8-mavzu. Bozor va tavakkalchilik
Download 454.88 Kb. Pdf ko'rish
|
d9aaa19c46529f379695ad190f055033
Kutiladigan miqdor - bu mumkin bo`lgan barcha natijalarning o`rtacha
o`lchangan qiymatlari. Bu yerda har bir natijaning ehtimoli ushbu mos qiymatlarning takrorlanish chastotasi yoki o`lchovi.
i i i n n x x х х X E 1 2 2 1 1 ) ( ,
Bu yerda: i x - mumkin bo`lgan natija; i - ushbu natijaning paydo bo`lish ehtimoli, n i i 1 1 . Masalan, firma yangi mahsulot ishlab chiqarmoqchi, agar firmaning yangi mahsuloti bozorda muvaffaqiyatga erishsa, har bir aksiyani 10000 so`mdan sotish mumkin, agar muvaffaqiyatga erishmasa, bir aksiya uchun 1000 so`m olinadi. Firma mahsulotining bozorda muvaffaqiyatga erishish ehtimoli 0,6 ga teng bo`lsa, kutiladigan dividend qiymati quyidagicha aniqlanadi: 6400 1000
4 , 0 10000 6 , 0 ) (
E so`m/aksiya. Chetlanish - bu haqiqiy natija bilan kutiladigan natija o`rtasidagi farq bo`lib, u tavakkalchilikdan (yo`qotishdan) darak beradi. Ushbu farq qancha katta bo`lsa yo`qotish, ya′ni tavakkalchilik ham shuncha yuqori bo`ladi. Faraz qilaylik tadbirkorning bir oylik soliq to`lovi 400 ming so`m, soliq to`lashdan qochganlik uchun jarima 10 000 ming so`m. Agar soliq inspeksiyasining yashirgan soliqni aniqlash ehtimoli 1/5 bo`lsa, tadbirkor uchun natijaning kutiladigan qiymati: E (x) = 4/5 × 400 1/5 × 10 000 = 320 2000 =
1 680 ming so`m. Demak, soliqdan qochish tadbirkorga foyda keltirishdan ko`ra zararli ekan.
Noaniq holat natijalarining mumkin bo`lgan chegaralari – o`zgaruvchanlik deb ataladi. Faraz qilaylik talaba o`qishdan keyin qo`shimcha ish izlayapti. Uning uchun ikkita variant mavjud. Birinchisi, firmada sotish bo`yicha menedjer bo`lib ishlash, unda sotilgan mahsulotdan % shaklida maosh oladi. Agar tovar aylanmasi yaxshi bo`lsa, oyiga 1 500 ming so`m, yomon holatda esa 800 ming so`m maosh olish ehtimoli bor. Sotish hajmini yaxshi yoki yomon bo`lish ehtimoli 1/2. Ikkinchi variant firma adminstrasiyasida qat'iy belgilangan oklad bo`yicha maosh olish. Bunda maosh miqdori 900 ming so`m, ammo shtat qisqarib, talaba ishsiz qolishi va bo`shaganda 700 ming so`m kompensasiya olishi mumkin (ehtimoli 10 %). Quyidagi 8.1-jadvalda mumkin bo`lgan natijalar va ularning ehtimoli keltirilgan. 8.1- jadval Download 454.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling