8-Mavzu: 2004-2022-yillarda jismoniy tarbiya va sport sohasidagi qarorlar Reja


Download 458.65 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/18
Sana14.05.2023
Hajmi458.65 Kb.
#1461700
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
8-Amaliy

 
2017 yil 30 oktyabr, 878-son 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori 
Nufuzli xalqaro sport musobaqalarida yuksak natijalarga erishgan 
o‘zbekiston sportchilari va ularning trenerlarini yanada qo‘llab-quvvatlash 
chora-tadbirlari to‘g‘risida 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Nufuzli xalqaro sport 
musobaqalarida yuksak natijalarga erishgan O‘zbekiston sportchilarini jamoat va 
sport ishlariga keng jalb etish hamda sportchilarni va ularning trenerlarini 
rag‘batlantirish to‘g‘risida» 2017 yil 10 avgustdagi PQ-3196-son 
qarorida 
belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, shuningdek sportchi va trenerlarni 
moddiy qo‘llab-quvvatlash hamda ularning salomatligini yanada mustahkamlash 
maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 
1. Quyidagilar: 
Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari g‘olib va sovrindorlariga to‘lanadigan 
umrbod oylik to‘lovlar to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom 
1-ilovaga 
muvofiq; 
YUqori mahoratli sportchilarni tayyorlagan trenerlarga to‘lanadigan bir 
martalik pul mukofotlarini berish tartibi to‘g‘risidagi nizom
 2-ilovaga
 muvofiq; 



Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari g‘olib va sovrindorlarining salomatligini 
sanatoriy-sog‘lomlashtirish muassasalarida mustahkamlash tartibi to‘g‘risidagi 
nizom 
3-ilovaga 
muvofiq tasdiqlansin. 
2. Belgilab qo‘yilsinki, bir martalik pul mukofotlari nufuzli xalqaro sport 
musobaqalarida 2018 yil 1 yanvardan boshlab yuksak natijalarga erishgan 
sportchilarning trenerlariga beriladi. 
3. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi 
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda o‘zlari qabul 
qilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi 
Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi raisi R.D. Kurbanov zimmasiga hamda 
Vazirlar Mahkamasining Sog‘liqni saqlash, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza 
qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot-tahlil departamentiga 
yuklansin. 

Download 458.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling