Gullarning bir vaqtda gullashi atmosferada shunchalik ko‘p chang hosil qiladiki natijada ko‘pchilik odamlarda nafas yo‘llari allergiyasi kasalini keltirib chiqaradi.
O‘simliklarni chetdan changlanishida dixogamiya va geterostiliya muhim rol o‘ynaydi.
Dixogamiya - bu bita gulda changchi va urug‘chilarning bir vaqtda yetilmasligidir. Кo‘pchilik sharoitlarda changchi oldin yetiladi. Bunday holatni labguldoshlarda, butguldoshlarda, ituzumdoshlarda kuzatish mumkin.Geterostiliya - bir turga kiruvchi o‘simlikning har xil uzunlikdagi changchi va urug‘chilarni hosil qilishiga aytiladi. Masalan: grechixa, xina daraxtida. Changning unish qobiliyatini saqlashi turli o‘simliklarda turlichadir. Masalan: Shoyigulning changchisi 60-65 kun, optimal sharoitda saqlansa 140 kundan keyin ham una oladi.
Lola, pion changchi 65 - 150 kun, smorodinada 35 - 117, olma, nokda 70 - 210, olchada 30 - 100, olxo‘rida 180-220, kungaboqar 100 kun palma changchi 10 yil hayotini saqlay oladi. G‘allaguldoshlar oilasi vakillari 2 kun, makkajo‘xorida 1 - 2 kun, grechixada 7-10 kun, chang donachasini hayot kechirishi aniqlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |