8-Mavzu: 2004-2022-yillarda jismoniy tarbiya va sport sohasidagi qarorlar Reja
Download 458.65 Kb. Pdf ko'rish
|
8-Amaliy
2017 yil 15 iyun, PQ-3057-son O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori O‘zbekiston Respublikasida yilqichilik va ot sportini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida Respublikamizda yilqichilik va ot sportini rivojlantirish, uning moddiy- texnik bazasini mustahkamlash, yangi avlod chavandozlarini tayyorlash va tarbiyalash, milliy ot sportining xalqaro dovrug‘ini oshirish, aholining keng qatlamlari, ayniqsa yoshlar o‘rtasida ot sportini faol targ‘ibot qilish va ommalashtirish maqsadida: 1. O‘zbekiston ot sporti federatsiyasi konferensiyasi, O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hamda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasining O‘zbekiston ot sporti federatsiyasi faoliyatini takomillashtirish va uning nomini O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasiga (keyingi o‘rinlarda — Federatsiya) o‘zgartirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 1-bandga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 1 avgustdagi PF-5497-sonli Farmoniga asosan o‘zgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang. 2. Quyidagilar Federatsiyaning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilansin: yilqichilikda naslchilik ishlarini takomillashtirish yo‘li bilan, noyob zotli sport otlari hamda Qorabayir va Axaltaka nasldor ot zotlari bosh sonini ko‘paytirish bo‘yicha tashkilotlarga ko‘maklashish; xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribalarini o‘rganish orqali nasldor, sport va xizmat otlarini ko‘paytirish va parvarishlashning zamonaviy usullarini tashkil etish; yilqichilik va ot sportini rivojlantirish bo‘yicha me’yoriy-huquqiy bazani ishlab chiqishda ishtirok etish, davlat dasturlarini amalga oshirish, marketing va reklama ishlarini kengaytirish; 5 yosh avlod chavandozlarini tarbiyalashga yo‘naltirilgan milliy ot sporti musobaqalarini tashkil etish va o‘tkazish hamda milliy ot sportining xalqaro dovrug‘ini oshirish; zarur ozuqa bazani ta’minlash uchun er maydonlari ajratish masalalarida tegishli mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan samarali hamkorlikni ta’minlash; otlarni saqlash va sifatli veterinariya xizmati ko‘rsatish ishlarini yaxshilashga ko‘maklashish, shuningdek, jahon bozorida naslli mahsulot (material)ning raqobatdoshligini ta’minlash; bolalar sport maktablari tarmog‘i va seksiyalari, ot sporti klublarini kengaytirish, yuqori malakali hakamlar, veterinarlar va taqachilarni tayyorlash va ularni qayta tayyorlash. 3. Quyidagilar: O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasining tashkiliy tuzilmasi, uning ijro etuvchi apparati tarkibi va hududiy bo‘linmalarining namunaviy tuzilmasi 1 , 2 , va 3-ilovalarga muvofiq; O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi huzurida Yilqichilik va ot sportini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamg‘armasini (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) tashkil etilishi ma’qullansin. 4. Belgilab qo‘yilsinki: O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisi va uning o‘rinbosarlarini konferensiya delegatlari tomonidan saylanadi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tasdiqlanadi; Federatsiyaning ijro etuvchi apparati faoliyatini joriy ta’minlash va moliyalashtirish Federatsiya a’zolarining — tashkilotlarning ajratmalari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi. 5. Jamg‘arma mablag‘lari ilmiy-tadqiqot va seleksiya-naslchilik ishlarini moliyalashtirish, Federatsiyaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, hakamlar, veterinar va taqachilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, tajriba almashish va ixtisoslik bilimlarini oshirish, shuningdek, alohida o‘rnak ko‘rsatgan sportchilar, hakamlar, zootexniklar va yilqichilarni moddiy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin. Jamg‘armani shakllantirish manbalari etib, xayr-ehson yordamlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar belgilansin. Download 458.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling