8-mavzu. Hujjat turlari va xususiyatlari: majlis bayoni, dalolatnoma, shartnoma. Yozilish uslubi, o‘ziga xos xususiyatlari. Reja
Download 33.27 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- SO`ZGA CHIQDI
- QAROR QILINDI
MAJLIS BAYONI
QATNASHDILAR: 27 kasaba uyushmasi a’zosidan 26 kishi. Bir kishi betobligi tufayli yig`ilishda ishtirok etmadi. K U N T A R T I B I: 1. Guruh kasaba uyushmasi byurosi raisining 2018-2019-o`quv yilida guruhda amalga oshirilgan ishlar yuzasida hisoboti, byuroning yangi o`quv yili uchun ish rejasini tasdiqlash hamda byuroning yangi tarkibini saylash.. Ma’ruzachi – Dorf T.V. 2. Guruh a’zolarining tartib-intizomi haqida. Ma’ruzachi - guruh “Guruh murabbiyi” Urcheva L.A. 3. Har xil masalalar. ESHITILDI: guruh kasaba uyushmasi byurosining raisi T.V.Dorf yig`ilish kun tartibidagi birinchi masala bo`yicha hisobot berdi. U guruh kasaba uyushmasi byurosi tomonidan o`tgan o`quv yilida guruhda amalgam oshirilgan ishlarga batafsl to`xtaldi(byuro raisi T.V.Dorfning yozma hisoboti majlis bayoniga ilova qilinadi). U so`zining oxirida yig`ilish ishtirokchilarini guruh kasaba uyushmasi byurosining yangi o`quv yili uchun mo`ljallangan ish rejasi bilan tanishtirdi. Shundan so`ng yig`ilish ishtirokchilari guruh kasaba uyushmasi byurosining o`tgan o`quv yili davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan byuro raisi T.V.Dorfning hisobotini hamda byuroning yangi o`quv yili uchun mo`ljallangan ish rejsini muhokama qilishdi. SO`ZGA CHIQDI: Guruh talabalari S.Jitkiyevich, Y.Shegay, V.Shkayevalar mazkur masala yuzasidan so`zga chiqishdi va hisobot haqida, byuro a’zolarining ishlari haqida o`z fikr-mulohazalarini bildirishib, byuro raisi hamda byuro a’zolarini o`tgan o`quv yilida yaxshi faoliyat ko`rsatganliklarini inobatga olib, ularni qayta saylash taklifini bildirishdi. Yig`ilish ishtirokchilari ular kiritgan takliflar hamda ish rejasi bo`yich bildirgan qo`shimchalarni bir ovozdan ma’qullashdi. QAROR QILINDI: 1. Guruh kasaba uyushmasi byurosining raisi T.V.Dorfning byuro tomonidan 2018-2019-o`quv yilida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti ma’lumot uchun qabul qilinsin(yozma hisobot majlis bayoniga ilova qilinadi). 2. Guruh kasaba uyushmasi byurosining raisi T.V.Dorf va u boshchiligidagi byuro a’zolari A.Jukova, H.Doroshenko, T.Korinalarning o`tgan o`quv yilida yaxshi ishlaganliklari ta’kidlansin hamda ular keyingi muddatga saylangan deb hisoblansin. 3. Guruh kasaba uyushmasi byurosining 2018-2019-o`quv yili uchun mo`ljallangan ish rejasi kiritilgan takliflar inobatga olingan holda tasdiqlansin (ish reja majlis bayoniga ilova qilinadi). Download 33.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling