8-Mavzu: 2004-2022-yillarda jismoniy tarbiya va sport sohasidagi qarorlar Reja


Download 458.65 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/18
Sana14.05.2023
Hajmi458.65 Kb.
#1461700
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
8-Amaliy

Oldingi
 tahrirga qarang. 
6. Federatsiya va uning a’zolariga, sport otlarini eksport qilishga ruxsat 
etilsin. 
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3 maydagi PF-
5428-sonli 
Farmoni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 
04.05.2018 y., 06/18/5428/1158-son) 
7. Respublikamizda yilqichilik va ot sportini rivojlantirishga ko‘maklashish 
bo‘yicha Ishchi guruh (keyingi o‘rinlarda — Ishchi guruh) 
4-ilovaga
muvofiq 
tarkibda tashkil etilsin. 



8. Ishchi guruh (Z.T. Mirzaev) O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv 
xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat 
qo‘mitasi va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2017-2021 
yillarda yilqichilik va ot sportini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari Dasturi 
loyihasini ikki oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar 
Mahkamasiga kiritsin. 
8-bandning birinchi xatboshisiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
2018 yil 1 avgustdagi PF-5497-sonli 
Farmoniga 
asosan o‘zgartirish kiritilgan. 
Rus tili 
matniga qarang. 
Dastur loyihasini ishlab chiqishda quyidagi ustuvor vazifalarni amalga 
oshirishga alohida e’tibor qaratilsin: 
yilqichilik 
va 
ot 
sportining 
normativ-huquqiy 
bazasini 
yanada 
takomillashtirish; 
sof zotli hamda Qorabayir va Axaltaka zotli sport otlarini urchitish va 
ko‘paytirish; 
yilqichilik 
va 
ot 
sportining 
moddiy-texnik 
va 
ozuqa 
bazasini 
mustahkamlash; 
xorijiy davlatlarning yilqichilik va ot sporti bo‘yicha ilg‘or tajribalarini 
joriy etish, yilqichilik va ot sporti mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va 
ularning malakasini oshirish; 
yosh sportchilarni jalb qilgan holda milliy va xalqaro ot sport turlarini 
rivojlantirish, sport tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish, shuningdek, milliy va 
xalqaro darajada yilqilar ko‘rgazmalari va auksion savdolarini tashkil etish; 
oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida kadrlar, 
shuningdek, yilqichilik bo‘yicha ilmiy kadrlar va tayyorlashning o‘quv rejalari 
hamda dasturlarini takomillashtirish va yangilash, kadrlar malakasini oshirishni 
tashkil etish. 
9. 2021 yilning 1 yanvarigacha bo‘lgan muddatda: 
Federatsiyani barcha soliqlar va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy 
ajratmalar to‘lashdan; 
ippodromlar, ot sporti klublari va maktablarining moddiy-texnik bazasini 
mustahkamlash uchun olib kelinadigan, respublikamizda ishlab chiqarilmaydigan, 
inventarlar, sport otlari, naslli mahsulotlar (materiallar), ozuqa va ozuqa 
qo‘shimchalari, vitaminlar, veterinariya dori vositalari, uskunalar va materiallar 
belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha bojxona to‘lovlaridan 
(bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) ozod etilsin. 
10. Quyidagilar: 
«O‘zbekneftgaz» milliy xolding kompaniyasi va Qashqadaryo viloyati 
hokimligining Qorabayir zotli otlarni ko‘paytirish va parvarishlash bo‘yicha 
zamonaviy talablarga javob beradigan majmuasini qurish va 2018 yilning 1 
yanvariga qadar foydalanishga topshirish; 
Toshkent viloyati hokimligining Axaltaka zotli otlarni ko‘paytish va 
parvarishlash bo‘yicha «O‘zbegim otlari» MCHJ ot zavodini qurish; 



Toshkent shahri hokimligining xalqaro ot sporti Federatsiyasining 
talablarini hisobga olgan holda, 2017 — 2019 yillar davrida «Markaziy ippodrom» 
AJni qayta ta’mirlash va jihozlash; 
O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, 
Federatsiya va O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasining Federatsiya huzurida Ot 
sporti murabbiylari, hakamlar, veterinarlar va taqachilar Respublika maktabini, 
shuningdek, Ot sporti bo‘yicha oliy sport mahorati respublika maktabi bazasida 
yoshlar va o‘smirlar terma jamoasini tashkil etish; 
Federatsiya, Toshkent shahri hokimligi va «Markaziy ippodrom» AJning 
Otlar karantini va veterinariya markazini «Markaziy ippodrom» AJ hududida 
tashkil etish; 
Federatsiya, Toshkent viloyati hokimligi va «O‘zbek sport otlari» 
MCHJning sport otlarini ko‘paytirish bo‘yicha «O‘zbek sport otlari» MCHJ ot 
zavodini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin. 
11. Toshkent shahri hokimligi va O‘zbekiston Kasaba uyushmalari 
Federatsiyasi Kengashi Federatsiyaning Toshkent shahri, Buxoro ko‘chasi, 24-uy 
manziliga bepul foydalanish huquqi bilan joylashtirilishini ta’minlasinlar. 
12. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Federatsiyaning 
buyurtmanomalariga binoan yilqichilik va ot sporti sohasida ishlashga jalb 
etiladigan xorijiy mutaxassislarga kirish vizalarining konsullik yig‘imlari va 
boshqa yig‘imlar undirilmasdan rasmiylashtirilishini belgilangan tartibda 
ta’minlasin. 
13. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Federatsiyaning 
buyurtmanomalariga binoan yilqichilik va ot sporti sohasida ishlashga jalb 
etiladigan xorijiy mutaxassislarga davlat boji undirilmasdan ko‘p martalik kirish 
vizalari berilishini va ularning muddati uzaytirilishini, shuningdek, ularning 
yashash joyida vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazilishini va vaqtincha ro‘yxatdan 
o‘tkazish muddati uzaytirilishini belgilangan tartibda ta’minlasin. 
14. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi 
Federatsiyaning buyurtmanomalariga binoan yilqichilik va ot sporti sohasida 
ishlash uchun yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni (O‘zbekiston Respublikasi 
fuqarolari orasida bunday mutaxassislar bo‘lmagan taqdirda) O‘zbekiston 
Respublikasiga jalb etishga ruxsatnomalar berishni (muddatini uzaytirishni), 
shuningdek, ko‘rsatib o‘tilgan xorijiy fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi 
hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqiga tasdiqnomalar berilishini 
(muddati uzaytirilishini) ta’minlasin. 
15. 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Axborot 
texnologiyalari 
va 
kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Federatsiyani belgilangan tartibda 
zarur bo‘lgan telekommunikatsiya va telefon aloqasi, shu jumladan, hukumat 
aloqasi bilan ta’minlasin. 
16. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi manfaatdor 
vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib 
chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida bir oy muddatda O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 



17. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston 
Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin. 

Download 458.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling