8-Mavzu: elektron jadvallardan foydalanish texnologiyalari reja
=СУММ(А5:А8) –А5, А6, А7, А8 kataklar yig‘indisi
Download 0.94 Mb.
|
Mavzu-8
=СУММ(А5:А8) –А5, А6, А7, А8 kataklar yig‘indisi;
=СРЗНАЧ(K4:K6) –K4, K5, K6 kataklar o‘rtacha qiymati. Funksiyalar bir-birining ichiga kirishi mumkin, masalan: =СУММ(A1:A10)*ОКРУГЛ(СРЗНАЧ(K4:K10);2); Jadvalda hisoblashlar. Kataklarga sonlar bevosita katakninig o‘ziga yoki formulalar qatoridan (kiritish qatoridan) kiritilishi mumkin. Kataklarda formulalar ishlatilishi mumkin. Kiritilayotgan formula = (barobar) belgisi bilan boshlanadi, bu belgidan keyin arifmetik ifoda yozilishi mumkin. Unda arifmetik amal belgilari + - * / ishlatilishi mumkin. Formulada boshqa varaqlarda joylashgan, hatto boshqa fayllarda joylashgan kataklar adreslari ishlatilishi mumkin. Ko‘rinarli bo‘lishi uchun Excel ning matn rejimi ishlatiladi. Bu holda ifoda qiymati emas balki formula o‘zi katakga chiqadi. Formulalarni kiritish. A1 katak 100 va B1 katak 20 qiymatga ega bo‘lsin, va C1 da A1 /B1 formula kiritamiz. Buning uchun katak kursori C1 ga olib kelinadi va kiritish qatorida = A1/B1 kiritiladi. C1 da esa formula qiymati chiqadi. Yoki ”=” belgisi kiritilgandan keyin A1 - katakga bosib so‘ngra “/” belgisini kiritilib B1 ga bosish kerak. Murakkab formulalar. Foydalanuvchi ko‘p argumentli va ko‘p hisoblanuvchi o‘zining murakkab formulalarini tuzishi mumkin. Formulalarni tahrirlash. Formulalarni yozishda xatolarga yo‘l qo‘yilishi mumkin. Shu sababli uni tahrirlashga to‘g‘ri keladi. So‘ngra F2 tugmasi bilan yoki sichqoncha bilan ikki marta qirsillatib tahrirlash holatiga o‘tish lozim. Natijada formulalar qatorida (piktogrammmalar tagidagi qator) aktivlashadi. Masalan E19 katak belgilanib so‘ngra tahrirlash holatiga o‘tilsa bo‘ladi. Formula qatoridagi formula miltillay boshlaydi, demak tahrirlash mumkin, tahrirlash Enter bosilib tugatiladi. Belgilarni formulaning istalgan qismiga kiritish yoki o‘chirish mumkin. Buning uchun belgi yoki belgilar belgilanadi, so‘ngra DEL tugmachasidan foydalanish ham mumkin. Jadvalning ustunini belgilash uchun uning sarlavhasiga qirsillatiladi, qatorlarni belgilash uchun esa chap chetki yo‘lakchasiga, satr nomerlariga, nomiga qirsillatiladi. Bir nechta ustun yoki qator belgilash uchun ularning birinchisi belgilash holatida sichqoncha bilan bosilgan holda siljitiladi. Funksiyalar. Jadval hisoblarini amalga oshirish uchun formulalarni hisoblash kerak bo‘ladi. Bu hisoblashlarda ba’zi formulalar va ularning kombinatsiyalari juda tez-tez uchraydi. Excel da bunday hisoblash jarayonlari funksiyalar shaklida bo‘lib, bu funksiyalar soni 200 dan ortiqdir Funksiya argumenti bitta katakni yoki butun bir kataklar guruhidan iborat bo‘lishi mumkin. Funksiya konstruktori argumentni qanday berishligini ko‘rsatib beradi. Funksiya konstruktorini ishga tushurish uchun natija joylashadigan katakni ajratish lozim, va so‘ngra funksiya konstruktori piktogrammasiga bosib quyidagi muloqotni ochish mumkin: Download 0.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling