8-Mavzu: 2004-2022-yillarda jismoniy tarbiya va sport sohasidagi qarorlar Reja
Download 458.65 Kb. Pdf ko'rish
|
8-Amaliy
2018 yil 14 avgust, 660-son
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori Ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining « Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida » 2018 yil 25 yanvardagi PF-5313-son, « Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida » 2018 yil 5 martdagi PF-5368-son farmonlarida hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida» 2018 yil 3 fevraldagi PQ-3504-son qarorida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash, shuningdek sportning olimpiya va milliy turlari bo‘yicha terma 26 jamoalarni shakllantirish uchun sport zaxirasini tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: Ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati to‘g‘risida nizom 1- ilovaga ; Ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatiga o‘quvchilarni qabul qilish, attestatsiyadan o‘tkazish va ularning o‘qishini ko‘chirish tartibi to‘g‘risida nizom 2-ilovaga ; Ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatida oziq-ovqat bilan ta’minlash xarajatlarini qisman qoplash uchun ota-onalar to‘lovini to‘lash tartibi to‘g‘risida nizom 3-ilovaga ; Ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatining ayrim xodimlari mehnatiga haq to‘lash tartibi to‘g‘risida nizom 4-ilovaga ; Ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlar jadvali 5-ilovaga ; Ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati o‘quvchilari uchun sutkalik oziq-ovqat normasi 6-ilovaga ; Ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati huzuridagi olimpiya zaxiralari markazlari to‘g‘risida nizom 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasining ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlari huzurida olimpiya zaxiralari markazlarini tashkil etish va ularda o‘quv-mashq jarayonini 2019/2020 o‘quv yilidan amalga oshirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 3. Ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlarining 2018/2019 o‘quv yili uchun o‘quvchilar soni 600 nafar, Respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatining o‘quvchilar soni 750 nafar etib belgilansin. 4. Ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlarining 6-sinfga o‘qishga qabul qilish 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab tashkil etilsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 8-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Abduxakimov hamda O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri D.X. Nabiyev zimmasiga yuklansin. 2018 yil 5 mart, PF-5368-son |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling