8-Mavzu: 2004-2022-yillarda jismoniy tarbiya va sport sohasidagi qarorlar Reja


Download 458.65 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/18
Sana14.05.2023
Hajmi458.65 Kb.
#1461700
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
Bog'liq
8-Amaliy

2018 yil 3 may, 333-son 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori 
Suzish sport turlarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston 
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini 
«Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili»da 
amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida» 2018 yil 22 yanvardagi PF-5308-son 
Farmoniga
muvofiq hamda suv sporti turlari bo‘yicha sport zaxirasi va yuksak mahoratli 
sportchilarni tayyorlash, suv sporti turlari bo‘yicha bolalar trenerlarini tayyorlash va 
seleksiya ishlarini yo‘lga qo‘yish, sport muassasalari trenerlari va xodimlarini moddiy 
rag‘batlantirish tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 
1. Quyidagilar: 


22 
2018 — 2021 yillarda suzish sport turlarini rivojlantirish chora-tadbirlari rejasi 
1-ilovaga 
muvofiq; 
Byudjet mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladigan basseynlarda shug‘ullanish va ulardan 
foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom 
2-ilovaga 
muvofiq tasdiqlansin. 
2. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi: 
ushbu qaror bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasida belgilangan topshiriqlar ijrosining 
o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi yuzasidan tegishli vazirliklar va idoralar, mahalliy 
davlat hokimiyati organlariga tashkiliy-metodik yordam ko‘rsatsin; 
bir oy muddatda tizimdagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni ilmiy-
metodik ta’minlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazida 3 va 6 oylik 
qisqa muddatli suv sporti turlariga o‘rgatadigan trenerlarning malakasini oshirish va qayta 
tayyorlash o‘quv kurslarini tashkil etsin; 
ikki oy muddatda basseynlarni suv sporti turlari bilan shug‘ullanish bo‘yicha o‘quv 
rejalari, dasturlar va adabiyotlar bilan ta’minlasin; 
ikki oy muddatda byudjet mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladigan basseynlarni (keyingi 
o‘rinlarda basseynlar deb ataladi) xalqaro talablarga mos sport anjomlari va uskunalari bilan 
ta’minlash tartibini tasdiqlasin hamda tasdiqlangan tartib asosida basseynlarni sport 
anjomlari va uskunalari bilan ta’minlash rejasini ishlab chiqsin; 
uch oy muddatda tizimdagi basseynlarga kirish va o‘tish joylarida videokuzatuv 
moslamalari hamda turniketlar o‘rnatilishini ta’minlasin; 
basseynlarning manzili, ish vaqti, ko‘rsatiladigan xizmat turlari va narxlari haqidagi 
ma’lumotlar Internet jahon axborot tarmog‘ida doimiy ravishda keng yoritilishini yo‘lga 
qo‘ysin. 
3. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi 
tizimidagi basseynlarga kirish va o‘tish joylarida videokuzatuv moslamalari va turniketlarni 
o‘rnatish hamda sport anjomlari va uskunalari bilan ta’minlash xarajatlari O‘zbekiston 
Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sportni 
rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga qoplanadi. 
4. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi 
bilan birgalikda basseynlarda sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlari 
bajarilishi bo‘yicha doimiy ravishda tushuntirish ishlarini olib borsin. 
5. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Xalq ta’limi vazirligi 
hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar 
Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda uch oy muddatda: 
hududlarda joylashgan davlat ta’lim muassasalarining basseynlarini xatlovdan o‘tkazsin; 
xatlov yakunlari bo‘yicha davlat va xususiy sheriklik asosida foydalanishga beriladigan 
hududlarda joylashgan davlat ta’lim muassasalarining basseynlari ro‘yxatini tuzsin hamda 
mazkur ro‘yxatni hamda davlat va xususiy sheriklik asosida foydalanishga berish shartlari 
to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Internet jahon axborot tarmog‘ida joylashtirsin; 
davlat va xususiy sheriklik asosida foydalanishga beriladigan basseynlarni tushgan 
takliflarga ko‘ra ijaraga berish tizimini joriy etsin. 
6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar 
hokimliklari basseynlarning yil davomida uzluksiz faoliyat yuritishini ta’minlash, ulardan 
samarali foydalanish maqsadida barcha zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya 


23 
infratuzilmasi (elektr energiyasi, gaz, suv ta’minoti, kanalizatsiya, avtomobil yo‘llari va 
boshqalar) bilan belgilangan tartibda ta’minlasinlar. 
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 
o‘rinbosari Q.V. Akmalov va O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri 
SH.X. Israilov zimmasiga yuklansin. 

Download 458.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling