8-Mavzu: 2004-2022-yillarda jismoniy tarbiya va sport sohasidagi qarorlar Reja
Download 458.65 Kb. Pdf ko'rish
|
8-Amaliy
Oldingi
tahrirga qarang. 6. Federatsiya va uning a’zolariga, sport otlarini eksport qilishga ruxsat etilsin. (6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3 maydagi PF- 5428-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2018 y., 06/18/5428/1158-son) 7. Respublikamizda yilqichilik va ot sportini rivojlantirishga ko‘maklashish bo‘yicha Ishchi guruh (keyingi o‘rinlarda — Ishchi guruh) 4-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin. 6 8. Ishchi guruh (Z.T. Mirzaev) O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2017-2021 yillarda yilqichilik va ot sportini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari Dasturi loyihasini ikki oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 8-bandning birinchi xatboshisiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 1 avgustdagi PF-5497-sonli Farmoniga asosan o‘zgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang. Dastur loyihasini ishlab chiqishda quyidagi ustuvor vazifalarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilsin: yilqichilik va ot sportining normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish; sof zotli hamda Qorabayir va Axaltaka zotli sport otlarini urchitish va ko‘paytirish; yilqichilik va ot sportining moddiy-texnik va ozuqa bazasini mustahkamlash; xorijiy davlatlarning yilqichilik va ot sporti bo‘yicha ilg‘or tajribalarini joriy etish, yilqichilik va ot sporti mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish; yosh sportchilarni jalb qilgan holda milliy va xalqaro ot sport turlarini rivojlantirish, sport tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish, shuningdek, milliy va xalqaro darajada yilqilar ko‘rgazmalari va auksion savdolarini tashkil etish; oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida kadrlar, shuningdek, yilqichilik bo‘yicha ilmiy kadrlar va tayyorlashning o‘quv rejalari hamda dasturlarini takomillashtirish va yangilash, kadrlar malakasini oshirishni tashkil etish. 9. 2021 yilning 1 yanvarigacha bo‘lgan muddatda: Federatsiyani barcha soliqlar va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalar to‘lashdan; ippodromlar, ot sporti klublari va maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun olib kelinadigan, respublikamizda ishlab chiqarilmaydigan, inventarlar, sport otlari, naslli mahsulotlar (materiallar), ozuqa va ozuqa qo‘shimchalari, vitaminlar, veterinariya dori vositalari, uskunalar va materiallar belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) ozod etilsin. 10. Quyidagilar: «O‘zbekneftgaz» milliy xolding kompaniyasi va Qashqadaryo viloyati hokimligining Qorabayir zotli otlarni ko‘paytirish va parvarishlash bo‘yicha zamonaviy talablarga javob beradigan majmuasini qurish va 2018 yilning 1 yanvariga qadar foydalanishga topshirish; Toshkent viloyati hokimligining Axaltaka zotli otlarni ko‘paytish va parvarishlash bo‘yicha «O‘zbegim otlari» MCHJ ot zavodini qurish; 7 Toshkent shahri hokimligining xalqaro ot sporti Federatsiyasining talablarini hisobga olgan holda, 2017 — 2019 yillar davrida «Markaziy ippodrom» AJni qayta ta’mirlash va jihozlash; O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, Federatsiya va O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasining Federatsiya huzurida Ot sporti murabbiylari, hakamlar, veterinarlar va taqachilar Respublika maktabini, shuningdek, Ot sporti bo‘yicha oliy sport mahorati respublika maktabi bazasida yoshlar va o‘smirlar terma jamoasini tashkil etish; Federatsiya, Toshkent shahri hokimligi va «Markaziy ippodrom» AJning Otlar karantini va veterinariya markazini «Markaziy ippodrom» AJ hududida tashkil etish; Federatsiya, Toshkent viloyati hokimligi va «O‘zbek sport otlari» MCHJning sport otlarini ko‘paytirish bo‘yicha «O‘zbek sport otlari» MCHJ ot zavodini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin. 11. Toshkent shahri hokimligi va O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Federatsiyaning Toshkent shahri, Buxoro ko‘chasi, 24-uy manziliga bepul foydalanish huquqi bilan joylashtirilishini ta’minlasinlar. 12. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Federatsiyaning buyurtmanomalariga binoan yilqichilik va ot sporti sohasida ishlashga jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga kirish vizalarining konsullik yig‘imlari va boshqa yig‘imlar undirilmasdan rasmiylashtirilishini belgilangan tartibda ta’minlasin. 13. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Federatsiyaning buyurtmanomalariga binoan yilqichilik va ot sporti sohasida ishlashga jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga davlat boji undirilmasdan ko‘p martalik kirish vizalari berilishini va ularning muddati uzaytirilishini, shuningdek, ularning yashash joyida vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazilishini va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish muddati uzaytirilishini belgilangan tartibda ta’minlasin. 14. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Federatsiyaning buyurtmanomalariga binoan yilqichilik va ot sporti sohasida ishlash uchun yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni (O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari orasida bunday mutaxassislar bo‘lmagan taqdirda) O‘zbekiston Respublikasiga jalb etishga ruxsatnomalar berishni (muddatini uzaytirishni), shuningdek, ko‘rsatib o‘tilgan xorijiy fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqiga tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) ta’minlasin. 15. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Federatsiyani belgilangan tartibda zarur bo‘lgan telekommunikatsiya va telefon aloqasi, shu jumladan, hukumat aloqasi bilan ta’minlasin. 16. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 8 17. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin. Download 458.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling