8-mavzu. Gidrostatik sath o‘lchash vositalari. Reja Difmanometrik sath o‘lchagich


Download 0.68 Mb.
bet2/2
Sana16.06.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1488778
1   2
Bog'liq
8-maruza

2. Pezometrik sath o‘lchagich.
Pezometrik sath o‘lchagichning prinsipial sxemasi 26.3-rasmda keltirilgan. Bu asboblar zichligi o‘zgarmas suyuqlik ustunining bosimini o‘lchashga mo‘ljallangan. Suyuqlik ustunining bosimi uning balandligiga mutanosib ravishda o‘zgaradi. Pezometrik sath o‘lchagichlar turli xil: agressiv, agressiv bo‘lmagan va qovushqoqligi katta bœlgan suyuqliklarni ochiq yoki berk idishlardagi suyuqliklar sathini o‘lchashda qo‘llaniladi. Suyuqlik solingan idishga pezometrik naycha 1 tushiriladi va uning ustki tomoni manometr 4 bilan parallel qilib havo yoki inert gazi manbaiga ulanadi. Unda havoning sarfi drossel 3 bilan cheklanib, rotametr 2 yordamida nazorat qilib turiladi.
Idishdagi suyuqlik sathining berilgan Н balandligida pezometrik naychadan suyuqlik orqali chiqadigan havo pufakchalarining har sekundda bittadan chiqishi ta’minlangan bo‘lishi kerak.
Suyuqlik sathi ortsa, naychadagi bosim ortadi, undan chiqadigan pufakchalar soni kamayadi, suyuqlik sathi kamaysa, naychadan chiqadigan pufakchalar soni ortadi. Bosimning bunday o‘zgarishini manometr 4 o‘lchaydi, manometr shkalasi suyuqlik sathiga muvofiq darajalangan bo‘ladi.
Suyuqlik sath tizimda barqarorlangan bosim bo‘yicha topiladi:
P-Px=H∙ρ∙g, (26.8)
bu yerda,H
,
bu yerda, Рх — idishda suyuqliklar ustidagi bosim, Р — Рх bosim manometr 4 bilan topiladi.
Suyuqlik sathni o‘lchashda ma’lum sharoitlarda statik elektr toki paydo bo‘lishi mumkin. Shuning uchun tez alangalanuvchi va portlash xavfi bor suyuqliklarni nazorat qilishda inert gaz sifatida karbonat angidrid, azot, tutunli gazlar yoki maxsus pezometrik sath o‘lchagichlar ishlatiladi.
Shu turdagi sath o‘lchagichlar yer osti idishlarida, yonilg‘i ballast va boshqa sisternalarda, agressiv suyuqliklar va qator boshqa hollarda sathni o‘lchash uchun keng qo‘llaniladi. Bunday asboblar suyuqlikning doimiy zichligida ±1,5% aniqlik bilan o‘lchaydi.
NAZORAT SAVOLLARI
1. Ochiq idishda suyuqlik sathini difmanometr bilan o‘lchash sxemasi.
2. Bosim ostida (berk idishda) suyuqlik sathini difmanometr bilan o‘lchash sxemasi.
3.Pyezometrik sath o‘lchagichning prinsipial sxemasi.
Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling