8-Mavzu. Global jarayonlar va barqaror taraqqiyot Reja


Download 415.27 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/25
Sana20.12.2022
Hajmi415.27 Kb.
#1034546
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25
Globallik mezonlari. Fan va falsafada global muammolarni yanada aniqroq
tavsiflash uchun yuqorida zikr etilgan «geografik» mezondan tashqari bu
muammolarni boshqa tomondan – ularning sifati, va muhim xususiyatlari nuqtai 
nazaridan tavsiflovchi qo‘shimcha mezonlar qo‘llaniladi. 
Birinchidan, global muammolar o‘z mohiyatiga ko‘ra nafaqat ayrim kishilarning 
manfaatlariga, balki butun insoniyat taqdiriga daxldordir. 
Ikkinchidan, ularni bartaraf etish uchun butun sayyora aholisi hech bo‘lmasa
aksariyat qismining kuch-g‘ayratini birlashtirish va ular bahamjihat, izchil ish 
ko‘rishi talab etiladi. 


Uchinchidan, bu muammolar dunyo rivojlanishining ob’ektiv omili hisoblanadi va
biron-bir mamlakat ularni e’tiborga olmasligi mumkin emas. 
To‘rtinchidan, global muammolarning echilmagani kelajakda butun insoniyat va 
uning yashash muhiti uchun jiddiy, balki tuzatib bo‘lmaydigan oqibatlarga olib kelishi 
mumkin. 
Qayd etilgan mezonlardan tashqari ba’zan global muammolarning boshqa bir
qator xususiyatlari ham ko‘rsatiladi. Xususiy, mahalliy va mintaqaviy muammolardan
farqli o‘laroq, global muammolar nisbatan turg‘unroqdir. Ular globallikning
yuqorida sanab o‘tilgan barcha mezonlariga mos kelishdan oldin zimdan va uzoq
shakllanadi, echilishiga qarab esa (nazariy jihatdan) quyiroq darajaga tushib, dunyo
miqyosida o‘z ahamiyatini yo‘qotishi mumkin. Ammo tendensiyalarni teskari
yo‘nalishda o‘zgartirish kamida butun jahon hamjamiyatining izchil harakatlarini 
talab etuvchi o‘ta og‘ir ish bo‘lib, hali bunga erishilganicha yo‘q. Global 
muammolar mavjudligining nisbatan qisqa tarixiga nafaqat ularning quyiroq
darajaga tushishi, balki susayish hollari ham ma’lum emasligining sababi ana 
shundadir. 
Global muammolarning boshqa bir muhim xususiyati – ularning barchasi bir-
biriga shu darajada bog‘liqki, ulardan birini echish hech bo‘lmasa unga boshqa
muammolarning ta’sirini hisobga olishni nazarda tutadi. 

Download 415.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling