavandozlarini tayyorlash va 
tarbiyalash, milliy ot sportining xalqaro dovrug‘ini oshirish, aholining keng 
qatlamlari, ayniqsa yoshlar o‘rtasida ot sportini faol targ‘ibot qilish va 
ommalashtirish maqsadida: 
1. O‘zbekiston ot sporti federatsiyasi konferensiyasi, O‘zbekiston 
Respublikasi jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi 
Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hamda O‘zbekiston Milliy olimpiya 
qo‘mitasining O‘zbekiston ot sporti federatsiyasi faoliyatini takomillashtirish va 
uning nomini O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasiga (keyingi 
o‘rinlarda — Federatsiya) o‘zgartirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 
1-bandga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 1 avgustdagi 
PF-5497-sonli 
Farmoniga 
asosan o‘zgartirish kiritilgan. 
Rus tili 
matniga qarang. 
2. Quyidagilar Federatsiyaning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari 
etib belgilansin: 
yilqichilikda naslchilik ishlarini takomillashtirish yo‘li bilan, noyob zotli 
sport otlari hamda Qorabayir va Axaltaka nasldor ot zotlari bosh sonini 
ko‘paytirish bo‘yicha tashkilotlarga ko‘maklashish; 
xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribalarini o‘rganish orqali nasldor, sport va 
xizmat otlarini ko‘paytirish va parvarishlashning zamonaviy usullarini tashkil 
etish; 
yilqichilik va ot sportini rivojlantirish bo‘yicha me’yoriy-huquqiy bazani 
ishlab chiqishda ishtirok etish, davlat dasturlarini amalga oshirish, marketing va 
reklama ishlarini kengaytirish; 



yosh avlod chavandozlarini tarbiyalashga yo‘naltirilgan milliy ot sporti 
musobaqalarini tashkil etish va o‘tkazish hamda milliy ot sportining xalqaro 
dovrug‘ini oshirish; 
zarur ozuqa bazani ta’minlash uchun er maydonlari ajratish masalalarida 
tegishli mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan samarali hamkorlikni 
ta’minlash; 
otlarni saqlash va sifatli veterinariya xizmati ko‘rsatish ishlarini 
yaxshilashga ko‘maklashish, shuningdek, jahon bozorida naslli mahsulot 
(material)ning raqobatdoshligini ta’minlash; 
bolalar sport maktablari tarmog‘i va seksiyalari, ot sporti klublarini 
kengaytirish, yuqori malakali hakamlar, veterinarlar va taqachilarni tayyorlash va 
ularni qayta tayyorlash. 
3. Quyidagilar: 
O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasining tashkiliy tuzilmasi, 
uning ijro etuvchi apparati tarkibi va hududiy bo‘linmalarining namunaviy 
tuzilmasi 
1

2
, va 
3-ilovalarga
 muvofiq; 
O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi huzurida Yilqichilik va ot 
sportini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamg‘armasini (keyingi o‘rinlarda — 
Jamg‘arma) tashkil etilishi ma’qullansin. 
4. Belgilab qo‘yilsinki: 
O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisi va uning 
o‘rinbosarlarini konferensiya delegatlari tomonidan saylanadi va O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tasdiqlanadi; 
Federatsiyaning ijro etuvchi apparati faoliyatini joriy ta’minlash va 
moliyalashtirish Federatsiya a’zolarining — tashkilotlarning ajratmalari hamda 
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi. 
5. Jamg‘arma mablag‘lari ilmiy-tadqiqot va seleksiya-naslchilik ishlarini 
moliyalashtirish, 
Federatsiyaning 
moddiy-texnik 
bazasini 
mustahkamlash, 
hakamlar, veterinar va taqachilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini 
oshirish tizimini takomillashtirish, tajriba almashish va ixtisoslik bilimlarini 
oshirish, shuningdek, alohida o‘rnak ko‘rsatgan sportchilar, hakamlar, zootexniklar 
va yilqichilarni moddiy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilishi ma’lumot 
uchun qabul qilinsin. 
Jamg‘armani shakllantirish manbalari etib, xayr-ehson yordamlari va 
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar belgilansin. 

Download 458.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling