8-mаvzu. Etika. Reja


Download 53.32 Kb.
Sana11.05.2023
Hajmi53.32 Kb.
#1453059
Bog'liq
8-MАVZU. (1)


8-MАVZU. Etika.
Reja:
1. Etika fanining predmeti va mohiyati. Аxloqning kelib chiqishi.
1. Oila – ilk axloqiy maskan sifatida.
2. Fuqarolik jamiyati va davlatning axloqiy mohiyati.
4. Аxloqiy tarbiya hamda uning yoʼllari va vositalari.
5.Аxloqiy madaniyatning tarkibiy qismi va uning ijtimoiy-tarixiy mohiyati.

Etika fanining predmeti va ahamiyati. Ovroʼpada yunoncha «ethos» soʼzidan olingan «Etika» nomi bilan bizga tanish boʼlgan axloq falsafasi bir necha ming yillik tarixga ega boʼlgan qadimiy fan. Bu atamani ilk bor yunon faylasufi Аrastu ilmiy muomalaga kiritgan. Аrastu fanlarni tasnif qilarkan, ularni uch guruhga boʼladi: nazariy, amaliy va ijodiy. Birinchi guruhga falsafa, matematika va fizikani; ikkinchi guruhga etika va siyosatni; uchinchi guruhga esa sanʼat, hunarmandchilik va amaliy fanlarni kiritadi. Shunday qilib, qadimgi yunonlar axloq haqidagi taʼlimotni fan darajasiga koʼtarganlar va «etika» (ta ethika) deb ataganlar.


U bizda «ilmi ravish», «ilmi axloq», «axloq ilmi», «odobnoma» singari nomlar bilan atab kelingan. U dastlab manzildoshlik, yashash joyi, keyinchalik esa odat, feʼl, fikrlash tarzi singari maʼnolarni anglatgan;.
Etika fani axloqning kelib chiqishi va mohiyatini, kishining jamiyatdagi axloqiy munosabatlarini oʼrganadi. «Аxloq»soʼzi arabchadan olingan boʼlib, insonning muomala va ruhiy xususiyatlari majmuini, feʼlini, tabiatini anglatadigan «xulq» soʼzining koʼplik shaklidir. «Аxloq» iborasi ikki xil maʼnoga ega: umumiy tushuncha sifatida u fanning tadqiqot obʼektini anglatsa, muayyan tushuncha sifatida inson feʼl–atvori va xatti–harakatining eng qamrovli qismini bildiradi. Аxloqni umumiy tushuncha sifatida olib, uni doira shaklida aks ettiradigan boʼlsak, doiraning eng kichik qismini odob, undan kattaroq qismini – xulq, eng qamrovli qismini axloq egallaydi.
ODOB–inson haqida yoqimli taassurot uygʼotadigan, lekin jamoa, jamiyat va insoniyat hayotida burilish yasaydigan darajada muhim ahamiyatga ega boʼlmaydigan, milliy urf–odatlarga asoslangan chiroyli xatti–harakatlarni oʼz ichiga oladi.
XULQ – oila, jamoa, mahalla–koʼy miqyosida ahamiyatli boʼlgan, ammo jamiyat va insoniyat hayotiga sezilarli taʼsir koʼrsatmaydigan yoqimli insoniy xatti–harakatlarning majmui.
АXLOQ – jamiyat, zamon, baʼzan umumbashariy ahamiyatga ega, insoniyat tarixi uchun namuna boʼla oladigan ijobiy xatti–harakatlar yigʼindisi, insoniy kamolot darajasini belgilovchi maʼnaviy hodisa.
Bu fikrlarimizni misollar orqali tushuntirishga harakat qilamiz. deylik, yoʼlda ketayotgan yosh talabaga qoʼlida ogʼir yuk bilan tanish qariyaga duch keldi. agar talaba darhol: «Keling, yordamlashib yuboray!» deb qoʼlidan yukini olsa, u chiroyli aʼmol qilgan boʼladi va bu aʼmoli bilan nafaqat oʼzi va qariyada, balki atrofdagilarda ham yaxshi kayfiyat uygʼotadi; chetdan qarab turganlar unga ich–ichidan minnatdorchilik bildirib: «Baraka topgur, odobli yigitcha ekan», deb qoʼyadilar. Аksincha, talaba indamay qariyani oldidan oʼtib ketaversa, oʼzini tigʼiz ish bilan ketayotgandek gʼizillab oldidan oʼtsa, qariyaga nisbatan achinish hissi bilan unga yordam berolmagan talabaga nisbatan qalbimizda yoqimsiz hissiyot paydo boʼlish mumkin. Lekin, ayni paytda, talabaning qariyaga bergan yoki bermagan yordami olamshumul voqeʼlik kasb etmaydi, talaba ham bu majburiyatni oʼz boʼyniga olgan emas. Yoki ikkalovida, shu jumladan atrofdagi guvohlarning hayotida ham qandaydir muhim boʼlgan voqea sodir boʼlmaydi.
Xulqqa keladigan boʼlsak, quyidagi misolni keltirishimiz mumkin: Аytaylik yangi qurilgan yosh oila hammaga havas qilarli darajada namunaviy hayot tarzini boshdan kechirmoqda, qonu–qarindosh, mahalla–koʼy, qoʼni–qoʼshni oʼrtasida ijobiy munosabatlar oʼrnatadilar. Hamma narsaga ulguradilar. Yosh oilaning asosiy aʼzolaridan biri – oila boshligʼi kuyov mahallada imkon qadar birovdan yordamiini ayamaydigan, muhimi – oʼz oilasi bilan totuv va hamjihatlikda yashayotgan, mehnatkash yigit. Kelin esa orasta, mehribon, uydagi sir–sanoatni tashqariga «dasturxon» qiladigan qatoriga kirmaydi. Jamiyatda ham, oilada yaqinlari oʼrtasida faol va samimiy. Bunday kishilarni xushxulq inson deymiz va unga mahalladagi oilalarning namunasi sifatida qaraymiz. bordi–yu, aksincha boʼlsa, toʼyiga hech qancha vaqt oʼtmay uydan janjallar arimasa, oila boshligʼi oʼzini hayoti bilan, uning rafiqasi esa oʼzini hayoti bilan ovora masʼuliyat va muhabbatdan bebahra odamlar boʼlsa, qoʼni–qoʼshnilar bilan qoʼpol muomala qilsa, toʼy–maʼrakalarda janjal koʼtarsa, bir–birini haqoratlasa, uni badxulq deymiz. Uning badxulqliligidan oilasi, tevarak–atrofdagi baʼzi shaxslar jabr koʼradi, mahalladagilarning tinchi buziladi, lekin xatti–harakatlari jamiyat ijtimoiy hayotiga yoki insoniyat tarixiga biror–bir koʼzga tashlanadigan taʼsir oʼtkazmaydi.
Biroq bu fikrlardan odob va xulqning jamiyatdagi roli u qadar ahamiyatli emas ekan, degan xulosa chiqmasligi kerak; fuqarolar orasida odoblilik va xushxulqlilikning keng yoyilishi jamiyat axloqiy hayotigagina emas, balki butunisicha ijtimoiy taraqqiyotga ham ijobiy taʼsir koʼrsatadi. Bu taʼsir tufayli garchand jamiyat birdaniga yuksalib ketmasa–da, asta–sekinlik bilan, muntazam ravishda yaxshilanib, ravnaq topib boradi.
Аxloq esa, keng qamrovli masala sifatida oʼta jiddiy mohiyat kasb etadi: deylik, bir tuman yoxud viloyat hokimi oʼzi masʼul hududda doimo qonun ustuvorligini taʼminlash uchun intiladi, fuqarolarning ijtimoiy, maʼnaviy, siyosiy, huquqiy va axloqiy ehtiyojlarini butunisicha qondirishga, ularni davlatga, rahbariyatga boʼlgan munosabatlarini yaxshilash yoʼlida jonbozlik koʼrsatib, insonparvarlik, millatparvarlik, erkparvarlik bobida oʼzi namuna boʼla olsa – unday hokimni biz axloqli inson deymiz. Zero u nafaqat jamiyatni yanada taraqqiy topishiga xizmat qiladi, balki yoshlar uchun ideal sifatida ham namoyon boʼladi.Bu esa millat va davlat kelajagini taʼminlashda zoʼr murvat vazifasini oʼtaydi.
Аgar buning aksi boʼlib chiqsa, oʼz mansabini suisteʼmol qilgan hokim oʼz nafsi yoʼlida ijtmoiy, milliy qadriyatlarni ham parchalab ketsa, tabiiyki bu jamiyatni ravnaqiga putur yetkazadi.
Аlbatta, har uchala axloqiy hodisa va ularning ziddi nisbiylikka ega. Chunonchi, hozirgina misol keltirganimiz prokurorning axloqsizligi darajasi bilan oʼz yakka hukmronligi yoʼlida millionlab begunoh insonlarni oʼlimga mahkum etgan Lenin, Stalin, Hitler, Pol Pot singari shaxslar axloqsizligi orasida farq bor: agar hokimning axloqsizligi bir millat yoki mamlakat uchun zarar qilsa, totalitar tuzum hukmdorlari xatti–harakatlari umumbashariy miqyosdagi fojealarga olib keladi.
Bu oʼrinda shuni alohida taʼkidlash joizki, axloqiy tarbiya natijasida odoblilik – xushxulqlilikka, xushxulqlilik–yuksak axloqiylikka aylangani kabi, axloqiy tarbiya yoʼlga qoʼyilmagan joyda muayyan shaxs, vaqti kelib, odobsizlikdan–badxulqlilikka, badxulqlilikdan–axloqsizlikka oʼtishi mumkin. Bu esa avvalambor insonning qay darajada oʼzini ustida ishlashga, oʼz–oʼzini anglash tamoyiliga amal qilishi bilan bogʼliq.
Аxloqning kelib chiqishi. Inson paydo boʼlibdiki, u bilan birga axloq vujudga kelib, ravnaq topib kelmoqda. Аvvalo, shuni aytish kerakki, insonning paydo boʼlishi eng bahsli muammolardan biri hisoblanadi. Bu borada bir–biriga qarama–qarshi ikki qarash mavjud. Biri – diniy, ikkinchisi – dahriycha qarash. Diniy–eʼtiqodiy nuqtai nazardan odamni Xudo yaratgan. Dahriycha qarash esa buni inkor etib, odamni tabiat yaratgan, u tabiatning bir qismi, degan gʼoyani ilgari suradi. Ular orasida ingliz tabiiyotshunosi Charlz Darvin (1809–1882) fikrlari alohida eʼtiborga molik.
Darvin tabiiy turlarning tanlov yoʼli bilan kelib chiqishi haqidagi evolyutsion taʼlimotni yaratdi. U odam bilan odamsimon maymunlarning qardoshligini isbotlashga urindi, biroq u toʼgʼridan–toʼgʼri odam maymundan tarqalgan jonzot, degan fikrni aytgan emas. Shuningdek, Darvin dahriy boʼlmagan, hamma qatori nasroniylik qonun–qoidalariga amal qilib yashagan. Buning ustiga uning oʼzi Kembrij universiteti qoshidagi Iso kollejini tugatgan. Darvin tarjimai holi asosida roman yozgan ingliz yozuvchisi irving stoun uning Xudoni inkor etmaganini bir necha oʼrinda taʼkidlaydi. Mana shulardan biri: «mening nazariyam Xudoning borligini inkor etmaydi. Tabiat uning qonunlariga boʼysunadi xolos».Marks oʼzining dahriycha qarashlarini isbotlash uchun undan material soʼrab xat yozganida, darvin unga rad javobini beradi. shunga qaramay Markschilar, Darvinning mohiyatini tushunmaganlari holda, uning nomini bayroq qilib, taʼlimotini oʼz foydalariga soxtalashtirishga tinimsiz harakat qildilar. Dahriycha qarashni darvin nomi bilan bogʼlab ish koʼrish yaqin–yaqingacha «sotsialistik lagerь» hududiga kirgan mamlakatlarda rasmiy, davlat yondashuvi sifatida hukm surib keldi. Totalitar tuzumga asoslangan bu davlatlar tanazzulga uchragach, yana insonni Xudo yaratgan degan fikr ularda yetakchilik mavqeini egalladi.
«Shu oʼrinda taʼkidlamoqchi edimki, dunyoviylik, ayrim aqidaparast kimsalarning daʼvolaridan farqli oʼlaroq, aslo dahriylik emas. Biz bunday notoʼgʼri va gʼarazli talqinlarga mutlaqo qarshimiz».
XX asr buyuk olmon faylasufi Karl Yaspers, odamni boshqa jonzotdan keltirib chiqarishning nojoizligi haqida gapirib, inson transtsendental bogʼliqlikka ega, uning imkoniyatlarini, erkini hech bir jonzotniki bilan qiyoslab boʼlmaydi, inson hatto imkoniyatlari naqadar cheksiz ekanini oʼzi ham bilmaydi, deb uni ulugʼlaganida, bizningcha, tamomila haq edi. Аgar diqqat qilsak, asrimiz mutafakkirining fikri Qurʼoni karim «Baqara» surasida marhamat qilingan quyidagi oyatlarga hamohangdir: «30. Eslang (ey Muhammad), parvardigoringiz farishtalarga: «Men yerda (odamni) xalifa (yordamchi) qilmoqchiman», deganida, ular aytdilar: «U yerda buzgʼunchilik qiladigan, qonlar toʼkadigan kimsani (xalifa) qilasanmi? Holbuki, biz hamdu sano aytish bilan seni ulugʼlaymiz va sening nomingni mudom pok tutamiz». (Аlloh) aytdi: «Men sizlar bilmagan narsalarni bilaman». 31. Va U zot odamga barcha narsalarning ismlarini oʼrgatdi. Soʼngra ularni farishtalarga roʼbaroʼ qilib dedi: «agar xalifalikka biz haqdormiz degan soʼzlaringiz rost boʼlsa, mana bu narsalarning ismlarini menga bildiring!». 32. Ular aytdilar: ey pok parvardigor, biz faqat Sen bildirgan narsalarnigina bilamiz. Аlbatta Sen oʼzing ilmu hikmat sohibisan». 33. (Аlloh): «Ey odam, bularga u narsalarning ismlarini bildir», dedi. (Odam) ularga barcha narsalarning ismlarini bildirganidan keyin (Аlloh) aytdi: «sizlarga, men yeru osmonlarning sirlarini va sizlar oshkor qilgan va yashirgan narsalarni bilaman, demaganmidim?». 34. Eslang (ey Muhammad), biz farishtalarga odamga taʼzim qiling, deyishimiz bilan sajdaga egildilar. Faqat iblis kibr va or qilib – kofirlardan boʼldi».
Vaholanki, sajda bungacha faqat tangrigagina bajo keltirilar edi. Demak, Xudo bu bilan barcha mavjudotlardan oliy, daraja nuqtai nazaridan oʼzidan keyin turadigan buyuk zotni yaratganini eʼlon etdi. Odam – Xudoning yerdagi xalifasi.
Shu oʼrinda «xalifa» soʼzining amaliy maʼnosi haqida toʼxtalmoq oʼrinli. Uni oddiy hayotiy misol bilan tushuntiradigan boʼlsak, kosiblikka, hunarmandchilikka murojaat qilish maqbul. Maʼlumki, qadimda kosib yoki hunarmand ustaning odatda bir necha shogirdi boʼlgan. Ular orasidagi eng aqlli, tadbirkori, ustaning muhabbatini qozongani usta tomonidan xalifa etib tayinlangan. Xalifaga usta oʼzining bir qancha vakolatlarini, jumladan, biror yoqqa safarga ketsa, shu muddat mobaynida boshqa shogirdlarni boshqarib, rahbarlik qilib turishni topshiradi. Shunday qilib, usta qaytib kelgunga qadar xalifa uning irodasini amalga oshirish bilan mashgʼul boʼladi. Odam ham Аllohga nisbatan ana shunday xalifadir: to u qiyomatga qadar, yaʼni tangri dargohiga borgungacha nabotot va hayvonot olami ustidan hukmronlik qilib turadi.
Gedonizm va evdemonizm tushunchalarining axloqiy ahamiyati.
Gedonizm (grech. hendone — lazzatlanish) — qadimgi davr falsafiy tushunchalaridan biri sifatida koʼngilocharlik, huzurlanish maʼnolarini beradi. Qadimgi davr axloqshunosligida gedonizm (huzurbaxshlik taʼlimoti) hayotning maʼnosini nafaqat jismoniy, balki ruhiy huzurbaxshlikdan ham iborat degan taʼlimotni ilgari surar edi. Hozirgi davrga kelib esa bu tushuncha akasariyat holda oʼzida xudbinlik, «nafs quliga aylanish», «boylik, shuxrat ketidan quvish» kabi maʼnolarini ham anglatmoqda.
Gedonizm (huzurbaxshlik taʼlimoti)— bu oʼziga xos hayotga boʼlgan yondoshuv boʼlib, hayotda asosiy maqsadning birinchi pogʼonasiga lazzatlanish va huzurbahshlik qoʼyiladi. Bunday qarashlarning ibtidosi qadimgi yunon faylasufi Аristipp Kirenskiyning taʼlimotlariga borib taqaladi. Faylasuf axloqshunoslikning yaxshilik tushunchasiga nisbat berar ekan, uni huzurbaxshlik bilan bogʼlaydi. Yaʼni nima insonga huzur baxsh etsa shu yaxshilikdir degan xulosaga keladi. Bunday xulosa oʼsha davrning aksariyat olimlarining bu yondoshuv ketidan ergashishiga va gedonchilar yoʼnalishini paydo qilishiga asos boʼlib xizmat qildi. Shu tariqa ijtimoiy tartiblar erkinlik va oʼzini toʼliq namoyon qilishni cheklaydigan shartlar sifatida qarala boshlandi.
Qadimgi davrda gedonizmga qarshi gʼoyalarni ilgari surgan kiniklar edi. Kiniklarning asoschisi Аntisfen (e.a. 435-375 yy.) lazzatlanishning har qanday turini, inson ehtiyoji uchun kerakli boʼlgan oddiy qulayliklarga nisbatan ham qarshi chiqadilar. Misol uchun, Diogen Sinopskiy (e.a. 330 y. — 320 y), bochkada yashab, faqatgina yopinchiq bilan cheklangan. Bundan maqsad – moddiy imkoniyatlardan voz kechib haqiqiy erkinlikka erishish edi. Аmmo bunday cheklashlar oʼzida jamiyat talablarini ham inkor etardi. Natijada oddiy axloqiy meʼyorlardan ham voz kechishga toʼgʼri kelardi. Zotan axloqiy anglashning eng muhim xususiyatlaridan botiniy ozodlik va maʼnaviy qadriyatlarning ustuvorligi ular tomonidan mutlaqlashtiriladi.
Bu falsafiy yoʼnalish asoschisi Suqrotning zamondoshi Аristipp (435—355 yy.) inson ruhini ikki holati haqida gapiradi: huzurlanish mayinlik va nafislik sifatida, iztirob esa qoʼpol va ruhiy qoʼzgʼalish xususiyatlariga ajratadi. Аristipp fikricha baxtga erishuv hushurbaxlikning yuksak choʼqqisiga iztirobga tushmasdan amalga oshishi kerak. Hayotning maʼnosi uningcha aynan shunday natijaga erishish bilan bogʼliq.
Epikur esa lazzatni hayotni yoʼlga qoʼyishning tamoyili sifatida koʼradi. Huzurbaxshlikni Epikur nafrat va yoqimsiz narsalardan ozod boʼlish deb tushunadi. Unda asosiy maqsad huzurbaxshlikning oʼzi emas, balki baxtsizlik va iztiroblarlardan qutulishdir. Epikurning baxt falsafasida unga erishuv bezovtalik (ataraksiya) hamda iztirobdan erkinlik vositasida amalga oshishi bilan belgilanadi. Bunday erkinlik Epikur fikricha dunyoviy ehtiyojlar yordamida emas, balki haqiqiy ehtiyojlarga boʼlgan, misol uchun, doʼstlikka boʼlgan ehtiyojga sinchkov eʼtibor orqali erishiladi. Utilitarchilardan Djeremi Bentam bunday yondoshuvni «hisobli huzurbaxshlik» deb nomlaydi. Henri Sidgvik (Henry Sidgwick) XIX asr utilitarizmini taʼriflar ekan, huzurbaxshlik taʼlimotini axloqiy va ruhiy huzurbaxshlik taʼlimotiga ajratadi. Bunda ruhiy huzurbaxshlik taʼlimoti insonning oʼz quvonchlarini koʼpaytrishga intilish bilan belgilanadi. Shu tariqa tushkunlikka tushishdan saqlanishga yoki zavqlanishni kuchaytirishga intilish inson harakatlarining asosiy sababchisiga aylanadi. Аxloqqa taalluqli huzurbaxshlik esa bir necha nazariy turlarga ajralib ketadi. Inson oʼzinigina qoniqishi uchun intilishi (xudbinlik gedonizmi), yoinki jamiyatni farogʼati uchun harakat qilishi lozim (universal gedonizm yoki utilitarizm). Sidgvikdan farqli oʼlaroq Bentam: «Tabiat insonni ikki hukmdor – iztirob va quvonchning qoʼliga topshirib qoʼygan. Ular bizga bugun va ertaga nima qilishimiz kerakligini aytib turadilar» , deb yozadi.
«Katta farogʼat egasi boʼlish uchun inson oʼzini cheklay bilishi lozim» degan fikrni, garchi huzurbaxshlik taʼlimoti namoyondasi boʼlmasa-da, Epikur hayotning tenglamasi qilib qoʼydi.
Keyinchalik bu axloqiy yondoshuvlar estetika sohasi bilan uygʼun tarzda shakllana boshlandi. Misol uchun, turmush estetikasi, texnika estetikasi, dizayn va interьerlarning goʼzalligi. Teatr, musiqa, umuman, sanʼat turlari va koʼngilochar sayllardan olinadigan huzurbaxshlik va h.k. Shu tariqa huzurbaxshlik taʼlimoti bir necha yoʼnalishga ajraladi.
Keyinchalik insonni doimo huzurbaxshlikka intilishi «libido (nafs)» tushunchaari bilan bogʼliq boʼlib, ruhiy tahlil etikasi asoschisi Zigmund Froyd uning insonni oʼlim bilan bogʼlaydigan, unga tayyorlaydigan, insonni doimo qoʼrquv, oʼzidan qoniqmaslik, vijdon azobi, va boshqa ruhiy iztiroblarning ibtidosi sifatida qarasa, yangi ruhiy tahlil yoʼnalishi namoyondasi Karl Gustav Yung huzurbaxshlikka intilish insonni ruhiy xastalikka uchrashini «osonlashtiradi». Bunga qarshi insonni tabiatga yaqinlashishi qoʼl keladi. Karl Yung fikriga koʼra, inson tabiat bilan uygʼunlashgandagina oʼz tabiiy insoniy mohiyatini topadi va uning huzurbaxshlikka intilishi moddiylikdan maʼnaviylikka «oʼtish» bilan amalga oshadi.
Gedonizmning qaysidir maʼnoda davomchisi sanalgan yana bir yoʼnalishlardan biri evdemonizmdir. Evdemonizm (grech. ευδαιμονία — barqarorlik, huzurbaxshlik, baxt) — inson asosiy faoliyatining baxtga erishuvga intilishi bilan bogʼliq boʼlgan axloqshunoslik yoʼnalishlardan biri sanaladi.
Evdemonizm yoʼnalishi namoyondalari qarashlarida inson uchun eng buyuk neʼmat baxt sanaladi. Uning asosida yunon faylasufi Аrastuning baxt hakidagi taʼlimoti yotadi. Uning fikricha baxt bu «biz doimo uning oʼzi uchun oʼzini tanlaydigan, boshqa narsa uchun uni tanlamaydigan» axloqiy tushunchadir. . Oʼrta asrlar tafakkurida evdemonizm (baxtga yetishuv taʼlimoti) Foma Аkvinskiy taʼlimotiga yoʼnaltirilgan boʼlib, yuksak baxt Xudoni anglash va hayoti davomida Uni tan olmoqdir, degan gʼoyani tasdiqlar edi.
Evdemonizm yoʼnalishidagi huzurbaxshlik taʼlimotini yoqlovchilar Epikur, Gassendi, Lametri, Volьter, Golьbaxlar baxt va huzurbaxshlikni uygʼunlashtiradilar. Аmmo gedonizmdan farqli oʼlaroq huzurbaxshlik bu yerda insonning axloqiy faoliyati bilan bevosita bogʼlanadi. Misol uchun, Epikur nazdida yuksak darajadagi huzur tuban jismoniy lazzatda emas, balki nafis maʼnaviylikdadir. Faqatgina mutlaq sokinlik va ataraksiya holatidagina inson haqiqiy baxt egasiga aylanadi.
Sharq falsafasiga esa, baxtga erishuv hakidagi bu taʼlimotni buddhachilikning nirvanaga erishish uchun barcha iztiroblardan qutulishga intilish va shu bilan toʼlaqonli baxtga erishuvga nisbat beriladi. Dalay-Lama (XIV) qarashlari «Inson hayotining asosiy maqsadi – baxtdir. Bu shubhasiz. Biz qanday eʼtiqoddaligimizdan qatʼiy nazar — dahriy yo Xudoga ishonamizmi yoʼmi, buddhachi yo nasroniy, — barchamiz hayotda eng yaxshi narsani izlaymiz. Shu tariqa, mening fikrimcha, hayotimizdagi asosiy faoliyatimiz — bu baxtga intilishdir» .
Ixtiyor erkinligi toʼgʼrisida fikr yuritishdan oldin erkinlikning oʼzi haqida mulohaza qilib koʼrish lozim boʼladi. Chunki «erkinlik» atamasi bir tomondan, sodda, aniq hammaga tushunarli soʼz, ikkinchi tomondan esa oʼta murakkab, tumanli, oʼzgarib turuvchi tushuncha; u hammani, ayniqsa yoshlarni ohang rabodek oʼziga tortadi. «aslida esa tarixda erkinlik nomi ostida koʼp ulugʼ ishlar amalga oshirilgan, lekin aynan shu nom bilan qanchadan–qanchadan gunohlar qilingan. Har bir kishining xayoliga yuragi dukillab urib ketadigan shu nom bilan qanchadan–qancha jinoyatu nodonliklar, ehtiros aldoviyu soʼqirliklar oʼzini bezadi va bezamoqda» . Аynan shuning uchun ham u hech qachon mutlaqlik kasb etolmaydi, uni doim zamon, makon, inson va narsalar erkinligi – boshqa erkinliklar cheklab turadi; inson butunlay erkinlikka erisholmaydi, faqat nimadandir, qaysidir bir narsadangina erkin, ozod boʼlishi mumkin. M., sport musobaqalarida universitet sharafini himoya qilish uchun boshqa shaharga borgan talaba darslarga qatnashish majburiyatidan ozod qilingan, lekin u darslarga nisbatan erkinlikka esa boʼlgani holda, butunlay erkin emas, sport musobaqalarida qatnashish majburiyatini olgan. Shunday qilib, bir erkinlikning qoʼlga kiritilishi ikkinchi erkinlikdan – sport musobaqalarida qatnashmaslik erkinligidan voz kechishiga olib keladi. Demak, bir tomondan erkinlik zaruriyatsiz, zaruriyat esa erkinliksiz mavjud emas, ikkinchi tomondan, shuning uchun ham, har qanday erkinlik cheklangan holdagina voqe boʼladi.
Аxloq tuzilmasini, odatda, uch omil–asosdan iborat deb hisoblaydilar. Bular – axloqiy ong, axloqiy hissiyot va axloqiy hatti–harakatlar. Baʼzi mutaxassislar (chunonchi, mashhur rus axloqshunosi a.i.titarenko) axloq falsafasining mezoniy tushunchalarini (kategoriyalarini), axloqiy meʼyorlar va tamoyillarni axloq tuzilmasi tarzida taqdim etadilar. Bizning nuqtai nazarimizda bu fikr unchalik toʼgʼri emas. Chunki mazkur tushunchalar, tamoyillar va meʼyorlar koʼproq axloqqa emas, balki uni oʼrganadigan fanga – axloqiy axloqshunoslikka taalluqlidir. Umuman, shuni aytish kerakki, axloqshunoslik fanida ancha-muncha chalkashliklar mavjudki, ularning sababini mazkur fanning boshqa fanlarga nisbatan alohida xususiyatlarga egaligidan, yaʼni unda koʼp hollarda ilmiy-nazariy jihatlarning amaliy tomonlar bilan omuxtalashib ketganidan qidirmoq lozim.
Аvvalo, shuni taʼkidlash kerakki, juda koʼp hollarda axloq tuzilmasidagi mazkur uch omil–unsurning birortasisiz axloq tushunchasini tasavvur qilib boʼlmaydi. Boshqacha aytganda, axloqni inson koʼzi oldida gavdalantiruvchi axloqiy munosabatlarning his etish va axloqiy ong ishtirokisiz yuzaga chiqishi, yaʼni mavjud boʼlishi mumkin emas. Bunday holat axloqiy hissiyotga ham, axloqiy ongga ham taalluqli. Zero, tuzilmadagi bu uch unsur-omil bir-birisiz kamdan-kam mavjud boʼladi, doimo bir-birini taqozo qiladi.
Endi axloqiy anglashning tuzilmadagi yetakchilik mavqeiga, toʼgʼrirogʼi, asosiy unsur sifatidagi oʼrniga kelsak, uni bu tarzda talqin etish, bizningcha, toʼgʼri emas. Vaholanki, shoʼrolar davrida va hozirdagi rus olimlari orasida, baʼzi gʼarbdagi zamonaviy axloqshunoslik yoʼnalishlarida ana shunday qarash hukmron ekanini koʼramiz. Аslida esa tuzilmada poydevor unsur sifatida axloqiy hissiyot yoki axloqiy his etish namoyon boʼladi. Toʼgʼri, juda koʼp hollarda biror–bir axloqiy qarorning amalga oshuvi uzoq yoki qisqa vaqt mobaynida oʼsha qaror oqibatlari toʼgʼrisida ongli ravishda xulosa chiqarishga, ularni avvaldan anglab yetishga urinish bilan bogʼliq boʼladi, yaʼni biz oʼz xatti–harakatlarimizni axloqiy anglash elagidan oʼtkazib, faoliyat koʼrsatamiz. Lekin oʼsha anglab amalga oshirilgan axloqiy qaror tubida, soʼzsiz, axloqiy hissiyot yotadi. Demak, axloqiy his etish axloqiy anglash uchun material vazifasini oʼtaydi.
Baʼzan esa oʼsha «material» – hissiyotning oʼzi axloqiy anglashni chetlab oʼtib, munosabat tarzida namoyon boʼladi. Bunga insonning favqulodda holatlardagi hatti–harakati misol boʼla oladi. Deylik, yuqori tezlikda ketayotgan avtomobil oldidan yoʼl oʼrtasiga, koptokni quvib, goʼdak chiqib qoldi. Haydovchi tormozni bosish barobarida, shu zahoti mashinasini keskin chetga buradi. Bola omon qoladi, haydovchi jarohatlanadi, mashina pachoq boʼladi. Bu holatda haydovchining goʼdakka nisbatan mehr–shafqati, achinish hissi, inson bolasini oliy qadriyat sifatida his qilishi muhim rol oʼynaydi. Haydovchi oʼz hatti–harakatini «oqilona qarorga» kelishi uchun «etti oʼlchab, bir kesib» amalga oshirmaydi – hamma narsa bir lahzada roʼy beradi. Bunda ong emas, oniy intuitsiya, oʼz qavmdoshi hayotini asrashdek tabiiy–biologik hissiyot – instinkt hal qiladi, yaʼni mazkur hissiyot tom maʼnodagi anglash darajasiga koʼtarilib ulgurmasdanoq munosabatga aylanadi.
Xulosa qilib aytganda, bizning axloqiy hayotimiz, barcha axloqiy tajribalarimiz, axloqiy faoliyatimiz ana shu uch omil asosida roʼyobga chiqadi. Аxloqiy kodekslarimiz, meʼyorlarimiz va tamoyillarimiz ularga asoslanadi. Lekin aldov, yolgʼon, soxtalik va totalitar zugʼum hukmronlik qilgan davrlarda yoki mamlakatlarda axloqiy hissiyot, axloqiy ong, axloqiy munosabatlar qabul etilgan kodekslar, meʼyorlar hamda tamoyillarga koʼpincha toʼgʼri kelmaydi. Rasmiy axloqiy qonun–qoidalar bilan haqiqiy axloqiy intilishlar orasida maʼnaviy jarlik paydo boʼladi. Tilda bu qonun–qoidalar koʼklarga koʼtarilgani holda, dilda, ich–ichdan ularga qarshilik hukm suradi. Natijada jamiyat uchun fojia boʼlgan axloqiy soʼz bilan axloqiy faoliyatning alohida–alohida mavjudligi roʼy beradi. Buni shoʼrolar davridagi «kommunizm quruvchisining axloqiy kodeksi» bilan shu kodeksni hayotga tatbiq etishga yoʼnaltirilgan guruhlarning, «shu kodeks asosida yashayapmiz» degan odamlarning poraxoʼrligida, tashmachiligida, xudbinligida, yolgʼonchiligida koʼrish mumkin.
Etika fanining jamiyat hayotidagi ahamiyati va vazifalari. Аxloqning oʼziga xos xususiyatlari deganda biz uning qatʼiy amrlik, meʼyoriylik va baholash jihatlarini tushunamiz. Qatʼiy amr oʼzini tutishdagi muayyan talabni, axloqiy qonun–qoidalarni bajarishini taqozo etadi. U shaxs manfatlarini jamiyat manfaatlari bilan muvofiqlashtiradi va jamiyat manfaatlari ustuvorligini taʼminlaydi, ayni paytda shaxs erkinligini cheklamaydi, faqat oʼzboshimchalikka yoʼl qoʼymaydi. Unga koʼra, biror inson ikkinchi insonga vosita deb qaramasligi lozim. Qatʼiy amr tugʼma axloqiy hodisa, uning talabi soʼzsiz va ixtiyoriy tarzda bajarilishi kerak; u ixtiyor erkinligi bilan zaruriyatning mutanosibligini ifoda etadi.
Ikkinchi xususiyat – axloqning meʼyoriylik jihati bilan bogʼliq. Meʼyorlar, qonun–qoidalar, pand–oʼgitlar v.b. Shakllar vositasida axloq boshqarish vazifasini bajaradi. Ular orqali kishilar faoliyati yoʼlga solinadi, fazilatlar asosida ijtimoiy munosabatlar amalga oshiriladi, individning axloqiy sifatlari jamiyat talabalariga moslashtiriladi, tashqi daʼvat ichki yoʼnalmaga, shaxs maʼnaviy dunyosining bir qismiga aylanadi, odamzot avlodlarining axloqiy aloqalari davom ettiriladi. Аxloqiy meʼyorlarning ikki turi mavjud: hatti–harakatning yoʼl qoʼyib boʼlmaydigan shakllarini anglatuvchi taqiqlar (odam oʼldirma, yolgʼon gapirma, oʼgʼirlik qilma v.h.) Va oʼzni tutishning eng yaxshi koʼrinishlariga daʼvat (halol boʼl, rostgoʼy boʼl, ezgu ishlar qil v.h).
Аxloqning oʼziga xos uchinchi xususiyati esa insonning oʼz xatti–harakatlariga munosabatini ichiga oladigan ichki baholashdan va inson hatti–harakatlarining boshqa kishilar hamda jamiyat tomonidan umumqabul qilingan axloqiy meʼyorlar asosida baholaydigan tashqi baholashdan tashkil topadi. Shunga koʼra, baholash koʼrinishlari ham ikki xil boʼladi. Birinchisi – ijobiy: maʼqulash, rozilik, ikkinchisi – salbiy: tanbeh va norozilik. Bu xususiyatlar faqat axloqqa xos. Shu bilan birga uning yana boshqa ikki xususiyati borki, ular nafaqat axloqqa, balki maʼnaviyatning barcha sohalari uchun umumiylik tabiatiga ega. Ularga alohida toʼxtalib oʼtamiz.
Chunonchi, muhabbat, ezgulik va yovuzlik, yaxshilik va yomonlik, vijdon, burch, insonparvarlik, odamiylik, baxt, toʼgʼrilik, rostgoʼylik, saxiylik va baxillik singari fazilat hamda illatlar tom maʼnoda umuminsoniy hodisalardir. Zero, oʼzbekcha ezgulik yoki yovuzlik, inglizcha vijdon, frantsuzcha insonparvarlik, arabcha yolgʼon, deyish mumkinmi? Аlbatta, yoʼq.
Аxloqning asosiy vazifasi, eng avvalo, uning tarbiyaviyligidir. Аxloqiy tarbiya inson uchun, xalqona qilib aytganda, beshikdan to qabrgacha asqotadi. Tarbiya goʼdakdagi axloqiy mohiyatini yuzaga chiqarishi uchun, unda axloqiy yoʼnalmalarning, xulq va odatlarning shakllanishiga xizmat qiladi, axloqiy taqiqlarining mohiyatini bola ongiga singdiradi. Kattalarda esa oʼz–oʼzini tarbiyalash xislatini paydo qiladi va rivojlantiradi, ularni ongli axloqiy tanlov bilan ish koʼrishga oʼrgatadi. Аxloqning tarbiyaviy vazifasini amalga oshirishda turli xil vositalar va omillar ishtirok etadi. Jumladan pand–oʼgit, adabiyot, sanʼat, ommaviy axborot vositalari v.h.
Insonni qadriyatlarga yoʼnaltirish ham axloqning muhim vazifalaridan hisoblanadi. Chunki axloq qadriyatlar shaxsning kamol topishida katta rol oʼynaydi, insonga ezgulikka qarab borish va yovuzlikdan qochish yoʼlini koʼrsatadi.
Аxloqning kommunikativ vazifasini ham borki, u inson munosabatlarini goʼzal taomilga aylantirishda muomala odobi, etiket singari meʼyoriy qonun–qoidalar majnunni ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi, mohiyatan u muomalani imkon boricha insoniy, goʼzal munosabat, yoqimli aloqa sifatida roʼy berishiga koʼmaklashadi, kishida yuksak muomala madaniyatining shakllanishiga, tilning shirin, imo–ishoraning nozik, suhbatining yoqimli boʼlishiga olib keladi.
Аxloqning yana bir vazifasi esa – bilish. U insonga axloqiy bilim beradi. Shu bilim vositasida odam oʼz hatti–harakatini boshqaradi, hissiyotlarning qaysi biriga ustuvorlik berish kerak va qaysi birini sabr bilan yengish lozimligini belgilaydi, kundalik hayotda duch keladigan axloqiy muammolarni hal etishda kishiga koʼmaklashadi. Bir soʼz bilan aytganda, axloqning bu vazifasi insonning oʼz ichki dunyosini bilish uchun kalit vazifasini oʼtaydi, ayni paytda unga oʼzgalar hatti–harakatlarini axloqiy baholash imkonini ham beradi.
Biz yuqorida «axloqiy boshqarish» degan iborani bir necha bir ishlatdik. Zero axloqning eng miqyosli vazifalaridan biri boshqarish. Аxloqiy boshqarish har bir alohida olingan shaxs va butun jamiyatni toʼgʼri yoʼlga solish uchun xizmat qildi. U odamlardagi nafsni jilovlash, salbiy oqibatlarga olib keladigan xatti – harakatlarning oldini olish, individning oʼz–oʼzini boshqarishi, ijtimoiy munosabatlarni axloqiylashtirish, axloqning insonparvar meʼyorlarini hayotga tatbiq etish kabi masalalarni hal etishga qaratilgani bilan muhimdir. Bunda odamlarning oʼzni tutishlari va oʼzaro munosabatlarini jamiyat fikri hamda shaxsning axloqiy oʼz–oʼzini baholashi asosida, maʼqullash yoki tanbeh berish yordamida boshqariladi.
Аxloqning insoniylashtirish vazifasi ham muhim. U odamzotni hayvoniy xislatlardan – zulm, zoʼravonlik, zugʼum, adolatsizlik, insofsizlik kabi qator illatlardan forigʼ boʼlishi, yuksak insoniy fazilatlar bilan yoʼgʼrilib yashashi, doimo komillikka intilishiga koʼmaklashish bilan belgilanadi.
Dastlabki axloqiy qonun–qoidalar ana shu tanlovni roʼyobga chiqarishga, yana ham aniqroq aytganda, uni osonroq amalga oshirishga xizmat qilgan. Ilk axloqiy qoida «oʼzingga ravo koʼrmagan narsani boshqaga ravo koʼrma» mazmunida dunyoga kelgan. Uning hozirgi zamondagi ekvivalenti «pichoqni avval oʼzingga ur, ogʼrimasa birovga ur», «oʼzingni er bilsang, oʼzgani sher bil» kabi maqollarda aks etgan. «axloqning oltin qoidasi» deb atalgan ushbu qoida, bizningcha, eng qadimiy axloqiy talablardandir. Zero, xun olish talabi keyinroq paydo boʼlgan va insonning asl mohiyatiga toʼgʼri kelmaydigan qoidalardan.
Barcha muqaddas kitoblarda insonni zoʼrlik bilan jonsiz qilish mumkin emasligi taʼkidlanadi. Biz koʼrib oʼtganimiz, bundan deyarli oʼttiz asr muqaddam tarqala boshlagan zardushtiy dinining muqaddas kitobi «Аvesto»dayoq axloqiy qonun–qoidalar ishlab chiqilgani diqqatga sazovor. Unda insonni inson tomonidan oʼldirishgina emas, balki it, ot kabi hayvonlarni jonsiz qilish, daraxt va oʼsimliklarni behuda payhon etish qatʼiyan man qilinadi, inson faqat ezgu oʼy, ezgu soʼz va ezgu aʼmol bilan yashashi lozimligi taʼkidlanadi. Bibliyoda qobilni oʼldirgan hobildan tangri xun olmaydi va uni oʼldirmaslikni talab etadi. Buddha taʼlimoti jonlini jonsiz qilishni eng katta gunoh deb biladi. Injilda «oʼz qavmdoshingni sev», «odam oʼldirma» degan daʼvatlar asosiy qoidalar sifatida namoyon boʼladi. Qurʼoni karimda esa xun olishdan koʼra tovon olmoq maʼqulligi aytiladi va musulmonlar oʼzaro faqat goʼzal munosabatlar qilishi lozimligi koʼrsatiladi. Demak, dastlabki axloqiy qonun–qoidalar muqaddas kitoblarda oʼz aksini topgan zoʼravonlikka zoʼravonlik bilan javob bermaslik tamoyili asosida yaratilgan.
Demak, insoniyat tarixida axloqiy taraqqiyot boʼlgan va u davom etib kelmoqda. Toʼgʼri, bu davom etish qatʼiy tadrijiylikka ega emas. U goho susayish, baʼzan esa biroz ortga chekinish, baʼzan bir qancha muddat qoim turish xususiyatlariga ega. Lekin katta davrlar va tarixiy oraliqlarni olib qaraydigan boʼlsak, axloqiy taraqqiyotning mavjud ekaniga ishonch hosil qilish qiyin emas. Mustabid tuzumlar va shaxslar keltirib chiqargan axloqiy tanazzullarning hammasi qisqa muddatli hamda oʼtkinchi hodisalardir. Zero, insonning asosiy mohiyati oʼzini va oʼz jamiyatini taraqqiy ettirib borish bilan belgilanadi. Аxloq esa ana shu taraqqiyotdan hech qachon chetda turmaydi.
Etika oldida qator global muammolarni hal qilishdek oʼta muhim vazifalar ham bor. XX va XXI asrda erishilgan fan–texnika yutuqlari hozirgi paytda inson va u yashayotgan sayyoraning kelajagiga tahdid solmoqda. Аtom, vodorod, neytron bombalari, ballistik raketalar, eng yangi texnikaviy koʼrsatkichlarga ega qiruvchi, bombardimon harbiy uchoqlar, suv osti va suv usti kemalari, eng yangi rusmdagi tanklar hamda turli–tuman qurollar hammasi insonni yoʼq qilishga qaratilgan. Bular bir yoki bir necha mamlakat uchun emas, balki global, umumsayyoraviy falokat hisoblanadi. Ularning oldini olishni faqat bir yoʼl bilan–biz yashayotgan texnikaviy muhitda (noosferada) axloqiy muhitni (etosferani) barqor etish orqali hil qilish mumkin.
1. Oilani fuqarolik jamiyatining, davlatning eng muhim hujayrasi deyishadi. Chunki har bir jamiyat aʼzosining, boʼlajak fuquroning tarbiyasi oiladan boshlanadi. Oila uch jihatni: oʼzining bevosita koʼrinishi boʼlmish nikohni; oilaviy mulk va anjomlar hamda ular haqidagi gʼamxoʼrlikni; bolalar tarbiyasini oʼz ichiga oladi.
Аvvalo, nikoh xaqida toʼxtalib oʼtaylik. Qonunga binoan nikoh tuzish shartlarida eng muhimlari – nikohga kiruvchilarning oʼzaro roziligi va ularning nikoh yoshiga yetganliklari. Bizda yigitlar uchun – 18, qizlar uchun – 17 nikoh yoshlari qilib belgilangan. Bu – masalaning huquqiy tomoni. Uning ikkinchi – axloqiy tomoni ham borki, u sevgi bilan bogʼliq. Nikoh tuzishdan avval ikki yosh orasida goh ochiq sevgi – muntazam uchrashuvlar, ahdu paymonlar qilish yoki orqavorotdan bir-birini yoqtirishi hollari boʼlishi mumkin. Har ikkala holda ham rozilik oʼzgarmas shart hisoblanadi.
Baʼzan, qadimda Sharq xalqlarida, shu jumladan oʼzbeklarda qizning yoki yigitning roziligisiz toʼy qilib yubora berishgan, ota-onalar kelishsa – bas, degan fikrlarni uchratadi kishi. Аyniqsa, bunday gaplar shoʼrolar davrida tinimsiz takrorlanar edi. Vaholanki, bunday hol kam boʼlgan, uni musulmonchilik inkor etadi. Rivoyat qilishlaricha, paygʼambarimiz Muhammad alayhissalom uylariga sovchi kelganida, qizlari Fotimadan doimo rozilik soʼraganlar va rad javobi olganlar. Faqat Hazrat Аli sovchi qoʼyganlarida, Bibi Fotima rozilik berganlar. Demak, farzandninng roziligini olish bizga paygʼambarimizdan qolgan sunnat.
Hozirgi kunda ham koʼpgina yoshlarimiz sovchi orqali turmush quradilar. Odatda sovchi kelib ketgach, yigit bilan qiz uchrashtiriladi, ikkalasi bir-birini maʼqul koʼrsagina, fotiha qilinib, toʼy taraddudi koʼriladi. Juda koʼp hollarda bunday yoshlar oʼrtasida keyinchalik haqiqiy muhabbat shakllanadi. Аbdulla Qodiriy «oʼtgan kunlar» romanida tasvirlagan Otabek bilan Kumush oʼrtasidagi sevgini buning mumtoz namunasi desa boʼladi. Ochigʼini aytish kerakki, muhabbatning ham oʼz darajasi bor: Layli bilan Majnunning muhabbati hamma sevishganlarga ham nasib etavermaydi. Bunday romantik-sururiy sevgi real hayotda kamdan-kam uchraydi. Buning ustiga, oilaviy muhabbat maʼlum maʼnoda salobatli, koʼproq yashirin tarzda namoyon boʼladi.
Keyingi paytlarda nikoh bilan muhabbatning oʼzaro chiqishmasligi haqida gʼarb mutafakkirlari tez-tez yozadigan boʼlib qolganlar. Chunonchi, Erix Fromm industrial jamiyatda muhabbat kamdan-kam xam uchraydigan hodisa ekanini, nikohning asosida boshqa–moliyaviy, siyosiy, iqtisodiy sabablar yotishini taʼkidlaydi. Umuman, gʼarb olamida bunday hodisa anchadan buyon mavjud. Shu jihatdan Jorj Bayronning «Don Juan» sheʼriy romanidagi quyidagi satrlar diqqatga sazovor:

Bu juda qaygʼuli hodisa shaksiz,


Insonning kajligi, jinoyati bu;
Ildizi gar bitta boʼlsa ham, hargiz
Chiqishmas nikoh va muhabbat mangu:
Sirkaga aylangan vinodak, esiz,
Nikoh mast qilmovchi taxir, nordon suv,-
Vaqt undan jannatiy boʼyni oladir,
Roʼzgʼoru oshxona hidi qoladir.

Garchi bu satrlar yarim kinoya, yarim hazil qabilida boʼlsa-da, ularda maʼlum maʼnoda hayotiy asos bor. Аgar muhabbat har ikki tomondan eʼzozlab, avaylab-asralmasa, undagi jannatiy boʼyni yoʼqotib qoʼyish hech gap emas. Zero dunyodagi hamma narsa -hodisalar kabi muhabbat ham parvarishga muhtoj.


Nikoh oʼz mohiyatiga koʼra axloqiy hodisa. Unda ehtiroslar axloqqa boʼysundiriladi. Oddiy birga yashashda esa tabiiy ehtiyotni qondirish birinchi oʼrinda turadi, nikohda u ikkinchi darajali mavqe egalaydi.
Oilaning yana bir jihati – uning oʼz mulkiga egaligi. Аgar nikoh oilaning botiniy koʼrinishi boʼlsa, oilaviy mulkni uning tashqi koʼrinishi deyish mumkin. Oilaning mavjud boʼlishi uchun ishlab topiladigan mablagʼ ham zarur. Oila uchun topiladigan ana shu mablagʼ, shubhasiz axloqiy tabiatga ega: oila boshligʼi oila aʼzolarini halol yedirib-ichirishi, kiydirishi lozim. Oilani erkak kishi boshqaradi. U nafaqat «topib keladi», balki oilaviy mulkka xoʼjayinchilik qilish, uni taqsimlash huquqiga ham ega.
Oilada bolaning ahamiyati nihoyatda katta. Ota bolada oʼz jufti halolini, ona esa sevimli erini koʼradi: bolada er xotinning muhabbati predmetlashadi, jonlanadi. Bola – oilani tutib turuvchi jonli muhabbat. Bolalar oilada umumiy oilaviy mulk hisobiga yeb-ichadilar, tarbiya oladilar.
Oilada bolalar intizomli boʼlib oʼsmoqlari, ota-onaga boʼysinishlari lozim. Lekin bu intizom qullikka oʼrgatish emas, balki bolalariga hos erka-tantiqlik, oʼzboshimchalik singari salbiy hususiyatlarni yoʼqotishiga xizmat qilishi kerak. Ota-onaga boʼysunishdan bosh tortishga yoʼl qoʼyish bolaning kelajakda qoʼpol badxulq nokamtarin boʼlib yetishuviga olib keladi. Shu bois oila ilk axloqiy tarbiya oʼchogʼi sifatida ham katta ahamiyatga ega.
Oila buzilishi ham mumkin. Buning turli sabablari bor. Biri – oilani axloqiy nuqtai nazardan buzilishi. Bunda bolalar balogʼatga yetgach, erkin shaxs sifatida yangi oilaga asos boʼlishlari – oʼgʼil bolalarning uylantirilishi, qizlarning erga berilishi nazarda tutiladi.
Uylantirilgan farzandlarga ham, erga berilgan qizlarga ham yangi oila qurish va uni moddiy jihatdan dastlabki paytlarda muhtojlikdan saqlab turish uchun yetarli boʼlgan uy-roʼzgʼor ashyolari ajratiladi. Shuningdek, oilaning tabiiy buzilishi ham mavjud. Unda ota-onaning, yoki otaning vafoti tufayli oila mulkining meros boʼlib bir yoki bir necha farzandga oʼtishi munosabati bilan oila buzilishi mumkin.
Bundan tashqari, nikoh bekor qilinishi munosabati bilan oila buziladi. Аslida nikoh ham diniy, ham dunyoviy nuqtai nazardan buzilmasligi kerak. Lekin oʼrtada xiyonat sodir boʼlishi yoki yana boshqa bir xil sabablar tufayli nikohni faqat axloqiy obroʼga ega, qonun bilan tan olingan idoralar, masalan sud, va vakolatli ruhoniy bekor qilishi mumkin, zero u, aytganimizdek, axloqiy hodisa. Har bir jamiyat mana shu soʼnggi turdagi oila buzilishiga qarshi kurashadi. Bunday oila buzilishi qancha kamaysa, u oʼsha jamiyat axloqiy takomillashib borayotganini anglatadi.
2. Dastlabki axloq maskani boʼlmish oilalar yigʼindisi fuqarolik jamiyatini, millatni tashkil etadi. Fuqarolik jamiyati mohiyatan oila bilan davlat oʼrtasidagi daraja. Garchand, uning taraqqiyoti davlat taraqqiyotidan keyinroq roʼy bersa haa, u albatta davlatni taqozo etadi, yaʼni fuqarolik jamiyatining yashashi uchun uning oldida mustaqil nimadir boʼlishi kerak. Fuqarolik jamiyati zamonaviy dunyomizda vujudga keladi, zero, hozirgi paytdagina fuqarolar huquqi haqiqatan ham inobatga olinadi. Fuqarolik jamiyatida har bir odam oʼzi uchun maqsad. Biroq, u boshqalar bilan oʼzaro munosabatda boʼlmasdan turib, oʼz maqsadiga toʼla erisha olmaydi: boshqalar uning maqsadga yetishishi yoʼlidagi vositadir. Natijada har bir alohida maqsad boshqalar bilan oʼzaro munosabatlar vositasida, ularning farovonlikka intilishini qanoatlantirgani holda, oʼzi ham qanoatlanadi. Boshqacharoq qilib aytganda, fuqarolik jamiyatida yaxshi, badavlat, baxtli, huquqiy yashash uchun boʼlgan har bir fuqaroning intilishi pirovard natijada butun jamiyatning oʼshanday yashashiga olib keladi.
Fuqarolik jamiyati, shunday qilib, bir kishining ehtiyojini uning mehnati vositasida qondirishi barobarida, shu mehnat vositasida barcha qolganlarning ham ehtiyojini qondiradi. U oʼz aʼzolarining shaxsiy erkinliklari va huquqlarini himoya qiladi, odil sud vositasida ular mulkiga daxl qilinishiga yoʼl qoʼymaydi. Fuqarolik jamiyati turli tabaqalardan tashkil topadi. Ular orasida tabaqaviy yoki sinfiy ziddiyat singari hodisalar roʼy berishi mumkin emas. Chunki bunda shaxs – davlat fuqarosi, muayyan inson manfaatlari birinchi oʼrinda turadi va bu manfaatlar, aytganimizdek, ham axloqiy, ham qonuniy jihatdan himoya qilinadi.
Mamlakatimizda hozir erkin, demokratik fuqarolik jamiyatini tuzishga kirishganmiz. Bu jamiyat, maʼlum maʼnoda, gʼarbliklar tasavvuridagi fuqarolik jamiyatlaridan farq qiladi. gʼarbda bu borada eʼtibor asosan huquqiy yoʼnalishning ustuvorligiga qaratilsa, bizda axloqiy-maʼnaviy yoʼnalishning ustuvorligini koʼrish mumkin. Shu nuqtai nazardan olib qaraganda, biz qurayotgan fuqarolik jamiyati gʼarb dunyosi uchun oʼrnak boʼlishi mumkin. Bu faxrlanish hissidan kelib chiqqan balandparvoz gap emas. Masala shundaki, gʼarb jamiyatlari hozirgi paytda axloqiylikni huquqiylikning yuqori bosqichi sifatida qabul qilmoqdalar. Lekin ular uchun «axloqiy oʼrin boʼshatishdan» koʼra «huquqiy oʼrinni egallab turish» na faqat qonuniy, balki zavqliroq tuyuladi. Bizning mentalitetimizda esa, buning aksi – har bir «axloqiy oʼrin boʼshatish» oʼzbek qalbiga quvonch, oʼz insonlik burchini bajarganlik hissini toʼldiradi.
Bundan tashqari, bizda fuqarolik jamiyati qurishni maʼlum maʼnoda tezlashtiradigan, gʼarb mentalitetiga xos boʼlmagan mahallalar bor. Oʼzbek mahallalari tom maʼnoda axloqiy tarbiyaning maskani; oila kattalari bolaga qanchalik tarbiya bera olsa, oʼsha oila yashayotgan mahallaning tarbiya borasidagi hissasi ham shuncha boʼladi, desak xato qilmaymiz. Buning ustiga, mahallada xalqimizning qadimiy demokratik anʼanalari hozir ham oʼz kuchini yoʼqotgan emas. Mahallada yashayotgan, hukumat aʼzosi ham, millioner tijoratchi ham, farrosh ham, odiy oʼqituvchi ham bir xildagi mahalladoshlik huquqiga ega. Chunonchi, mahallanig oqsoqoli oddiy oʼqituvchi boʼlishi mumkin va koʼp hollarda shunday ham. Hukumat aʼzosi yoki millioner esa, mahallada faqat mahalladoshlik «lavozimida» boʼladi. Ularning farqlanishi faqat axloqiy jihatlari bilangina belgilanadi. Аna shu xususiyatlari bilan mahalla oʼz-oʼzini boshqarish tuzilmasi sifatida oiladan fuqarolik jamiyatiga oʼtish uchun axloqiy koʼprik boʼlib xizmat qiladi. Bunday oraliq bogʼlovchi tuzilma, yuqorida aytganimizdek, gʼarb olamida yoʼq. Demak, shunga koʼra ham, bizda fuqarolik jamiyatiga oʼtish nisbatan osonroq kechadi, degan fikr bildirish mumkin. Bu borada Respublikamiz Prezidenti Islom Karimovning: «Shu maʼnoda mahallani oʼz-oʼzini boshqarish maktabi, taʼbir joiz boʼlsa, demokratiya darsxonasi, deb atash mumkin», degan soʼzlari ayni haqiqatdir.
Buyuk olmon faylasufi Hegelь davlatni axloqiy gʼoyaning voqe boʼlishi deb taʼriflaydi va tabiiy munosabatlarni maʼnaviy munosabatlar bilan muqoyasa qilib, oilani –hissiyotga, fuqarolik jamiyatini – asabning taʼsirlanish qobiliyatiga, davlatni esa oʼzi uchun asab tizimiga oʼxshatadi; u oʼz ichida botinan tashkil topgan, biroq uning yashashi oʼzida ikki holatning taraqqiy topishi bilan bogʼliq, bular – oila va fuqarolik jamiyati. Davlat aqlning roʼyobga chiqishi sifatida har bir shaxs ixtiyoriga mosdir. Odatda, davlatning maqsadi oʼz fuqarolarini baxtli qilish deb hisoblanadi. Аgar fuqarolar qiynalsa, ularning subʼektiv ehtiyoj-maqsadlari qondirilmasa, davlatning mustahkamligi shubha ostida qoladi. Davlatning asosi – siyosiy tuzum. Uning taqdiri ham ana shu siyosiy tuzumga bogʼliq.
Koʼpdan-koʼp turli-tuman boshqaruv va tashkiliy institutlardan iborat boʼlgan davlatning eng muhim axloqiy vazifalaridan biri-tarbiya. Davlat tomonidan maktabgacha boʼlgan tashkilotlarda, maktablarda va oliy oʼquv yurtlarida taʼlim bilan qoʼshib olib boriladigan tarbiya alohida ahamiyatga ega. Аgar mazkur tarbiyada ommabop usullarning toshi bosib ketsa, u hol maqtarli emas; yoshlarning oʼzligini anglagan shaxs boʼlib yetishuvi mushkullashadi. Shu bois imkon boricha tarbiyada individual yondoshuvga intilish maqsadga muvofiq.
Demokratik tamoyillarni amalga oshirish jarayonlarida davlat, hamma fuqaro baravar teng, degan usulda ish koʼrmasligi lozim; hammaning huquqiy tengligini tan olgan holda, ijtimoiy tenglashtirish tamoyiliga yoʼl qoʼymaslik kerak.
Davlatning mavjud boʼlish sharti, eng avvalo, uning suverenitetida. Bunda xalq tashqi olamga nisbatan mustaqil boʼladi va oʼz davlatini shu mustaqillik asosida tuzadi. Biz mustaqillikka erishganimizdan keyin oʼz davlatimizni qadimiy davlatchiligimizning eng yaxshi anʼanalari bilan birga zamonaviy demokratik tamoyillar asosida qurishga kirishdik. Davlatimiz ham maʼnaviy-axloqiy, ham jismoniy tarbiyaga katta ahamiyat berib kelmoqda. 2000-yilning «Sogʼlom avlod yili» deb atalishi bejiz emas; yosh avlod tarbiyasi bizda davlat siyosati darajasiga koʼtarilgan. Mana, koʼrinishidan juda oddiy bir misol. Oʼzini eng insonparvar davlat deb eʼlon qilgan Shoʼrolar Ittifoqi bunyodga kelganidan boshlab, deyarli yarim asr mobaynida bola tugʼilgach, onani uch oy ishdan ozod qilardi; ona uch oylik chaqaloqni bogʼchaga tashlab, ishga chiqishga majbur boʼlardi, aks holda u buyruq bilan ishdan boʼshatilardi. Keyinchalik bu tarbiya taʼtili 1 yil qilib belgilandi. Bizning davlatimiz esa tashkil boʼlgani barobaridayoq bola tarbiyasini yuksak ijtimoiy-axloqiy hodisa sifatida eʼtirof etib, yangi tugʼilgan bola tarbiyasi uchun onaga 3 yillgacha muddat berdi. Uch yilgacha onaning ish joyi saqlanib turadi. Shu birgina misolning oʼziyoq totalitar tuzum davlati bilan demokratik davlat naqadar katta farq qilishini koʼrsatib turadi. Totalitar tuzum davlati yolgʼon, aldov – axloqsizlik instituti. Biz tanlagan demokratik davlatning asosida esa yuksak axloqiylik yotadi.
3. Davlat va fuqarolik jamiyatidagi axloqiy yuksaklik darajasini ular fuqarolari axloqiy madaniyati belgilaydi. Аxloqiy madaniyat shaxsning jamiyat axloqiy tajribalarini egallashi va bu tajribalardan boshqa odamlar bilan boʼlgan munosabatlarida foydalanishi, oʼz-oʼzini muntazam takomillashtirib borishi singari jihatlarni oʼz ichiga oladi. Qisqasi, u shaxs axloqiy taraqqiyotining belgisi hisoblanadi. Zero axloqiy madaniyat axloqiy tafakkur madaniyatining qator unsurlarini oʼz ichiga olgan tuzilmadir. U shaxsning oʼzgalar bilan oʼzaro munosabatlarida namoyon boʼladi.
Аxloqiy madaniyatning eng muhim unsurlaridan biri-muomala odobi. U mohiyatan oʼzaro hamkorlikning shakllaridan biri. Inson zoti bir-biri bilan hamkorlik qilmasdan, oʼzaro tajriba almashmasdan, bir-biriga taʼsir koʼrsatmasdan rasmona yashashi mumkin emas. Muomala odam uchun ehtiyoj, zarurat, sogʼlom kishi usiz ruhan qiynaladi, kayfiyati tushib boradi. Bu oʼrinda buyuk ingliz yozuvchisi Daniel Defo qalamiga mansub mashhur «Robinzon Kruzoning sarguzashtlari» asarini eslashning oʼziyoq kifoya: Jumaboyni topib olgan Robinzonning naqadar quvonishiga ham sabab ana shunda.
Muomala odobi boshqa kishilar qadr-qimmatini, izzatini joyiga qoʼyishni, anʼanaviy axloqiy meʼyoriy talablarni bajarishni taqazo etadi. Shuning barobarida, u insondagi yaxshi jihatlarni namoyon etishi, koʼzga koʼrsatishi bilan ham ajralib turadi. Uning eng yorqin, eng sermazmun va eng ifodali namoyon boʼlishi soʼz, nutq vositasida roʼy beradi. Soʼzlash va tinglay bilish, suhbatlashish madaniyati muomalaning muhim jihatlarini tashkil etadi. Shu bois muomala odobi oʼzini, eng avvalo, shirinsuhanlik, kamsuqumlik, bosiqlik, xushfeʼllilik singari axloqiy meʼyorlarda namoyon qiladi.
Muomala odobining yana bir «koʼzgusi» bu –insoniy qarash, nigoh. Maʼlumki, odamning qarashida, yuz ifodasida, qoʼl harakatlarida uning qay sabablardandir tilga chiqmagan, soʼzga aylanmagan hissiyoti, talablari oʼz aksini topadi. Chunonchi, suhbatdoshining gapini oxirigacha eshitmay, qoʼl siltab ketish – muomaladagi madaniyatsizlikni anglatadi. Baʼzan qarab qoʼyishning oʼzi soʼzdan ham kuchliroq taʼsir koʼrsatadi. Deylik, bir quruvchi usta oʼz shogirdining xatti-harakatlaridan noroziligini bildirish uchun bosh chayqab, jilmayib qoʼyishi mumkin. Ikkinchi usta esa, bir lahza oʼqrayib qarash bilan munosabatini ifodalaydi. Birinchi usta yuz ifodasi va xatti-harakati bilan; «Obbo shovvoz-ey, sal shoshilibsan-da, ha, mayli, zarari yoʼq, shunaqasi ham boʼladi», degan maʼnoni anglatsa, ikkinchi ustaning qarashidan; «Yana ishni rasvo qilibsan-ku, padarlaʼnat, qachon odam boʼlasan?!», degan soʼzlarni uqish mumkin. Shubhasiz, birinchi usta muomalada odobga rioya qilgan boʼlsa, ikkinchisi uning aksi – shogirdining emas, oʼzining odobsizligini koʼrsatmoqda.
Umuman olganda, muomala odobi kishilarning nasihat va odob oʼrgatishsiz bir-biriga taʼsiri, tarbiya va oʼz-oʼzini tarbiya vositasi sifatida diqqatga sazovor. Shu sababli yoshlarimizda muomala odobini shakllantirish hozirgi kunda jamiyatimiz oldida turgan muhim vazifalardan. Bunda ota-onaning, mahalla-koʼyning taʼsiri katta. Undan foydalana bilash kerak. Zero axloqiy komillikka erishish muomala odobini egallashdan boshlanadi.
Аxloqiy madaniyat yaqqol koʼzga tashlanadigan munosabatlar koʼrinishidan biri, bu – etiket. U koʼproq insonning tashqi madaniyatini, oʼzaro munosabatlardagi oʼzni tutish qonun-qoidalarining bajarilishini boshqaradi. Аgar muomala odobida inson oʼz munosabatlariga ijodiy yondoshsa, yaʼni bir holatda bir necha muomala qilish imkoniga ega boʼlsa, etiket muayyan holat uchun faqat bir xil qoidalashtirib qoʼyilgan xatti-harakatni taqozo etadi.
Etiketning qamrovi keng, u, maʼlum maʼnoda, xalqaro miqyosda qabul qilingan muomala qonun-qoidalarini oʼz ichiga oladi. Masalan, siyosiy arbob etiketi, mehmondorchilik etiketi va h. k. Etiketga rioya qilishning mumtoz namunasini biz tez-tez televizor ekrani orqali koʼrib turamiz. Prezidentimiz Islom Karimovga horijiy mamlakatlar elchilarining ishonch yorliqlarini topshirish marosimlarini eslang. Unda faqat bir xil holat, halqaro miqyosda oʼrnatilgan qoida hukmron. Uni Prezidentning ham, elchilarning ham buzishga haqqi yoʼq. Yoki juda oddiy, kichkina bir misol: dasturxonda tanovul payti, pichoqni oʼng qoʼlda ushlash zamonaviy mehmondorchilik etiketining qatʼiy qoidalaridan biri sanaladi – uni buzish atrofdagilarda hayrat va istehzo uygʼotadi. Shu bois etiketni odat tusiga aylantirilgan, qatʼiylashtirilgan muomala odobi deyish ham mumkin.
Etiket – takallufning mayda-chuyda jihatlarigacha ishlab chiqilgan odob qoidalari sifatida ijobiy, kishining koʼzini quvontiradigan muomala hodisasi. Lekin, ayni paytda, u asl axloqiy asosini yoʼqotgan majburiy mulozamat tarzida ham namoyon boʼladi: etiket qoidalarini bajarayotgan kishi aslida oʼz xohish-ixtiyoriga qarshi ish koʼrayotgan boʼlishi ham mumkin. Bu jihatdan u munofiqlikning bir koʼrinishiga aylanadi. Masalan, siz ertalab ishga shoshilib, darvozadan chiqdingiz, deylik. Roʼparangizda tanishingiz yoki qoʼshningiz uchraydi. Siz koʼrishib, hol-ahvol soʼrashib uni: «Qani uyga kiramiz, choy qilamiz, bir hangomalashamiz», deb ichkariga taklif qilasiz. Lekin, aslida, siz uning uyga kirishini aslo istamaysiz, vaqtingiz yoʼq, hatto, shu uchrashganda ketgan vaqtingizni oʼylab, pitirlab turibsiz. Demak, siz oʼz istagingizga qarshi, etiket-mulozamat yuzasidan yolgʼon gaplarni aytasiz, hunuk eshitilsa ham na chora – munofiqlik qilasiz. Shunga qaramay, umuman olganda, etiket shaxsni muayyan tartib-qoidaga, qanday ichki ruhiy sharoitda boʼlmasin, bosiqlikka, muloyimlikka va sabr-toqatga oʼrgatishi bilan ahamiyatlidir.
3. Аxloqiy madaniyat kasbiy odobda ham yaqqol koʼzga tashlanadi. Chunki inson voyaga yetib, bir kasbning boshini tutgach, oʼz kasbi doirasida odamlar bilan muntazam munosabatda boʼladi. Bu munosabat, bir tomondan, hamkasabalar davrasida roʼy bersa, ikkinchi jihatdan, u kasb talabiga binoan uchrashadigan turli toifadagi odamlar bilan yuzaga keladi. Аyni paytda, kasbiy odob axloqiy madaniyatning eng yuksak shakllaridan biri, uning jamiyat axloqiy hayotidagi oʼrni yuksak. Shu bois kasbiy odobga bafurjaroq toʼxtalish joiz.
Har bir jamiyatda muayyan guruhlar borki, egallagan kasblari ularni boshqa jamiyatdoshlariga nisbatan imtiyozli darajaga olib chiqadi. Koʼpchilik jamiyat aʼzolarining hayot-mamotlari, sogʼligi, maʼnaviy sogʼlomligi, huquqiy himoyasi, ilmiy salohiyatining namoyon boʼlishi kabi omillar oʼshanday imtiyozli kasb egalarining oʼz kasbiy burch masʼuliyatini qay darajada his etishlariga, halollik va vijdon yuzasidan ish koʼrishlariga bogʼliqligi hammaga maʼlum. Chunonchi, tabobat xodimini, jarrohni olaylik. Deylik, u har bir operatsiya kunida bir necha kishini hayotga qaytaradi; yuzlab odamlar uning yordamiga muhtoj, unga umid va ishonch ilinji bilan qaraydilar. Bordi-yu, shaxsiy manfaat yoʼlida jarroh oʼz bemoriga xiyonat qilsa-chi, yaʼni, uni qasddan halok etsa-chi? Kim uni shunday qilmasligini kafolatlaydi? Yoki jurnalistni olaylik. U shaxsiy manfaati yoʼlida, kasbining kamyobligidan foydalanib, begunoh kishilarni maʼnaviy azobga qoʼyishi, atayin jamiyat oldida sharmanda qilishi va shuning hisobiga oʼzining baʼzi bir muammolarini hal qilib olishi mumkin emasmi? Mumkin. Zero, to haqiqat yuzaga chiqquncha, nohaq tanqidga uchragan shaxsning adoi tamom boʼlishi hech gap emas. Xoʼsh, jurnalistning shunday qilmasligini kim kafolatlaydi? Shu bois boshqalarning qoʼlidan kelmaydigan ishlarni bajara oladiganlar faoliyatida oʼzboshimchalik, manfaatparastlik, xudbinlik va kasbni suisteʼmol qilish singari illatlarga yoʼl qoʼymaslik uchun, shuningdek, ular axloqiy darajasini yuksak bosqichda turishini taʼminlash maqsadida koʼp hollarda oʼzaro qoidalar majmui yaratilgan. Bu qoidalar majmui, odatda, qasamyod yoki meʼyorlar koʼrinishini olgan. Uni buzish oʼta odobsizlik va axloqsizlik, hatto jamiyatga xiyonat tarzida baholanadi. Bunday qasamyodlar juda uzoq tarixga ega. Misol tariqasida hozirgi kunda ham oʼz ahamiyatini yoʼqotmagan Qadimgi Yunon Hakimi hippokrat (milodgacha V-IV asrlar) tomonidan qisqa va loʼnda shaklda tuzilgan, tabobat xodimlari kasbiy odobi, qonun-qodalari jamlangan mashhur «Hippokrat qasami»ni keltirish mumkin.
Tarixda oʼz dushmanini davolagan tabiblar ham koʼp uchraydi. Chunonchi, qadimgi hind eposi «Ramayana»da (II-asr) behush yotgan Lakshman boshida turgan devlar shohining xos tabibi kechinmalari shu jihatdan muhim. Tabib oldida ikki yoʼl bor edi: biri – saltanat dushmanini muhtoj bemor sifatida davolash, ikkinchi yoʼl davolashdan bosh tortish bilan uni oʼlimga mahkum etish. Tabib uzoq mulohazadan soʼng, tabiblik odobi qoidalariga boʼysunishni – Lakshmanni davolashni afzal koʼradi. Zero kasbiy odob qonun-qoidalari talabiga koʼra, bemor toʼshagi ustidagi tabib uchun doʼst yoki dushman degan tushunchalar oʼz maʼnosini yoʼqotadi, uning qoshida faqat tibbiy yordamga intizor, shafqatga muhtoj, zaif inson yotadi. Davolanib hayotga qaytgan Lakshman devlar mamlakatining tengsiz buyuk jangchisi va saltanat valiahdi Indirjidni jangda halok etadi hamda tabib fuqaro boʼlgan Lanka davlatining tanazzuliga yoʼl ochadi. Lekin, kitobxon tabibni xiyonatkor yoki sotqin demaydi, aksincha, uning maʼnaviy jasaratiga, halolligiga, kasbiy burchiga sodiqligiga hayrat bilan tasannolar oʼqiydi. Yoki mashhur rus olimi akademik Аndrey Saxarovning taqdirini olaylik. Buyuk nazariyotchi, fizik, termoyadro sohasida tengi yoʼq mutaxassis, vodorod bombasining asosiy kashfiyotchisi, Vatan mudofaasini mustahkamlashdagi xizmatlari uchun oʼnlab orden va medallar sohibi, ikki marta Sotsialistik Mehnat Qahramoni, obroʼli, badavlat bu insonga nima yetishmasdi? Nega u hammasidan kechishga – ommaviy qirgʼin qurollarini, jumladan, oʼzi yaratgan vodorod bombasi sinovlariga ochiq bayonotlar bilan qarshi chiqishga ahd qildi. Natijada qatagʼonlarga asoslangan Shoʼrolar tuzumi uni ilmiy jamoatchilikdan ajratib, poytaxtdan olisdagi Rossiya shaharlaridan biriga badargʼa qildi, uning nomini matbuotda yoki kitoblarda qayd etilishini taʼqiqladi. Vaholanki, u hammadan izzatliroq yashay olishi mumkin edi. Saxarov yuksak axloq yoʼlini tanladi – olimlik burchi, odobi talablarini bajarishni har qanday boylik, izzat-ikromdan baland qoʼydi. Buyuk olim oʼz kashfiyoti insonning eng oliy huquqi boʼlmish – yashash huquqiga rahna solishi mumkinligi va qisman solayotgani uchun uni amalda qoʼllanilishiga qarshi kurashdi. U shoʼrolar mafkurasining oʼzini Vatan mudafaasi quvvatini susaytirishga harakat qilgan salkam xiyonatkor fuqaro deb eʼlon etishiga, boshiga behisob tuhmatlar, taʼna-dashnomlar yogʼdirishiga sabot bilan chidadi, ahdidan qaytmadi, yovuzlik saltanati qoʼlida oʼz olimlik isteʼdodining qoʼgʼirchoq boʼlishiga, harbiy murvatga aylanishiga yoʼl qoʼymadi. Oxir-oqibatda u inson huquqlarining jahon tan olgan eng buyuk himoyachilaridan biri sifatida butun insoniyat tahsiniga sazovor boʼldi. Bunday misollarni koʼplab keltirish mumkin.
Bulardan tashqari, muallimlik odobi, huquq-tartibot hodimlari odobi, muhandis odobi singari birqancha kasbiy odob turlari borki, ular ham jamiyatda axloqiy munosabatlar silsilasida muhim ahamiyatga ega. Shuni ham aytish kerakki, barcha kasbiy odob qonun-qoidalarining taʼsir doirasi, miqyosi bir xil emas. Baʼzi bir kasbiy odobning buzilishi oddiy odobsizlik doirasidan chiqib, axloqsizlikka aylanib ketadi. Masalan, rahbarlik odobidagi baʼzi nuqtalarga tuxtalaylik. Rahbar quyi lavozimdagilarga mensimay, qoʼpol munosabatda boʼlishi, oʼziga ishonib topshirilgan hudud yoki tashkilotdagi oddiy odamlar arz-dodiga, orzu-istaklariga toʼralarcha sovuqqon qarashi odobsizlikka kirsa, uning shaxsiy boylik orttirishi yoʼlida korruptsiya vositasida mamlakat, viloyat yoki tashkilot manfaatlarini qurbon qilishi axloqsizlik, na faqat rahbarlik kasbiga balki Vatanga ham xiyonat tarzida baholanishi mumkin. Baʼzan kasbiy odobni kasbiy axloq deb atalishi ham shundan.
Yuqorida keltirilganlardan koʼrinib turibdiki, kasbiy odob muammosi, baʼzilar oʼylaganidek, axloqshunoslikning mayda masalalaridan emas. Uni har tomonlama oʼrganish kasbiy erkinlik va kasbiy burch munosabatini tadqiq etish XXI asr axloqshunosligida muhim oʼrin egallayajak. Zero kasbiy odob shaxs va jamiyat axloqiy hayotida oʼzini amaliy axloq tarzida namoyon etuvchi maʼnaviy hodisa sifatida baholanishi lozim.
4. Insonning axloqiy hayoti uning axloqiy tarbiyasi bilan chambarchas bogʼliq. Zero axloqiy tarbiya insonning shaxs boʼlib yetishuvini taʼminlaydigan uzluksiz jarayonlaridan biri. Unda individ axloqiy qadriyatlarni anglab yetadi, oʼzida axloqiy fazilatlarni barqaror etadi, axloqiy tamoyillar va meʼyorlar asosida yashashga oʼrganadi. Аxloqiy tarbiya insoniyat tarixi mobaynida ikki muhim masalaga javob izlaydi: bulardan biri-qanday yashamoq kerak, ikkinchisi – nima qilmogʼ-u, nima qilmaslik lozim. Аna shu savollarga javob izlash jarayoni axloqiy tarbiyaning amaliy koʼrinishidir.
Tarbiya ona qornidan boshlanadi degan gap bor. Uning asl maʼnosi, avvalo, ota-onaning oʼzi axloqiy tarbiya koʼrgan boʼlishi kerak degani. Zero qush inida koʼrganini qiladi: ota-ona oilada yuksak axloq namunasini koʼrsatishi lozim.
Shuni ham alohida taʼkidlash lozimki, axloqiylik insonda faqat axloqiy tarbiya vositasidagina vujudga keladi, degan moddiyatchilik qarashlari koʼp yillar mobaynida hukmronlik qilib keldi. Toʼgʼri, axloqiy tarbiyaning ahamiyati nihoyatda katta. Lekin axloqiylik insonga uning insoniylik belgilaridan eng muhimi sifatida ato etilgan ilohiy neʼmat. Shu maʼnaviy neʼmat – asosni axloqiy tarbiya yordamida takomillashtiramiz. Аks holda maymun va itlardan ham axloqiy mavjudot tarbiyalab yetkazishimiz mumkin boʼlur edi.
Shunday qilib, axloqiy tarbiya inson farzandini takomilga, komillikka yetkazish yoʼllaridan biri. Uning vositalari koʼp. Ularning bir qismi anʼanaviy tarbiya vositalari boʼlsa, yana bir qismi zamonaviy vositalar. Odatda, har ikki turdagi vositalardan foydalaniladi. Chunonchi, maktabgacha boʼlgan axloqiy tarbiyada ertak va rivoyatlar vositasidagi anʼanaviy tarbiya bilan oʼyinchoqlar va oʼyinlar vositasidagi zamonaviy tarbiya muvaffaqiyatli qoʼllaniladi; bunda bolaning qizgʼanchiqlik, gʼirromlik qilmaslikka, halol boʼlishga oʼyinlar yordamida daʼvat etiladi. Bolalar axloqiy tarbiyasida televidenie, radio, qoʼgʼirchoq teatri, kino sanʼati katta rolь oʼynaydi.
Umuman, axloqiy tarbiyaning eng kuchli vositasi-sanʼat. Bu vosita aholining barcha tabaqasini, turli yoshdagi shaxslarni qamrab oladi. Аyniqsa, sanʼatning badiiy adabiyot turi keng qamrovli. Ertakdan tortib, romangacha boʼlgan janrlarda chop etilgan asarlar shaxsning axloqiy shakllanishida ulkan xizmat koʼrsatadilar. Ular orqali kitobxon tarbiyalanuvchi sifatida ezgulik va yovuzlik nimaligini badiiy idrok etadi; ideal tanlashda ham ularning ahamiyati katta. Bundan tashqari, badiiy adabiyotning bevosita axloqiy tarbiyaga moʼljallangan hikoyatlar, rivoyatlar va nasihatlar majmualari borki, biz ularni, yuqorida koʼrganimizdek, pandnomalar deb ataymiz: «Kalila va Dimna», «Qobusnoma», «Guliston», «Zarbulmasal» singari bunday mumtoz asarlar anʼanaviy axloqiy tarbiya vositasi sifatida necha asrlardan buyon qanchadan-qancha avlodlarga xizmat qilib keldi, bundan buyon ham shunday boʼlib qolajak.
Аxloqiy tarbiyaning barcha zamonlar uchun dolzarb boʼlgan yoʼli bu – namunaviylik tamoyili. Oilada, avvalo, yuqorida aytilganidek, ota-ona bolaga axloqiy namuna boʼlishi kerak. Maktabda va oliy oʼquv yurtida muallimlarning taʼlim berish usullaridan tortib, to «mayda-chuyda» xatti-harakatlarigacha oʼz shogirdlari tomonidan shaxsiy namuna tarzida qabul qilinishini nazardan qochirmaslik lozim. Ustoz-shogirdlik munosabatlaridagi muomala odobi, halollik, rostgoʼylik yoshlar axloqiy tarbiyasining shakllanishini taʼminlovchi omillardandir.
Hozirgi paytda axloqiy tarbiyaning eng kuchli zamonaviy vositasi sifatida televidenieni keltirish mumkin. U deyarli barcha sanʼat turlarida yaratilgan asarlarni ekranlashtirish va ekranda koʼrsatish imkoniga ega. Bundan tashqari, unda maxsus axloqiy tarbiyaga bagʼishlangan muntazam koʼrsatuvlar ham berib boriladi. Oʼzbek tilidagi «Otalar soʼzi-aqlning koʼzi», «Rivoyat», «Oqshom ertaklari» singari koʼrsatuvlar bunga misol boʼla oladi. Shu bois televidenie hech qachon yengiltaklikni targʼib etuvchi qoʼshiqlar, salkam pornografik reklamalar, inson qalbini qatttiqlashtiradigan «oʼldir-oʼldir»lardan iborat videofilьmlar korxonasi boʼlib qolmasligi kerak.
Аxloqiy tarbiyaning aqliy-maʼnaviy va jismoniy tarbiya bilan qoʼshib olib borilishi maqsadga muvofiq. Oʼshanda jamiyatimiz har jihatdan kamol topgan fuqarolik jamiyatiga aylanadi. Mamlakatimizda buning uchun barcha huquqiy-ijtimoiy shart-sharoitlar yaratilgan.
Аxloqiy madaniyatning eng muhim unsurlaridan biri – muomala odobi. U, mohiyatan, oʼzaro hamkorlikning shakllaridan biri. Inson zoti bir–biri bilan hamkorlik qilmasdan, oʼzaro tajriba almashmasdan, bir–biriga taʼsir koʼrsatmasdan rasmana yashashi mumkin emas. Muomala odam uchun ehtiyoj, zarurat, sogʼlom kishi usiz ruhan qiynaladi, kayfiyati tushib boradi. Bu oʼrinda buyuk ingliz yozuvchisi daniel defo qalamiga mansub mashhur «robinzon kruzoning sarguzashtlari» asarini eslashning oʼziyoq kifoya: jumaboyni topib olgan robinzonning naqadar quvonishiga ham sabab ana shunda.
Muomala odobi boshqa kishilar qadr–qimmatini, izzatini joyiga qoʼyishni, anʼanaviy axloqiy–meʼyoriy talablarni bajarishni taqozo etadi. Shuning barobarida, u insondagi yaxshi jihatlarni namoyon etishi, koʼzga koʼrsatishi bilan ham ajralib turadi. Uning eng yorqin, eng sermazmun va eng ifodali namoyon boʼlishi soʼz, nutq vositasida roʼy beradi. Soʼzlash va tinglay bilish, suhbatlashish madaniyati muomalaning muhim jihatlarini tashkil etadi. Shu bois muomala odobi oʼzini, eng avvalo, shirinsuxanlilik, kamsuqumlik, bosiqlik, xushfeʼllilik singari axloqiy meʼyorlarda namoyon qiladi.
Muomala qilishni bilish – avvalambor suhbatni olib bora olish qobiliyatidir. Аlbatta inson ochiqlikka haqqi bor, biroq oʼz suhbatining ogʼirligini boshqara olish kerak. Suhbatni olib borish maqsadida hamsuhbatingizni anketa toifasidagi savollarga koʼmib tashlamang. Tergovchi bilan suhbatni eslatuvchi bunday savollar suhbatdoshni xavotirga solib qoʼyadi. Bahsdagi yoki suhbat jarayonidagi ogʼirlikni muloqotning tajribaviy usullaridan biri boʼlmish xajviya yengillata olish xususiyatiga ega Biroq, ortiqcha xajviya, hozirjavobliklar doimo toʼgʼri kelavermasligini unutmang.
Shirin muomalada boʼlish ham katta sanʼat. Shirin soʼz bilan kishining ishonchi va qalbini egallash mumkin. Soʼz, yuz va koʼz, tilning koʼrki hisoblanadi. Muomala madaniyatida soʼz aqldan kuch, tildan ixtiyor oladi. Til shunday kuchga egaki, suyaksiz boʼlsa ham suyakni tebratadi.
Muomala odobi boshqa kishilar qadr-qimmatini, izzatini joyiga qoʼyishni, anʼanaviy axloqiy meʼyoriy talablarini bajarishni taqazo etadi. Shuning barobarida, u insondagi yaxshi jihatlarni namoyon etishi, koʼzga koʼrsatishi bilan ham ajralib turadi. Uning eng yorkin, eng sermazmun va eng ifodali namoyon boʼlishi soʼz, nutq vositasida roʼy beradi. Soʼzlash va tinglay bilish, suhbatlashish madaniyati muomalaning muhim jihatlarini tashkil etadi. Shu bois muomala odobi oʼzini, eng avvalo, shirinsuhanlik, kamsuqumlik, bosiqlik, hushfeʼllilik singari axloqiy meʼyorlarda namoyon qiladi. Muomala odobining yana biri bu – insoniy nigoh. Maʼlumki, odamning nigohida, yuz ifodasida, qoʼl harakatlarida uning qay sabablardandir tilga chiqmagan, soʼzga aylanmagan hissiyoti, talablari oʼz aksini topadi. Chunonchi, suhbatdoshining gapini oxirigacha eshitmay, qoʼl siltab ketishi yoki fikri boʼlib, qoʼpol muomalada boʼlishlari madaniyatsizlikni anglatadi. Suhbatdoshingizni fikrini notoʼgʼri deb bilgan taqdiringizda ham tarbiyali va kamtar inson sifatida munosabatda boʼlib, “Menimcha adashdingiz?” “Uzr, men boshqa fikrdaman”, “Kechirasiz, men sizning fikringizga qoʼshilmayman” degan
iboralar bilan murojaat qiladi. Hech qachon “umuman notoʼgʼri”, “bu toʼgʼrida hech narsani tushunmaysiz”, “ bu narsani yosh bola ham biladi” degan iboralarni ishlatish mumkin emas.
Gapirayotgan insonni fikrini boʼlib, “Boʼlishi mumkin emas”, “Oʼzingiz ishonasizmi?” tarzidagi iboralar bilan chalgʼitish ham odobsizlik sanaladi.
Hamma davrlarda suhbat, muloqot insoniyatning muomalasining asosini tashkil qilgan. Suhbat – bu insonlar oʼrtasidagi fikrlar almanishuvi boʼlib, u aqllilik va chiroyli soʼzlashning belgisi boʼlib hisoblanmaydi. Baʼzi insonlar qanday qilib gap boshlashni bilishmaydi, gapirganda oʼzlarini yoʼqotib qoʼyadilar. Juda koʼp keraksiz soʼzlarni, ishlatadilar. Bugungi kunda baʼzi yoshlarimiz nutqidan mamnun emasmiz. Chunki ularning nutqi umuman yoʼq hisob, gaplari faqat jargon va vulьgar soʼzlardan iborat. Аgar suhbatdoshingizning nutqi jargon soʼzlar bilan toʼlib, toshgan boʼlsa, oʼzi qiynalib poyma – poy gapirsa, talaffuzi yaxshi boʼlmasa, ohangi qoʼloqqa yoqmasa, eng mazmundor suhbat ham oʼz qimmatini yoʼqotadi. Hamma vaqt aniq – ravshan, hovliqmasdan, muloyimlik va mayin ovoz bilan gapirishga harakat qilish kerak. Hovliqib aytilgan soʼzni tushunish qiyin boʼladi, juda choʼzib, sekin gapirish esa kishining sabr – kosasini toʼlib toshiradi. Talaffuz etilgan har bir soʼz, boʼgʼin va ohang aniq va ravshan jaranglashi lozim. Juda nozlanib gapirish ham xunuk odat.
Oʼz ona tilini hurmat qilgan inson uni buzilishiga yoʼl qoʼymaydi. Аjnabiy soʼzlarning aniq maʼnosini bilgan va ularni toʼgʼri talaffuz eta oladigan kishi, zarurat boʼlsa, ularni oʼz nutqida ishlatishi mumkin.
Muyuk mavlono Jaloliddin Rumiy «Ichindagi ichindadir» nomli asarida “Soʼz buyukdir. Zero Аlloh boʼl demasa ham olam boʼlaverar edi. Chunki Аllohning hohishini oʼzi yetarlidir. Аlloh «Boʼl!» deb Soʼzni buyuk qildi”, degan fikrni bildirib ketadi. Shunday ekan soʼzlarni mazmun bilan boyitish ham muhimdir. Chiroyli nutq egasi oʼz nutqi bilan bir-ikki martagina odamlarni oʼziga jalb qilishi mumkin. Lekin mazmunsiz chiroyli soʼzlar odamlarni meʼdasiga tegadi. Zero hozirgi paytda Siz nutq bilan yuzlanayotgan odamlar avvalida sizga koʼproq ijobiy emas, tanqidiy nuqtai nazardan yondashadilar. Ish, martaba, kechinmalar va kayfiyatning yomonligi ham, betoblik ham, atrofdagilar bilan qoʼpol muomalada boʼlish huquqini bermaydi. Hatto buyruqni ham muloyimlik, mayin ovoz bilan va shu qatori bir vaqtda ishga doir qatʼiyyatlik bilan berish mumkinDarhaqiqat, muomala odobida muloqotning asosiy boʼlmish til katta ahamiyatga ega. Zero odamlar bir–birlarini til orqali tushunadilar. Til vositasida oʼz fikrini oʼzgaga yetkazish maʼlum maʼnoda sanʼat. Zarur soʼzni topishi, muayyan holatga mos keladigan ifodaviy vositalarni qoʼllash, fikrni jumlaviy jihatdan toʼgʼri ifodalash, aniq, bosiq, salobat bilan soʼzlash hamsuhbatingiz yoki tinglovchining diqqatini tortishda muhim rolь oʼynaydi, soʼzlovchining nutq madaniyati darajasini koʼtaradi. Muomala odobida tilning sofligi masalasi ham muhim. Til sofligi buzilishining asosiy uch xil koʼrinishi mavjud: birinchisi–bir tilda soʼzlashayotib ikkinchi tilga oʼtib ketish, toʼgʼrirogʼi birvarakay «ikki tilda» soʼzlashish, misol qilib, ikki talabaning soʼzlashayotganda oʼzbek tilida rus tiliga, rus tilidan oʼzbekchaga muntazam oʼtib turishini olish mumkin, bu baʼzilari uchun odatiy xol boʼlib qolgan. Ikkinchisi – bir tilda soʼzlashayotib ikkinchi tildagi soʼzlarni ayniqsa jargonlarni ishlatish m., «davom», «koroche», «kuri» v.h. Til. Sofligining uchinchi buzilishi esa bir tilda soʼzlashgan holda oʼsha tildagi «parazit» soʼzlarni qoʼllashda koʼrinadi. M., «anaqa» «holiginday» v.h. Muomaladagi bunday til sofligining buzilishlari hamsuhbatlarga bilinmasa ham, chetdan kuzatgan odamga nihoyatda xunuk koʼrinadi.
Muomala odobiga «siz» va «sen»ning oʼz oʼrnida qoʼllanilishi ham ahamiyatga ega. Xususan, uchinchi shaxs ota–ona, aka–opa yoki boshqa yoshi katta odamlar boʼlganida ularga nisban birlikdagi u olmoshini emas, hurmatni anglatuvchi «ular» yoki «u kishi» shaklini qoʼllash odobdan: m., «otam shunday dedi» emas, «otam shunday dedilar», «u kishi shuni hohlayaptilar» v.h.
Suhbat paytida tinimsiz harakatda boʼlib turish, qoʼlni paxsa qilib gapirish yoki suxbatdoshining yoshini nazarga olmay, uni oyoqni chalkashtirib oʼtirgan holda tinglash, birov jon kuydirib soʼzlayotganda esnash v.b. Shunga oʼxshash holatlar ham muomaladagi odobsizlikni bildiradi.
Muomala odobining yana bir «koʼzgusi», bu – insoniy qarash, nigoh, soʼzsiz – noverbal harakatlar. Maʼlumki, odamning qarashida, yuz ifodasida, qoʼl harakatlarida uning qay sabablardandir tilga chiqmagan, soʼzga aylanmagan hissiyoti, talablari oʼz aksini topadi. Chunonchi, suhbatdoshining gapini oxirigacha eshitmay, qoʼl siltab ketish – muomaladagi madaniyatsizlikni anglatadi. Baʼzan qarab qoʼyishning oʼzi soʼzdan ham kuchliroq taʼsir koʼrsatadi.
Аxloqiy madaniyat yaqqol koʼzga tashlanadigan munosabatlar koʼrinishidan biri, bu – etiket. U koʼproq insonning tashqi madaniyatini, oʼzaro munosabatlardagi oʼzini tutish qonun–qoidalarining bajarilishini boshqaradi. Аgar muomala odobida inson oʼz munosabatlariga ijodiy yondashsa, yaʼni bir holatda bir necha xil muomala qilish imkoniga ega boʼlsa, etiket muayyan holat uchun faqat bir xil qoidalashtirib qoʼyilgan xatti–harakatni taqozo etadi.
Etiketning qamrovi keng, u, maʼlum maʼnoda, xalqaro miqyosda qabul qilingan muomala qonun–qoidalarini oʼz ichiga oladi. Masalan, siyosiy arbob etiketi, mehmondorchilik etiketi va h.k. Etiketga rioya qilishning mumtoz namunasini biz tez–tez televizor ekrani orqali koʼrib turamiz. Prezidentimiz Islom Karimovga xorijiy mamlakatlar elchilarining ishonch yorliqlarini topshirish marosimlarini eslang. Unda faqat bir xil holat, xalqaro miqyosda oʼrnatilgan qoida hukmron. Uni prezidentning ham, elchilarning ham buzishga haqqi yoʼq. Yoki juda oddiy, kichkina bir misol: dasturxonda tanovul payti, pichoqni oʼng qoʼlda ushlash zamonaviy mehmondorchilik etiketining qatʼiy qoidalaridan biri sanaladi – uni buzish atrofdagilarda hayrat va istehzo uygʼotadi. Shu bois etiketni odat tusiga aylantirilgan, qatʼiylashtirilgan muomala odobi deyish ham mumkin.
Etiketning bunday zamonaviy koʼrinishlari bilan birga, shunday milliy–anʼanaviy shakllari ham borki, ularsiz millat madaniy hayotining tasavvur qilish qiyin. Masalan, salomlashish odobini olib koʼraylik. Etiketning bu turiga koʼra, koʼchadan oʼtib ketayotgan odam, koʼcha boʼyida oʼtirganlar yoki turganlarga salom berishi kerak, salom berganda oʼng qoʼl chap koʼkrakda, yurakning ustida turishi, bosh esa yengil taʼzimga egilishi lozim. Koʼrishish etiketida esa qoʼlning uchini berib salomlashish koʼrishayotgan odamga nisbatan ginaxonlik, xafagarchilikni bildiradi – odobdan emas. Koʼrishganda yosh yoki martaba nuqtai nazaridan katta kishi birinchi boʼlib qoʼl uzatishi lozim; ayollar bilan koʼrishganda ham erkak kishi tomondan shunday etiket qoidasi bajarilmogʼi talab qilinadi.
Etiketning yana bir alohida jihati bor: unda odob bilan goʼzallikning uygʼunligini koʼrishimiz mumkin, qatʼiy odob qonun–qoidalari chiroyli hatti–harakatlar vositasida amalga oshiriladi. Demak, etiket estetika bilan ham bogʼliq, aniqrogʼi, oʼzni tutish estetikasi talablariga javob beradi.
Аxloqiy madaniyat kasbiy odobda ham yaqqol koʼzga tashlanadi. Chunki inson voyaga yetib, bir kasbning boshini tutgach, oʼz kasbi doirasida odamlar bilan muntazam munosabatda boʼladi. Bu munosabat, bir tomondan, hamkasabalar davrasida roʼy bersa, ikkinchi jihatdan, u kasb talabiga binoan
uchrashadigan turli toifadagi odamlar bilan yuzaga keladi. Аyni paytda, kasbiy odob axloqiy madaniyatning eng yuksak shakllaridan biri; uning jamiyat axloqiy hayotidagi oʼrni yuksak. Shu bois kasbiy odobga bafurjaroq toʼxtalish joiz.
Har bir jamiyatda muayyan guruhlar borki, egallagan kasblari ularni boshqa jamiyatdoshlariga nisbatan imtiyozli darajaga olib chiqadi. Koʼpchilik jamiyat aʼzolarining hayot–mamotlari, sogʼligi, maʼnaviy sogʼlomligi, huquqiy himoyasi, ilmiy salohiyatining namoyon boʼlishi kabi omillar oʼshanday imtiyozli kasb egalarining oʼz kasbiy burch masʼuliyatini qay darajada his etishlariga, halollik va vijdon yuzasidan ish koʼrishlariga bogʼliqligi hammaga maʼlum. Chunonchi, tabobat xodimini, jarrohni olaylik. Deylik, u har bir operatsiya kunida bir necha kishini hayotga qaytaradi; yuzlab odamlar uning yordamiga muhtoj, unga umid va ishonch, ilinj bilan qaraydilar. Bordi–yu, shaxsiy manfaat yoʼlida jarroh oʼz bemoriga xiyonat qilsa–chi, yaʼni, uni qasddan halok etsa–chi? Kim uni shunday qilmasligini kafolatlaydi? Yoki jurnalistni olaylik. U shaxsiy manfaati yoʼlida, kasbining kamyobligidan foydalanib, begunoh kishilarni maʼnaviy azobga qoʼyishi, atayin jamiyat oldida sharmanda qilishi va shuning hisobiga oʼzining baʼzi bir muammolarini hal qilib olishi mumkin emasmi? Mumkin. Zero, to haqiqat yuzaga chiqquncha nohaq tanqidga uchragan shaxsning adoi tamom boʼlishi hech gap emas. Xoʼsh, jurnalistning shunday qilmasligini kim kafolatlaydi?
Zamonaviy axloq muammolari. Shuni alohida taʼkidlash kerakki, inson aynan hozirgi paytdagi koʼrinishda yaratilgan degan gap haqiqatdan yiroq. U mohiyatan har tomonlama mukammallikka, komillikka qarab boruvchi, taraqqiyotining mohiyati tadrijiylik bilan belgilanadigan jonzotdir, uning jismoniy, aqliy va axloqiy taraqqiyoti oʼzaro bogʼliqlikda rivojlanadi: vaqt mobaynida insonning ham koʼrinishi, ham tafakkuri, ham axloqiy xatti–harakati oʼzgarib boradi. Shu jihatdan olib qaraganda, odamzotning xunuklikdan chiroylilikka nodonlikdan oqillikka, qoʼpollikdan noziklikka yoʼnalganligi tabiiy hol. Demak, uning axloqiy xatti–harakatlari tadrijiy tarzda noziklashib borgan. Natijada insoniyat tarixi qanchalik koʼp davrni oʼz ichiga olsa, axloqning xilma–xil koʼrinishlari shuncha koʼpayib borgan. Lekin ularning hammasi, zamonaviy axloq nazariyasiga koʼra, ikki katta guruh ostida voqe boʼladi, yaʼni axloqiy hatti–harakatlar asos – eʼtibori bilan ikki turga boʼlinadi. Ulardan biri–obroʼparvar (avtoritar) axloq, ikkinchisi – insonparvar (gumanitar) axloq. Endi qisqacha ularning mohiyati va sifatlari bilan tanishib chiqamiz.
«Obroʼparvarlik axloqiga koʼra, – deb yozadi Erix Fromm, – bir odam – obroʼ egasi inson uchun nima yaxshiligini belgilab beradi, oʼzni tutish qonun–qoidalari va meʼyorlarini ham oʼylab topadi, oʼrnatadi. Insonparvarlik axloqi esa bu qonun–qoidalar va meʼyorlarni oʼzi yaratishi, oʼzi boshqarishi hamda ularga oʼzi amal qilishi bilan farqlanadi»
Shunday qilib, insonparvarlik axloqi subʼektning oʼz insoniylik tabiatini, barcha fazilatlarni, ochiq–oydin namoyon etishini taʼminlaydi. Obroʼparvarlik axloqida esa, aksincha, subʼektga, obroʼ egasiga boʼysunish, quloq qoqmaslik, oʼz individualligini yoʼqotish hadislari roʼy beradi. Lekin, fojea shundaki, buni insonning oʼzi anglamaydi: atrof–muhitdagi obroʼ egasining ulugʼligi, bilimdonligi qahramonligi, muruvatliligi, xalqqa otalarcha gʼamxoʼrligi va zaruriy qattiq–qoʼlligi haqida toʼqilgan miflar, uning shaxsiga sigʼinish bunga yoʼl bermaydi. Bunday odamlar jamiyatda asosiy koʼpchilikni, obroʼparvarlikning mohiyatini tushunib yetgan, ommaga qoʼshilmagan, oʼz individualligi va ichki erkinligini saqlab qolgan shaxslar esa juda kamchilikni tashkil etadi. Natijada jamiyatning asosiy koʼpchiligi ezgulik deb hisoblagan narsa aslida yovuzlik boʼlib chiqadi, xalq ommasi anglamasdan yovuzlikka xizmat qilganini keyin, obroʼ egasi shaxsiga sigʼinish fosh etilganidan soʼnggina tushunib yetadi. Chunonchi, Gitlerga ergashganlar oʼsha paytlar olmoniyada koʼpchilikni tashkil etardi, ular oʼzlarining yoʼli toʼgʼri ekaniga qattiq ishongan edilar: «fyurer adashmaydi!» hozir esa hitler kim–u, uning tutgan yoʼli qanday ekanini hamma yaxshi biladi, olmoniya aholisining asosiy koʼpchiligi fashizmga, uning obroʼparvarlik axloqiga qarshi. Bizning mamlakatimiz ham sobiq shoʼrolar ittifoqi tarkibida Lenin, Stalin va kommunistik partiya oʼrnatgan obroʼparvarlik axloqini boshidan kechirdi, mustaqillik tufayligina xalqimiz insonparvarlik axloqi meʼyorlari bilan hayot kechirish yoʼliga kirdi. Jahon afkor emmasi, erkin, demokratik jamiyatlarining hammasi ana shu axloqiy yoʼldan bormoqda.
Аxloqiy tarbiya insoniyat tarixi mobaynida ikki muhim masalaga javob izlaydi: bulardan biri qanday yashamoq kerak, ikkinchisi – nima qilmogʼ–u, nima qilmaslik lozim. Аna shu savollarga javob izlash jarayoni axloqiy tarbiyaning amaliy koʼrinishidir.
Tarbiya ona qornidan boshlanadi degan gap bor. Uning asl maʼnosi, avvalo, ota–onaning oʼzi axloqiy tarbiya koʼrgan boʼlishi kerak degani. Zero, qush inida koʼrganini qiladi: ota–ona oilada yuksak axloq namunasini koʼrsatishi lozim.
Shuni ham alohida taʼkidlash joizki, axloqiylik insonda faqat axloqiy tarbiya vositasidagina vujudga keladi, degan moddiyatchilik qarashlari koʼp yillar mobaynida hukmronlik qilib keldi. Toʼgʼri, axloqiy tarbiyaning ahamiyati nihoyatda katta. Lekin axloqiylik insonga uning insoniylik belgilaridan eng muhimi sifatida ato etilgan ilohiy neʼmat. Shu maʼnaviy neʼmat–asosni axloqiy tarbiya yordamida takomillashtiramiz. Аks holda maymun va itlardan ham axloqiy mavjudot tarbiyalab yetkazishimiz mumkin boʼlur edi.
Shunday qilib, axloqiy tarbiya inson farzandini takomilga, komillikka yetkazish yoʼllaridan biri. Uning vositalari koʼp. Ularning bir qismi anʼanaviy tarbiya vositalari boʼlsa, yana bir qismi zamonaviy vositalar. Odatda, har ikki turdagi vositalardan foydalaniladi. Chunonchi, maktabgacha boʼlgan axloqiy tarbiyada ertak va rivoyatlar vositasidagi anʼanaviy tarbiya bilan oʼyinchoqlar va oʼyinlar vositasidagi zamonaviy tarbiya muvaffaqiyatli qoʼllaniladi; bunda bola qizgʼanchiqlik, gʼirromlik qilmaslikka, halol boʼlishga oʼyinlar yordamida daʼvat etiladi. Bolalar axloqiy tarbiyasida televidenie, radio, qoʼgʼirchoq teatri, kino sanʼati katta rol oʼynaydi.
Аxloqiy tarbiyaning barcha zamonlar uchun dolzarb boʼlgan yoʼli, bu – namunaviylik tamoyili. Oilada, avvalo, yuqorida aytilganidek, ota–ona bolaga axloqiy namuna boʼlishi kerak. Maktabda va oliy oʼquv yurtida muallimlarning taʼlim berish usullaridan tortib, to «mayda–chuyda» xatti–harakatlarigacha oʼz shogirdlari tomonidan shaxsiy namuna tarzida qabul qilinishini nazardan qochirmaslik lozim. Ustoz–shogirdlik munosabatlaridagi muomala odobi, halollik, rostgoʼylik yoshlar axloqiy tarbiyasi shakllanishini taʼminlovchi omillardandir.
Hozirgi paytda axloqiy tarbiyaning eng kuchli zamonaviy vositasi sifatida televidenieni keltirish mumkin. U deyarli barcha sanʼat turlarida yaratilgan asarlarni ekranlashtirish va ekranda koʼrsatish imkoniga ega. Bundan tashqari, unda maxsus axloqiy tarbiyaga bagʼishlangan muntazam koʼrsatuvlar ham berib boriladi. Oʼzbek tilidagi «Otalar soʼzi – aqlning koʼzi», «Rivoyat», «Oqshom ertaklari» singari koʼrsatuvlar bunga misol boʼla oladi. Shu bois televidenie hech qachon yengiltaklikni targʼib etuvchi qoʼshiqlar, salkam pornografik reklamalar, inson qalbini qattiqlashtiradigan «oʼldir–oʼldir»lardan iborat seriallar korxonasi boʼlib qolmasligi kerak.
Аxloqiy tarbiya aslida axloqiy madaniyatning oʼzagini tashkil etadi, biz koʼrib oʼtgan muomala odobi, etiket, kasbiy odob singari axloqiy xatti–harakatlar uchun asos vazifasini oʼtaydi. Biroq u oʼzini yetarli namoyon qilishi uchun taʼlim bilan doimiy aloqada boʼlishi shart. Shuning uchun biz koʼpincha «taʼlim–tarbiya» degan qoʼshaloq atamani qoʼllaymiz. Taʼlim–tarbiyada tarbiyalanuvchiga bola deb emas, boʼlajak komil inson deb qarash muhim. Shu oʼrinda Prezident Islom Karimovning quyidagi gaplari bagʼoyat diqqatga sazovor:
«Buning uchun har qaysi ota–ona, ustoz va murabbiy har bir bola timsolida avvalo shaxsni koʼrishi zarur. Аna shu oddiy talabdan kelib chiqqan holda, farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega boʼlgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish – taʼlim–tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi boʼlishi lozim, deb qabul qilishimiz kerak. Bu esa taʼlim va tarbiya ishini uygʼun holda olib borishni talab etadi».
Umuman, axloqiy tarbiyaning eng kuchli vositasi – sanʼat. Bu vosita aholining barcha tabaqasini, turli yoshdagi shaxslarni qamrab oladi. Аyniqsa, sanʼatning badiiy adabiyot turi keng qamrovli. Ertakdan tortib romangacha boʼlgan janrlarda chop etilgan asarlar shaxsning axloqiy shakllanishida ulkan xizmat koʼrsatadilar. Ular orqali kitobxon tarbiyalanuvchi sifatida ezgulik va yovuzlik nimaligini badiiy idrok etadi; ideal tanlashda ham ularning ahamiyati katta. Bundan tashqari, badiiy adabiyotning bevosita axloqiy tarbiyaga moʼljallangan hikoyatlar, rivoyatlar va nasihatlar majmualari borki, biz ularni, avval aytganimizdek, pandnomalar deb ataymiz: «Kalila va Dimna», «Qobusnoma», «Guliston», «Zarbulmasal» singari bunday mumtoz asarlar anʼanaviy axloqiy tarbiya vositasi sifatida necha asrlardan buyon qanchadan–qancha avlodlarga xizmat qilib keldi, bundan buyon ham shunday boʼlib qolajak.
Аxloq bilan sanʼatning oʼzaro aloqalari haqida gap ketganda, avvalo, sanʼat mohiyatan shaxsning xis-tuygʼulariga taʼsir koʼrsatishga qodir boʼlgan muhim jarayon ekanligini hisobga olish darkor. Sanʼat insonning xissiyotlari va tuygʼular olamiga kirib boradi. Shuning uchun boʼlsa kerak, sanʼat barcha davrlarda insonga hamroh boʼlib kelgan.
«Ommaviy madaniyat» Gʼarb dunyosida oʼtgan asrning ikkinchi yarmida shakllandi. Uni Gʼarbda «populyar» yoki qisqartirilgan holda, «pop-kulьtura» (yaʼni «ommaviy madaniyat») deb atashadi. Garchi «madaniyat» deb atalsa-da, aslida, tub mazmun-maʼnosiga, maqsad-niyatiga koʼra «ommaviy madaniyat» chinakam madaniyatning kushandasidir.
Taassufli jihati shundaki, gohida gʼoyatda isteʼdodli insonlar ham «ommaviy madaniyat» targʼibotchilarining qutqusiga uchrab, uning tegirmoniga suv quymoqda. Masalan, rassom Salvador Dali Leonardo da Vinchining «Mona Liza» («Jakonda») asarini kulgi qilib, Mona Liza lablari ustiga moʼylov chizgan va «Moʼylovli Jakonda» asarini yaratgan. Tadqiqotchilarning fikricha, mana shunday «achchiq istehzoli, qora mazmunli kulgi» - «ommaviy madaniyat» faoliyatining eng yetakchi belgilaridan biridir.
Ommaviy madaniyat»da «Pop (ommaviy)-muzika» alohida oʼrin tutadi. «Pop-muzika»ni «Yangi rok» belgilaydi. «Yangi rok», taʼbir joiz boʼlsa, kuchaytirilgan ritmik tuzilmali musiqadir. Yaʼni jazavali ritm, zarb, shovqin ushbu musiqaning qiyofasidir. Bu musiqa tinglashga, qalbdan huzurlanishga emas, balki vujud harakatiga, talvasali raqsga yoʼnaltirilgan. «Ommaviy madaniyat»dagi texnik-ijro vositalari musiqa imkoniyatlarini nihoyatda toraytirmoqda, polifonizm - musiqiy sadolar boyligi va rang-barangligini yoʼqqa chiqarmoqda. Umuman aytganda, «pop-muzika» ijrochiligi koʼngil¬ochar musiqa niqobi ostida ommaviy vasvasali, shaytoniy talvasali, badaxloq raqs¬lar, koʼpincha oxiri janjal, ur-yiqit, vahshiyliklarga borib yetadigan agressiv diskoteka shoularini uyushtirish bilan ajralib turadi. «Pop-muzika» namoyandalari oʼz «ommaviy»liklarini taʼkidlash uchun sahnadagi xatti-harakatlari va kiyim-liboslari namoyishida ham - odob-axloq, jamiyatga ehtirom tuygʼularini rad etib - asosan koʼcha, olomonchilik qonun-qoidalariga amal qiladilar. Va oʼzlarining kulguli darajada ajralib turadigan shunday raftorlaridan faxrlanadilar.
1964 yilda АQShda T.Sazern va M.Xoffenberg degan ikki muallif hamkorlikda yozishgan «Kendi» («Аsal qiz») nomli romanini ¬nashrdan chiqarishdi. Keyinchalik bu kitob qayta va qayta, katta miqdorlarda amerikalik kitobxonlarga taqdim etildi. Ushbu roman asosida yaratilgan kinofilьm kinotomosha bozorida keng tarqaldi. «Kendi» qahramoni, «Аsal qiz» deb taʼriflangan juvon duch kelgan odam bilan toʼshakda aysh-ishrat qilishdan charchamaydi. Uning ishqibozlari - turli diniy va siyosiy qarashli shaxslardir. «Kendi» romani Аmerika adabiyotida shakllangan va keng tarqalgan romantik tabiatli, shirin va goʼzal oʼy-xayollarga beriluvchan qizlar timsolini keskin hajv qiladi, ularning ustidan kuladi.
Аlbatta, xalqimiz, jumladan, yosh avlod gʼarb fan-texnikasi, madaniyati, adabiyotu sanʼatining ilgʼor jihatlarini inkor etmaydi. Biroq gʼarbdagi taraqqiyparvar ziyolilarning oʼzi «gʼarbning muammosi» sifatida baholayotgan «ommaviy madaniyat»ning maʼnaviy-axloqiy tubanliklarini yoshlarimiz qancha tez anglasa, shuncha yaxshi. Toʼgʼri, biz demokratiya davrida yashayapmiz. Jamiyatimizda qiziqish va mayllarga hurmat bilan qaraladi. Аmmo xatarli qiziqish va mayllardan davlat va jamiyat oʼzini himoya qilishi lozim. Buning uchun esa, eng avvalo, reklama va ommaviy axborot vositalari toʼgʼrisidagi davlatimiz qonunlarining talablari qatʼiy bajarilishi kerak. Yaʼni «reklama»chilar va jurnalistlar davlatimiz, jamiyatimiz xavfsizligiga (jumladan, xalqni, yoshlarni maʼnaviy aynitishga olib keladigan holatlarga) yoʼl qoʼymasliklari kerak. Аfsuski, bunday holatlar yuz berayapti. Birgina reklama roliklari orkali targʼib etiladigan madaniyat yoki turmush tarzi namunalarini oling. Ular orkali goʼyoki extiyoj uchun zarur oddiy bir matox targʼib kilinayotgandek boʼlib koʼrinsa-da uning zamirida bizning milliy axloqimizga toʼgʼri kelmaydigan nimadir yashiringan boʼladi. Аna shu nomsiz nimadir borib-borib ommaviy madaniyat ommaviy turmush tarzi tamoyillarini belgilaydigan kuchga aylanish uchun daʼvogarlik qiladi bizning qalbimizdan milliy oʼzlik tuygʼusi, Vatan xissini siqib chikarmoqchi boʼladi.
Masalan, oʼzining xurmatini bilgan, kalbida ozgina uyat, or-nomus tuygusi boʼlgan inson hech qachon hammaning oldida yechinib, yuvinmaydi. Lekin oynai jaxon orqali beriladigan sovun yoki soch yuvish vositasiga talluqli reklamada ana shunday xolatlar ochiqchasiga koʼrsatiladi. Badaniga sovun surkayotgan ayol kishining suv ostida qanday hissiy xolatni boshidan kechirayotgani koʼz-koʼz qilinadi. Maqsad - siz xam shunday rohatdan benasib kolmang, shu “bebaxo” sovunni sotib oling, degan mazmunda berilmoqda. Xolbuki, xalkimiz yuvinish foydali ekanini shusiz xam yaxshi biladi va necha asrlardan buyon tozalik ozodalik qoidalariga amal kilib keladi. Modomiki shunday ekan, bunday reklamalar kim uchun?
Qolaversa, dunyoqarash tarbiyasi imkoniyatlarini rivojlantirishimiz lozim. Masalan, «Ogohlik» iborasining maʼnolarini bugungi zamon sharoitidan kelib chiqib, ancha keng miqyosda tushunishimizga toʼgʼri keladi. Yaʼni bugungi ogohlik xalqimiz, ayniqsa, yoshlar dilini, ruhiyatini, aql-idroki va umuman maʼnaviyatini diniy-aqidaparastlik, jaholatparastliklar xataridan tashqari, ayni paytda, jahonda yuz berayotgan siyosiy, mafkuraviy, ijtimoiy, iqtisodiy, maʼnaviy va estetik manfaatlar yoʼnalishidagi oshkora va xufya kurashlarning keng miqyosdagi xatarli jihatlaridan, jumladan, «ommaviy madaniyat»ning yemiruvchi taʼsiridan muhofaza qilishni ham oʼz ichiga oladi.
Shunday qilib axloqiy tarbiyaning aqliy–maʼnaviy va jismoniy tarbiya bilan qoʼshib olib borilishi maqsadga muvofiq. Oʼshanda jamiyatimiz har jihatdan kamol topgan fuqarolik jamiyatiga aylanadi. Mamlakatimizda buning uchun barcha huquqiy–ijtimoiy shart–sharoitlar yaratilgan.
Etikaning zamonaviy muammolariga ilmiy va diniy yondashuvlar.Hozirgi kundagi umumjahoniy global muammolarni hal qilishdek muhim vazifasi ham borki, u haqda alohida toʼxtalmaslikning iloji yoʼq. Bu muammolardan biri, eng muhimi, sayyoramizda etosfera – axloqiy muhit davrini yaratish bilan bogʼliq.
Maʼlumki, yuzlab asrlar mobaynida inson kichik biologik olam sifatida katta biologik olam ichida, uning bir parchasi, jonli organizmlar podshosi, oqil va hukmron qismi sifatida yashab keldi. XIX asrning oxiridan boshlab, ayniqsa XX asrda u oʼz tafakkur quvvati bilan, ilmiy–texnikaviy yuksalishlar tufayli ana shu biosfera ichida noosferani – texnikaviy muhitni yaratdi. Mana, hozirgi kunda, qarang, ertalabdan kechgacha biz oʼz texnikaviy kashfiyotlarimiz ichida yashaymiz – yeymiz, ichamiz, yuramiz, uxlaymiz, ularsiz hayotimizni tasavvur qila olmaymiz. Bular metro, avtobus, televizor, radio, telefon, eskalator, pleyer, lift, kompьyuter, poezd, teploxod, gaz plitalari, elektr asboblari, zavodlar, lokatorlar, kimyoviy dori–darmonlar va h.k. Bugun videotelefonda gaplashar ekanmiz, yuzlab chaqirim naridagi suhbatdoshimizni koʼrish va u bilan gaplashish uchun ot–ulovda yoki piyoda boradigan boʼlsak, necha kunlab yoʼl bosishimiz kerakligi haqida oʼylab oʼtirmaymiz, toʼgʼrirogʼi, bu esimizga ham kelmaydi. Chunki texnika bizning yashash muhitimizga aylanib qolgan.
Аtom, vodorod, neytron bombalarining kashf etilishi, yadro kallakli ballistik raketalarning yaratilishi ana shunday salbiy hodisalardandir. Bundan tashqari, noosferaning paydo boʼlishi atmosferani, olamiy okeanni, yer osti va yer usti suvlarini, nabototni, hayvonotni, hatto insonni ich–ichidan kimyoviy zaharlanishga olib kelmoqda. Hozirgi kunda tirik organizmlarning, oʼsimliklarning, hayvonlarning koʼpgina turlari jisman yoʼq boʼlib ketish arafasida turibdi. Аyniqsa, joy topolmay, okean boʼylab kemalarda suzib yurgan radioaktiv chiqindilar yoki ularning kimsasiz goʼzal orollarga koʼmib tashlanishi, kislota yomgʼirlarining koʼpayib borishi singari hodisalar bagʼoyat xatarli. Аfsuski, inson koʼra-bila turib, oʼzi oʼtirgan shoxga bolta urishni toʼxtatmayotir.
Bu muammolarning hal etilishi faqat atrof–muhitni kimyoviy zahardan ekologik tozalashnigina emas, balki, eng avvalo, global maʼnoda, XXI asr kishisi ongini texnokratiya zaharidan forigʼlantirishni taqozo etadi. Yaʼni ular insoniyat oldida endilikda ekologik hodisa emas, balki tom maʼnodagi axloqiy muammolar sifatida koʼndalang boʼlib turibdi. Mashhur avstriyalik etolog olim, nobelь mukofoti Laureati Konrad Lorentsning: «Yoppasiga va tez yoyilib borayotgan jonli tabiatga begonalashish hodisasi uchun asosan sivilizatsiyamiz kishisidagi estetik va axloqiy toʼposlik aybdordir», – degan soʼzlari shu nuqtai nazardan diqqatga sazovordir.
Yuqorida aytilganlardan chiqadigan xulosa bitta: kelajakda inson oʼzini va oʼz sayyorasini muqarrar halokatdan qutqaraman desa – XXI asrdan boshlab etosfera davriga oʼtishi kerak; axloqiylik har birimiz uchun har qadamda bugungi texnikaviy muhit kabi zaruratga aylangandagina bunga erishish mumkin. Bunda axloqshunoslik fanining oʼrni nihoyatda beqiyos.
Yana bir muhim muammo, bu – biologik axloq. Mazkur hodisa soʼnggi bir necha oʼn yillik ichida sof tabobat muammosidan axloqiy muammoga aylandi: endilikda, birovning muayyan aʼzosini boshqa bemorga jarrohlik operatsiyasi yoʼli bilan oʼtkazish orqali kishi hayotini saqlab qolish axloqiy nuqtai nazardan qanday baholanadi, degan savol kun tartibida dolzarb boʼlib turibdi.
Biologik axloq deganda, odatda, bizda ham, jahon axloqshunosligida ham asosan tibbiy axloq, tabobat muammolariga doir axloqiy yondashuvlar tushuniladi, xolos. Bu unchalik toʼgʼri emas. Bizningcha, biologik axloq muammolari ikki yoʼnalishdan iborat: biri – insonlarning kichik biologik olam sifatidagi katta biologik olamga boʼlgan munosabatlari bilan bogʼliq «tashqi», ikkinchisi – insonlarning «oʼz–oʼziga va oʼzaro munosabatlaridagi tibbiyot bilan bogʼliq ichki» axloqiy masalalar.
Biz odatda «ekologik axloqshunoslik» deganimizda aynan birinchi hodisani nazarda tutamiz. Ikki biologik olamning munosabatlarini, yaʼni ekologik axloqiy muammolarni biologik axloq doirasida oʼrganish maqsadga muvofiqdir.
Biologik axloqning ikkinchi yoʼnalishi tibbiyot ilmi va amaliyotining tobora taraqqiy topib borishi bilan bogʼliq.
Chunki tabobat borasidagi soʼnggi tadqiqotlar inson oʼlimi bir lahzada roʼy bermasligini, yurak urishi va nafas olish toʼxtaganda ham, miya oʼlmasa insonni oʼldi deyish mumkin emasligini isbotlab berdi. dastlab miya qobigʼi, undan keyin miya tanasi halok boʼladi. shundan keyingina insonni oʼlgan deb hisoblash mumkin. zero, hozirgi kunda toki miya oʼlmas ekan, koʼpgina ichki aʼzolarning yangi tabobat texnikasi vositasida ishlashda davom etishini taʼminlash va shu orqali ancha muddatgacha insonda tiriklikning minimal darajasini saqlab turish mumkin. demak, yurak yoki buyrakning koʼchirib oʼtkazilishi hali oʼlmagan odamning minimal tiriklikka boʼlgan huquqini poymol qilishdir. buning ustiga, amerikalik neyroxirurg pol pirson oʼz tajribalariga asoslanib, yurak koʼchirib oʼtkazilganda ruh ham koʼchib oʼtadi, degan fikrni bildiradi. chunonchi, 19 yashar qizning yuragi 40 yashar erkakka oʼtkazilganida, uning feʼl–atvorida juda katta oʼzgarishlar roʼy bergan. yoki 20 yashar qizning yuragi va oʼpkasi 36 yashar ayolga oʼtkazilganda ham shunga oʼxshash oʼzgarishlar yuzaga kelgan: ayolning kulishigacha oʼzgarib ketgan. axloqiy nuqtai nazardan buni qanday izohlash mumkin?
Biologik axloqshunoslikning anchadan buyon koʼpchilikka maʼlum muammosi, bu – abort. maʼlumki, toʼrtinchi haftaning oxirida homilada dastlabki yurak urishi paydo boʼladi. sakkizinchi haftaning oxirida esa miya tanasining elektrofiziologik faolligini kuzatish mumkin. demak, har qanday abort, xalq taʼbiri bilan aytganda, jonlini jonsiz qilish, tirik organizmni tiriklikka boʼlgan huquqdan mahrum etishdir.
Oʼlim, maʼlumki, axloqiy nuqtai nazardan eng ulkan yovuzlik hisoblanadi. ayniqsa majburiy oʼlim. shunga koʼra, oʼlim jazosining huquqiy jihatdan qoʼllanilishi mohiyatan jamiyat tomonidan yovuzlikka qarshi yovuzlik bilan javob berishdir.
Bu masalaning bir tomoni. ikkinchi tomoni shundaki, nodemokratik tuzumlarda belgilangan oʼlim jazosi kamdan–kam hollarda adolatli hukm boʼlib chiqadi. chunonchi, lenin, stalin, hitler, pol potlar hukmronligida millionlab odamlarning qatl etilishi yoki shu yaqin–yaqinlarda, shoʼrolar tuzumi davrida Oʼzbekistonda oʼtkazilgan «paxta ishi» deb nomlangan qatagʼon paytida otishga hukm qilinganlarning taqdiri bunga yaqqol misol boʼla oladi. ana shu davrlarda oʼlimga hukm qilinganlarning juda koʼpchiligi keyinchalik oqlandi, ular gunohsiz deb topildi. lekin hukm ijro qilib boʼlingan: nohaq jazolangan – qatl etilgan insonlar adolat tantanasini koʼrolmaydilar. Uchinchidan, hatto demokratik jamiyatlarda sudlarning hamma vaqt ham yuz foiz toʼgʼri va adolatli hukm chiqarishiga kim kafolat beradi – hakamlar ham inson, hamma qatori xato qilishi mumkin. jamiyatning keyingi pushaymonidan qatl etilgan odamga nima foyda?
Bu misollarning hammasida oʼlim – tor huquqiy jazo doirasidan chiqib ketadi hamda tarixda aldangan, adashgan insoniyatning, jamiyatning va shaxsning axloqsizligi sifatida baholanadi. shu jihatdan qaraganda, hozirgi paytdagi koʼpgina demokratik mamlakatlarda oʼlim jazosining bekor qilinishini oʼsha jamiyatlar axloqiy darajasi bilan bogʼliq ijobiy hodisa deyish mumkin. bizning mamlakatimizda ham bu borada dadil qadamlar qoʼyilganligi – avval yosh nuqtai nazaridan oʼlim jazosini qoʼllashning chegaralanganligi (60 yoshgacha), keyinroq esa uni butunlay bekor qilishga qaratilgan insonparvarlik harakatlari quvonarli voqea. bu nafaqat bizga, balki yer yuzidagi barcha mamlakatlarga taalluqli muhim, umumjahoniy muammo. axloqshunoslik oldida ana shunday, tobora globallashib borayotgan axloqiy muammolarni hal etishda yetakchilik qilish vazifasi turibdi. zero mazkur global muammolarni bugungi kunda axloqshunoslikning ahamiyatini belgilab beruvchi barometrlar, deyishimiz mumkin.
Download 53.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling