8-mavzu. Bojxona bojlari va ularning sinflanishi
Download 218.21 Kb.
|
8-маruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Bojxona bojlarini turlari va ularni qo‘llashni huquqiy asoslari.
- Mavsumiy bojlar
- Muhofaza choralari
- Demping narxlar
- Kompensаtsiya Boji
- 2.Maxsus, antidemping va kompensatsiya bojlarini hisoblash, undirish va qaytarish tartibi.
- Abs = Bq x AB/100
8-mavzu. Bojxona bojlari va ularning sinflanishi. REJA. Bojxona bojlarini turlari va ularni qo‘llashni huquqiy asoslari. Maxsus, antidumping va kompensatsiya bojlarini hisoblash, undirish va qaytarish tartibi. Bojxona bojlarini sinflanishi. 1. Bojxona bojlarini turlari va ularni qo‘llashni huquqiy asoslari. Har bir davlat uchun savdo siyosati iqtisodiy taraqqiyotning muhim omili bo‘lib va boj tarifi orqali tartibga solish uning asosiy mexanizmlaridan biri hisoblanadi. Boj tarifi o‘z o‘rniga qarab quyidagicha aniqlanadi: savdo siyosatining asosiy quroli va davlatning ichki bozorni tartibga solish vositasi sifatida shuningdek, jahon bozorida o‘z o‘rniga ega bo‘lish va o‘z ta’sirini o‘tkazish maqsadida ham qo‘llaniladi; boj tarifida ko‘zda tutilgan bojxona bojlari stavkalari bojxona chegarasi orqali olib o‘tilayotgan tovarlar va transport vositalari uchun tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasi asosida belgilanadi; bojxona bojining aniq stavkasi, muayyan bir tovarni bojxona chegarasi orqali olib kirish va olib chiqishda qo‘llaniladi; O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 290-moddasiga asosan quyidagi boj turlari qo‘llanilishi ko‘rsatib o‘tilgan: Import Eksport alohida (maxsus, antidemping va kompensatsiya) Mavsumiy Import boji xalqaro shartnomalarga muvofiq belgilanadi. Import bojxona boji tovarlar import qilinayotganda undiriladi. O‘zbekiston Respublikasi savdo-iqtisodiy aloqalarda eng ko‘p qulaylik berish tartibini qo‘llayotgan, mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlar uchun undiriladigan import boji stavkalarining eng kam yoki eng ko‘p miqdori, qonun hujjatlarida belgilab qo‘yiladi. Savdo-iqtisodiy aloqalarda eng ko‘p qulaylik berish tartibi nazarda tutilmagan mamlakatlarda ishlab chiqarilgan yoki qaysi mamlakatda ishlab chiqarilganligi aniqlanmagan tovarlar uchun undiriladigan import bojining stavkalari ikki baravar oshiriladi, ushbu Qonunga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi tomonidan tarif preferentsiyalari beriladigan hollar bundan mustasno. Eksport boji tovarlarni eksportga rasmiylashtirishda undiriladi. Import va eksport bojining stavkalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan belgilanadi. Alohida (maxsus, antidemping va kompensatsiya) bojxona bojlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish maqsadida qo‘llaniladi. 👉 Mavsumiy bojlar – tovarlarni olib kirish va olib chiqishni tezkor tartibga solish uchun qo‘llaniladi. Bunda boj tarifida nazarda tutilgan boj stavkalari qo‘llanilmaydi. Mavsumiy bojlar ular belgilangan vaqtdan e’tiboran olti oydan ortiq amal qilishi mumkin emas. Maxsus bojlar, basharti, o‘xshash yoki bevosita raqobat qiluvchi tovarlar bojxona hududiga O‘zbekiston Respublikasidagi tovar ishlab chiqaruvchilarga ziyon yetkazadigan yoki ziyon yetkazishi mumkin bo‘lgan miqdorda va shartlarda olib kirilayotgan bo‘lsa, himoya chorasi sifatida, shuningdek, boshqa davlatlar tomonidan qilinayotgan, O‘zbekiston Respublikasining huquqlarini cheklovchi va manfaatlarini kamsituvchi boshqa harakatlarga javob chorasi sifatida qo‘llaniladi. O‘zbekiston Respublikasining «Tashi itisodiy faoliyat to‘g‘risida»gi va “Muhofaza choralari, antidemping va kompensatsiya bojlari to‘g‘isida» gi Qonuniga asosan quyidagi boj turlari qo‘llaniladi: Muhofaza choralari Antidemping Kompensatsiya 👉 Muhofaza choralari – O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga tovar importi iqtisodiyot tarmog‘iga jiddiy zarar yetkazayotgan yoki jiddiy zarar yetkazilishi xavfini tug‘dirayotgan hajmda va sharoitda amalga oshirilayotganligi aniqlangan taqdirda qo‘llaniladigan choralar. 👉 Demping narxlar – o‘zining normal qiymatidan past bo‘lgan tovar narxlari demping narxlaridir. 👉 Antidemping boji – O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga eksport narxi o‘zining normal qiymatidan past bo‘lgan tovar importi uchun mport bojidan tashqari qo‘llaniladigan bojxona bojining alohida turi. 👉 Kompensаtsiya Boji – ishlаb chiqаrish, eksport qilish yoki tаshish pаytidа chet dаvlаtning subsidiyasidаn foydаlаnilgаn tovаrni O‘zbekiston Respublikаsining bojxonа hududigа importi uchun import bojidаn tаshqаri qo‘llаnilаdigаn bojxonа bojining аlohidа turi. Tovar importi ko‘payishini cheklash bo‘yicha tovar importining miqdori va (yoki) qiymatiga (import kvotasi) nisbatan cheklov tariqasida, import bojidan tashqari undiriladigan maxsus boj tariqasida qo‘llaniladigan choralar yoki tovar importi ko‘payishini cheklashga qaratilgan boshqa choralar muhofaza choralaridir. Agar O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga tovar importi iqtisodiyot tarmog‘iga jiddiy zarar yetkazayotgan yoki jiddiy zarar yetkazilishi xavfini tug‘dirayotgan hajmda (mutlaq ifodasida yoki uni O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarishga nisbatan) va sharoitda amalga oshirilayotganligi vakolatli organning tekshiruvi natijalari asosida aniqlangan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan muhofaza choralari qo‘llaniladi. Muhofaza choralari tovar importi ko‘payganligi oqibatida iqtisodiyot tarmog‘iga yetkazilayotgan jiddiy zararni yoki jiddiy zarar yetkazilishi xavfini bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan miqdorda va muddatda qo‘llaniladi. Tovar importi ko‘payganligi munosabati bilan iqtisodiyot tarmog‘iga yetkazilayotgan jiddiy zararni yoki jiddiy zarar yetkazilishi xavfini aniqlash dalillarga asoslanadi hamda import tovar yetkazib berilishi hajmining o‘sish sur’atini, uning ko‘payishi belgilari mavjudligini, shuningdek iqtisodiyot tarmog‘i ishlab chiqarish, savdo va moliyaviy ko‘rsatkichlarining sezilarli darajada pasayishiga yoki iqtisodiyot tarmog‘i rivojlanishida sur’at sezilarli darajada susayishiga olib kelgan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan ob’ektiv tusdagi boshqa omillarni o‘rganishni o‘z ichiga oladi. Alohida hollarda, agar tekshiruv tugallangunga qadar muhofaza choralarini qo‘llanishda sustkashlik qilish iqtisodiyot tarmog‘iga keyinchalik bartaraf etish qiyin bo‘lgan darajada jiddiy zarar yetkazishi mumkin ekanligi vakolatli organ tomonidan aniqlangan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vakolatli organning dastlabki xulosasi asosida, vakolatli organ tomonidan uzil-kesil xulosa olish maqsadida tekshiruv davom ettirilishi sharti bilan, muvaqqat (vaqtinchalik) muhofaza chorasini qo‘llanish to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin. Muvaqqat (vaqtinchalik) muhofaza chorasi muvaqqat maxsus boj ko‘rinishida qo‘llaniladi. Agar tovar importi ko‘payganligi oqibatida iqtisodiyot tarmog‘iga jiddiy zarar yetkazilmaganligi yoki jiddiy zarar yetkazilishi xavfi yo‘qligi tekshiruv natijalariga ko‘ra vakolatli organ tomonidan aniqlangan bo‘lsa, to‘langan muvaqqat (vaqtinchalikk) maxsus boj summalari to‘lovchiga qonun hujjatlarida bojlarni kaytarish uchun belgilangan tartibda qaytarib berilishi kerak. Agar maxsus boj tariqasidagi muhofaza chorasi muvaqqat maxsus bojdan kam miqdorda qo‘llanilgan bo‘lsa, oradagi farq to‘lovchiga qonun hujjatlarida bojlarni qaytarish uchun belgilangan tartibda qaytarib berilishi kerak. Agar maxsus boj tariqasidagi muhofaza chorasi muvaqqat maxsus bojdan ko‘p miqdorda qo‘llanilgan bo‘lsa, oradagi farq to‘lovchidan undirilmaydi. Muhofaza choralarining amal qilish muddati to‘rt yildan oshmaydi. Agar iqtisodiyot tarmog‘iga yetkazilayotgan jiddiy zararni yoki jiddiy zarar yetkazilishi xavfini bartaraf etish uchun muhofaza chorasi zaruriyati saqlanib qolayotganligi qayta tekshiruv natijasida vakolatli organ tomonidan aniqlangan bo‘lsa, muhofaza chorasining amal qilish muddati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan uzaytirilishi mumkin. Bunda muhofaza chorasi amal qilishining umumiy muddati sakkiz yildan oshmasligi kerak. Muvaqqat muhofaza chorasining amal qilish muddati ikki yuz kundan oshmasligi lozim. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan muvaqqat muhofaza chorasini qo‘llanish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, bunday choraning amal qilish muddati muhofaza chorasining umumiy amal qilish muddatiga qo‘shiladi. Demping narxlaridagi tovar importi uchun import bojidan tashqari undiriladigan boj antidemping bojidir. Agar demping narxlaridagi tovar importi iqtisodiyot tarmog‘iga jiddiy zarar yetkazayotganligi yoki jiddiy zarar yetkazilishi xavfini tug‘dirayotganligi vakolatli organning tekshiruvi natijalari asosida aniqlangan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan antidemping boji qo‘llaniladi. O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga eksport narxi o‘zining normal qiymatidan past bo‘lgan tovar importi demping narxlaridagi tovar importidir. O‘zbekiston Respublikasiga eksport qilish uchun sotilgan tovarga amalda to‘langan yoki to‘lanishi lozim bo‘lgan narx tovarning eksport narxidir. Eksport qiluvchi mamlakatning ichki bozorida iste’mol qilish uchun mo‘ljallangan o‘xshash tovarning odatdagi savdo jarayonidagi narxi yohud o‘xshash tovar eksport qiluvchi mamlakat bozorida sotilmayotgan bo‘lsa yoki boshqa sabablarga ko‘ra lozim darajada taqqoslashni o‘tkazish imkoniyati bo‘lmasa, tovar kelib chiqqan mamlakatdagi ishlab chiqarish xarajatlari asosida oqilona chiqimlarni va foydani qo‘shgan holda yoxud O‘zbekiston Respublikasi bilan bir xil sharoitdagi uchinchi mamlakatga eksport qilinadigan o‘xshash tovarlarning narxlari asosida odatdagi savdo jarayonida aniqlanadigan narxi tovarning normal qiymatidir. Antidemping boji demping narxlaridagi tovar importi oqibatida iqtisodiyot tarmog‘iga yetkazilayotgan jiddiy zararni yoki jiddiy zarar yetkazilishi xavfini bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan miqdorda va muddatda qo‘llaniladi. Antidemping boji va muvaqqat antidemping bojining stavkalari demping marjasi miqdoridan oshmasligi lozim. Antidemping boji tovar yetkazib beruvchilarning biriga yoki bir nechtasiga nisbatan qo‘llanilishi mumkin. Alohida hollarda, lekin tekshiruv boshlanganidan keyin kamida oltmish kun o‘tgach, agar tekshiruv tugallangunga qadar olingan ma’lumot tovar demping narxlarida import qilinayotganligidan va bunday tovar importidan iqtisodiyot tarmog‘iga jiddiy zarar yetkazilayotganligidan yoki jiddiy zarar yetkazilishi xavfi borligidan dalolat bersa, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vakolatli organning dastlabki xulosasi asosida vaqtinchalik antidemping bojini qo‘llanishi to‘g‘isida qaror qabul qilishi mumkin. Agar demping narxlaridagi tovar importi oqibatida iqtisodiyot tarmog‘iga jiddiy zarar yetkazilmayotganligi yoki jiddiy zarar yetkazilishi xavfi yo‘qligi tekshiruv natijalariga ko‘ra vakolatli organ tomonidan aniqlangan bo‘lsa, to‘langan vaqtinchalik antidemping boji summalari to‘lovchiga qonun hujjatlarida bojlarni qaytarish uchun belgilangan tartibda qaytarib berilishi kerak. Agar antidemping boji vaqtinchalik antidemping bojidan kam miqdorda qo‘llanilgan bo‘lsa, oradagi farq to‘lovchiga qonun hujjatlarida bojlarni qaytarish uchun belgilangan tartibda qaytarib berilishi kerak. Agar antidemping boji vaqtinchalik antidemping bojidan ko‘p miqdorda qo‘llanilgan bo‘lsa, oradagi farq to‘lovchidan undirilmaydi. Subsidiya bilan ta’minlangan tovar importi uchun import bojidan tashqari undiriladigan boj kompensatsiya bojidir. Agar subsidiya bilan ta’minlangan tovar importi iqtisodiyot tarmog‘iga jiddiy zarar yetkazayotganligi yoki jiddiy zarar yetkazilishi xavfini tug‘dirayotganligi vakolatli organning tekshiruvi natijalari asosida aniqlangan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan kompensatsiya boji qo‘llaniladi. Ishlab chiqarish, eksport qilish yoki tashish paytida chet davlatning subsidiyasidan foydalanilgan tovarning O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga importi subsidiya bilan ta’minlangan tovar importidir. Kompensatsiya boji subsidiya bilan ta’minlangan tovar importi oqibatida iqtisodiyot tarmog‘iga yetkazilayotgan jiddiy zararni yoki jiddiy zarar yetkazilishi xavfini bartaraf etish uchun zarur miqdorda va muddatda qo‘llaniladi. Kompensatsiya bojining stavkasi, subsidiya bilan ta’minlangan tovarni O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga import qilishda, shu tovarning birligi hisobiga, chet davlat subsidiyasining tekshiruvda aniqlangan miqdoridan oshmasligi lozim. Alohida hollarda, lekin tekshiruv boshlanganidan keyin kamida oltmish kun o‘tgach, agar tekshiruv tugallangunga qadar olingan ma’lumot subsidiya bilan ta’minlangan tovar import qilinayotganligidan va bunday tovar importidan iqtisodiyot tarmog‘iga jiddiy zarar yetkazilayotganligidan yoki jiddiy zarar yetkazilishi xavfi borligidan dalolat bersa, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vakolatli organning dastlabki xulosasi asosida vaqtinchalik kompensatsiya bojini qo‘llanish to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin. Agar subsidiya bilan ta’minlangan tovar importi oqibatida iqtisodiyot tarmog‘iga jiddiy zarar yetkazilmayotganligi yoki jiddiy zarar yetkazilishi xavfi yo‘qligi tekshiruv natijalariga ko‘ra vakolatli organ tomonidan aniqlangan bo‘lsa, to‘langan vaqtinchalik kompensatsiya boji summalari to‘lovchiga qonun hujjatlarida bojlarni qaytarish uchun belgilangan tartibda qaytarib berilishi kerak. Agar kompensatsiya boji vaqtinchalik kompensatsiya bojidan kam miqdorda qo‘llanilgan bo‘lsa, oradagi farq to‘lovchiga qonun hujjatlarida bojlarni qaytarish uchun belgilangan tartibda qaytarib berilishi kerak. Agar kompensatsiya boji vaqtinchalik kompensatsiya bojidan ko‘p miqdorda qo‘llanilgan bo‘lsa, oradagi farq to‘lovchidan undirilmaydi. Bitta tovarga nisbatan bir vaqtning o‘zida kompensatsiya va antidemping boji qo‘llanilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 2.Maxsus, antidemping va kompensatsiya bojlarini hisoblash, undirish va qaytarish tartibi.O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligida 2007 yil 20 sentyabrda 1718-son bilan ro‘yxatga olingan “Maxsus, antidemping va kompensatsiy bojlarini hisoblash, undirish va qaytarish tartibi to‘g‘risida Nizom” ga asosan alohida bojxona bojlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining maxsus, antidemping va kompensatsiya bojlarini qo‘llash to‘g‘risidagi qarorlari asosida bojxona organlari tomonidan undiriladi. Alohida hollarda, vakolatli organning tekshiruvi tugallangunga va u tomonidan alohida bojxona bojlarining qo‘llanilishi maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosasi taqdim etilgunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vaqtinchalik alohida bojxona bojlarini qo‘llash to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin. Vaqtinchalik alohida bojxona bojlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining alohida bojxona bojlarini qo‘llash to‘g‘risidagi yakuniy qarori qabul qilingunga qadar qo‘llaniladi. Alohida bojxona bojlarini (vaqtinchalik alohida bojxona bojlari) hisoblash va undirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorida ko‘rsatilgan kundan e’tiboran boshlanadi. Alohida bojxona bojlarining miqdorini belgilashda advalor, xos va aralash stavkalar qo‘llanilishi mumkin. Alohida bojxona bojlarini (vaqtinchalik alohida bojxona bojlarini) hisoblash uchun asos bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: advalor stavkalar va aralash stavkalarning advalor qismi uchun qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan boj undiriladigan tovarning bojxona qiymati; O‘zbekiston Respublikasi TIF TNga muvofiq boj undiriladigan tovarning tegishli o‘lchov birligi - xos stavkalar va aralash stavkalarning xos qismi uchun. Alohida bojxona bojlari (vaqtinchalik alohida bojxona bojlari) import tovarlari uchun belgilangan bojxona to‘lovlari bilan bir qatorda undiriladi va soliqqa tortiladigan summa miqdoriga qo‘shilmaydi. Alohida bojxona bojlari (vaqtinchalik alohida bojxona bojlari) import qilingan tovarlar bo‘yicha advalor stavkalarda quyidagi formula asosida hisoblanadi: ☑ Abs = Bq x AB/100 bunda: Download 218.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling