8. Budjetlar o‘rtasida o‘zaro hisoblashuvlar hisobini buxgalteriya yozuvlarida aks ettirish tartibini tushuntirib bering?
O’zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan o’zaro hisob-kitoblar bo’yicha Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar olishi kerak bo’lgan mablag’lar so’mmasiga quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Debet 061 – “Respublika byudjeti bilan o’zaro hisob-kitoblar” subschyoti;
Kredit 071 – “Respublika byudjetiga berilgan va undan olingan mablag’lar” subschyoti
O’zaro hisob-kitoblar bo’yicha paydo bo’lgan Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlarning O’zbekiston Respublikasining respublika byudjeti oldidagi qarz so’mmasi ularning bank muassasasidagi “Mahalliy byudjet mablag’lari depozit hisobvarag’i”dan to’langanda quyidagi provodkasi tuziladi:
Debet 061 – “Respublika byudjeti bilan o’zaro hisob-kitoblar” subschyoti;
Kredit 011 – “Mahalliy byudjet mablag’lari depozit hisobvarag’i” subschyoti.
O’zaro hisob-kitoblarga doir tegishli hujjatlar asosida yuqori mahalliy byudjetlar bilan quyi mahalliy byudjetlar o’rtasidagi o’zaro hisob-kitoblarga doir amalga oshirilgan operatsiyalarga Qoraqalpog’iston Respublikasi Moliya vazirligi va mahalliy moliya organlarida:
O’zaro hisob-kitoblar bo’yicha boshqa mahalliy byudjetlardan olishi kerak bo’lgan so’mmalarga quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Debet 062 –“Mahalliy byudjetlar bilan o’zaro hisob-kitoblar” subschyoti;
Kredit 072 – “Mahalliy byudjetlarga berilgan va ulardan olingan mablag’lar” subschyoti.
O’zaro hisob-kitoblar bo’yicha boshqa mahalliy byudjetlarga qarzlarni to’lash tariqasida o’tkazib berilgan so’mmalarga quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Debet 062 –“Mahalliy byudjetlar bilan o’zaro hisob-kitoblar” subschyoti;
Kredit 011 – “Mahalliy byudjet mablag’lari depozit hisobvarag’i” subschyoti.
1-Topshiriq
Byudjet ssudasini ajratilishi tartibini klaster (jadval, chizma) ko`rinishda aks ettiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |