8-Mavzu: Hamkorlikda o‘qitish texnologiyasi. Reja: Hamkorlikda o‘qitish texnologiyasi tushunchasi


Individual yondashuvning yangi talqini


Download 45.95 Kb.
bet3/9
Sana23.03.2023
Hajmi45.95 Kb.
#1289059
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
8-mavzu

Individual yondashuvning yangi talqini:
- o‘rta o‘qiydigan talabalarga yo‘naltirishni bekor qilish;
- shaxsning eng yaxshi sifatlarini izlash;
- shaxsni psixologik-pedagogik tashxis etish(qiziqiщlari, qobiliyati, yo‘nalganlik, Men-konsepsiyasi, xarakteri, fikrlash jarayonlarining o‘ziga xosligi)ning qo‘llanilishi;
- o‘quv-tarbiya jarayonida shaxsning o‘ziga xosliklarini hisobga olish;
- shaxs rivojini bashorat qilish (prognozlash);
- rivojlanishni, uni korreksiyalashning individual dasturlarini loyihalash.
Didaktik faollashtiruvchi va rivojlantiruvchi majmua:
ta’lim mazmuni shaxs rivojlanishining mazmuni sifatida qaraladi;
bilim, ko‘nikma va malakalarni hosil qilish va umumlashgan fikrlashga o‘rgatish;
maktab fanlarini integratsiyalash, umumlashtirishga o‘tilishi; ➢ ta’limning variativligi va tabaqalashganligi;
o‘rgatishning ijobiy rag‘batlaridan foydalaniladi.
Tarbiya konsepsiyasi:
Bilimlar maktabini Tarbiya maktabiga almashtirish;
barcha tarbiyaviy tizimlar markazida talaba shaxsini qo‘yish;
tarbiyaga insonparvar yondashuv, umuminsoniy qadriyatlarni shakl-lantirish;
bolaning ijodiy qobiliyatlarini, uning individualligini ri-vojlantirish;
milliy va madaniy an’analarni tiklash; ➢ individual va jamoaviy tarbiyani hisobga olish.
Atrof-muhitni pedagogizatsiyalash
Oila, maktab va ijtimoiy muhit o‘sib kelayotgan avlodni shakllantiruvchi muhim ijtimoiy institutlar sifatida aks etadi. Natijalar barcha uchta tarbiya manbalarining birgalikdagi harakatida aniqlanadi. Bundan bolalarni himoya qiluvchi ijtimoiy va davlat instititutlariga ta’sir etuvchi ota-onalar bilan hamkorlik, omilkor boshqarish g‘oyasi kelib chiqadi.
Birgalikdagi samarali faoliyat konsepsiyasi
O‘qituvchining talabalar bilan hamda talabalarning talabalar bilan birgalikdagi samarali faoliyati konsepsiyasini professor V.Ya. Lyaudis ishlab chiqqan.
Bu o‘quv vaziyati bir-biri bilan bog‘liq to‘rt qismdan iborat: ➢ o‘quv predmetining mazmuni;
sharoit;
o‘zaro harakatdagi o‘quv tizimi;
barcha qismlarning o‘zaro aloqa dinamikasi.

Download 45.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling