8-Mavzu: 2004-2022-yillarda jismoniy tarbiya va sport sohasidagi qarorlar Reja


Download 458.65 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/18
Sana14.05.2023
Hajmi458.65 Kb.
#1461700
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
8-Amaliy

 
 
2018 yil 5 mart, PQ-3583-son 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori 
O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligini tashkil etish 
to‘g‘risida 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti «Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat 
boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonni 
imzoladi. 
Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, 
Moliya vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi 
Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, Toshkent 
shahar hokimligi, sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari)ning: 
O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi va uning 
hududiy bo‘linmalari negizida O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport 
vazirligini (keyingi o‘rinlarda Vazirlik deb yuritiladi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi 
qabul qilindi. 
Qo‘yidagilar Vazirlikning asosiy vazifalari etib belgilandi: 
jismoniy tarbiya va sport sohasida aholining keng qatlamlarini sport bilan 
shug‘ullanishga va sog‘lom turmush tarzini yuritishga jalb etish, jismonan sog‘lom o‘sib 


36 
kelayotgan avlodni tarbiyalash, sport industriyasi va infratuzilmasini rivojlantirish, oliy 
sport mahorati sohasida mamlakatimizning xalqaro sport maydonida munosib ishtirokini 
ta’minlashga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshirish; 
vazirliklar va idoralar jismoniy tarbiya va sport jamiyatlari hamda klublarining 
faoliyatini muvofiqlashtirish, shuningdek, respublika maktabgacha ta’lim muassasalari, 
umumta’lim maktablari, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi va oliy ta’lim muassasalari 
jismoniy tarbiya o‘qituvchilari va instruktorlari faoliyatiga tashkiliy-uslubiy rahbarlikni 
amalga oshirish; 
mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, 
jismoniy tarbiya va sport jamiyatlari, ta’lim muassasalari, jamoat tashkilotlari bilan 
birgalikda aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishni 
ommalashtirish borasida keng ko‘lamli ishlarni tashkillashtirish; 
bolalarni sport bilan muntazam ravishda shug‘ullanishga jalb etish, bolalar sport 
ta’limi sifatini oshirish, barcha hududlarda, ayniqsa, qishloq va chekka hududlarda 
bolalar sporti ob’ektlari tarmog‘ini yanada kengaytirish orqali bolalar sportini yanada 
rivojlantirish; 
Olimpiya, Paralimpiya va Osiyo o‘yinlari, jahon, Osiyo chempionatlari va boshqa 
xalqaro musobaqa va turnirlarda muvaffaqiyatli ishtirokni ta’minlash uchun istiqbolli 
sportchilarni tanlash, tayyorlash va mahoratini oshirishning, ular orasidan mamlakat 
terma jamoalari sifatli sport zaxirasi va tarkibini shakllantirishning samarali tizimini 
yaratishda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari) 
bilan hamkorlik qilish; 
mamlakatimizda professional, ommaviy sportni, shu jumladan sport o‘yinlari va 
qishki sport turlarini rivojlantirishni rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash, ilg‘or xalqaro 
tajribani hisobga olgan holda, sport tayyorgarligi jarayoniga zamonaviy texnologiyalarni 
joriy etish, barcha sport turlari bo‘yicha milliy chempionatlar darajasi va sifatini oshirish, 
xalqaro va mintaqaviy musobaqalar tashkil etish, nosog‘lom sport raqobatiga va 
taqiqlangan preparatlar ishlatilishiga qarshi tizimli choralar ko‘rishni rag‘batlantirish; 
jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport tashkilotlari, ob’ektlari va inshootlarining 
ommaviy sport, bolalar sporti va professional sport yo‘nalishlari bo‘yicha moddiy-
texnika bazasini rivojlantirish hamda mustahkamlash, ulardan maksimal darajada va 
samarali foydalanilishini ta’minlash, sport asbob-uskunalari hamda inventarlarining 
mamlakatimizda ishlab chiqarilishini tashkil etish va kengaytirish bo‘yicha takliflar 
tayyorlashda qatnashish; 
jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va 
malakasini oshirishni tashkil etish, jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish hamda sport 
tashkilotlarini, ta’lim va sport-ta’lim muassasalarini yuqori malakali trenerlar va boshqa 
sport mutaxassislari bilan ta’minlash; 


37 
jismoniy tarbiya va sport sohasida xalqaro va davlatlararo sport aloqalarini 
kengaytirish hamda mustahkamlash, xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb etish 
borasidagi ishlarni tashkil qilish, ommabop sport dasturlarini tashkil etishga 
ko‘maklashish, jismoniy tarbiya va sport sohasiga oid ommaviy adabiyotlar chop etish, 
video va kino materiallar tayyorlash. 
Vazirlikning markaziy apparati tuzilmasida sport faoliyatini tashkil qilishda asoslilik, 
ob’ektivlik va shaffoflikni ta’minlashga, shu jumladan jismoniy tarbiya va sportni 
rivojlantirishga ajratilgan davlat moliyaviy mablag‘laridan oqilona foydalanilishini tahlil 
qilish, aholining sport xizmatlaridan qoniqish darajasi va sport xizmatlaridan foydalana 
olish shart-sharoitlarini baholash, shuningdek, korrupsiya va boshqa suiiste’molchilik 
holatlarini aniqlash uchun mas’ul bo‘lgan Jismoniy tarbiya va sport sohasida monitoring 
boshqarmasi tashkil etiladi. 

Download 458.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling