8-Mavzu. Dastgohlarni strukturaviy texnologik modellash (stm) asoslari


Download 313.77 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana26.10.2023
Hajmi313.77 Kb.
#1724929
  1   2   3   4
Bog'liq
8-Mavzu. Dastgohlarni strukturaviy texnologik modellash (STM) asoslari.




8-Mavzu. Dastgohlarni strukturaviy texnologik modellash (STM) asoslari
 
Ishchi mashinaning texnologik imkoniyatlari, boshqarish tizimi, tuzilishi 
hamda xizmat ko‘rsatuvchi qurilmalari to‘g‘risidagi formulalar, sxemalar va 
siklogrammalar majmui mashinaning strukturaviy texnologik modeli (STM)ni tashkil 
etadi. 
STMni ta’riflash tili va strukturaviy texnologik modellash Toshkent 
politexnika institutining “Metall qirqish stanoklari” kafedrasining professori 
Molchanov G.N. tomonidan ishlab chiqilgan va o‘quv jarayonida qator fanlarni dars 
berishda keng qo‘llanilib kelmoqda. 
STM bu real texnologik jihoz (yoki ular komplekslari) obrazini identifikatsiya 
qiladigan, o‘zaro bog‘langan formula va sxemalarning axborot-mantiqiy tizimidir. 
Modelning tarkibi jihozning ishlash prinsipi, konstruksiya g‘oyasi, texnologik 
imkoniyatlari, kinematikasi, yuritmalari, xizmat ko‘rsatish qurilmalaridan iborat. 
Xizmat ko‘rsatish qurilmalariga odamni bevosita ishlab chiqarish jarayonidan 
chetlashtiradigan, ya’ni detallar va asboblarni avtomatik almashuvi, diagnostika,
nazorat qilish va hokazo, sharoitlarga yo‘l ochib beradiganqurilmalar kiradi. 
STM murakkab ishchi mashinalarni o‘rganish, loyhalarini ishlab chiqish va 
tahlil qilish uchun xizmat qiladi. 
Ishchi texnologik mashinalarni yaratish jarayonida (rasm 1) STM loyihani 
tayyorlash bosqichida qo‘llaniladi. 
Rasm 1. Ishchi mashinalarni yaratish jarayonida strukturaviy texnologik 
modellash o‘rnini ifodaluvchi sxema 
STMni tuzishda asosiy va maxsus belgilar, shartli grafika belgilari va 
sxemalaridan foydalaniladi. Asosiy belgilar sifatida lotin, yunon va kirillik alifbosi 
xarflari, o‘nlik raqamlar, maxsus belgilar sifatida esa algebra, logika, informatika 
belgilari ishlatiladi (jadval 1).
Texnik
topshiriq 
Ishlab 
chiqish 
Ishchi 
mashina 
Loyihani 
tayyorlash 
Konstruksiya 
loyihasini 
tayyorlash 
STM namunasi 
Ishchi chizmalar, 
texnologik jarayonlar 




Download 313.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling