8-mavzu. Hujjat turlari va xususiyatlari: majlis bayoni, dalolatnoma, shartnoma. Yozilish uslubi, o‘ziga xos xususiyatlari. Reja
Download 33.27 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- SO`ZGA CHIQDI
- QAROR QILINDI
- Dorf T.V.
ESHITILDI: yig`ilish kun tartibidagi navbatdagi masala bo`yicha guruh sardori Urcheva L.A. axborot berdi. U o`z so`zida guruhda tartib-intizomning bir oz bo`shashganligini, chunonchi o`tgan haftadagi ma’naviyat soatiga ayrim talabalarning faol qatnashmaganligini tanqid qilib o`tdi.Shuningdek, talabalardan O.Karatsuba, N.Beresheva, T.Manukyanlar Universitet xiyobonida o`tkazilayotgan shanbaliklarga ham chiqishmaganini aytib o`tdi. U guruh talabalarini o`qishda ham, jamoat ishlarida ham, tartib-intizomda ham faol bo`lishga chaqirdi.
SO`ZGA CHIQDI: guruh talabalaridan I.Chachiyeva, V.Yun, L.Reyxert, I.Konyevalar so`zga chiqishib, ikkinchi masala bo`yicha axborot bergan guruh “Kamolot” YIH yetakchisi L.A.Urchevaning fikrlarini qo`llab-quvvatladilar hamda guruhda tartib-intizomni mustahkamlash yuzasidan o`zlarining takliflari va mulohazalarini bildirdilar. QAROR QILINDI: 1. Guruhda yangi o`quv yili boshidanoq tartib-intizomning bo`shashganligi qayd etilsin va tartib-intizomni buzuvchilar ustidan doimiy nazorat o`rnatish, amaliy mashg`ulotlar, seminarlardan ulgurmayotgan talabalarga ko`maklashish guruh kasaba uyushmasi byurosining yangi tarkibi a’zolariga yuklatilsin. ESHITILDI: yig`ilish kun tartibidagi har xil masalalar bo`yicha guruh oqsoqoli B.Sayfulov so`z olib, dars jadvalidagi o`zgarishlar, obuna hamda dekanat tomonidan berilgan har xil topshiriqlarni talabalarga yetkazdi. Shu bilan guruh kasaba uyushmasi a’zolari yig`ilishi o`z ishini tugatdi. Yigilish raisi: Dorf T.V. Yig`ilish kotibi: Hatamova L.Ch. SHARTNOMA Bu hujjat ikki yoki undan ortiq fuqarolarning, yuridik shaxslarning huquqiy munosabatlari, majburiyatlari va boshqalarni belgilash, o`zgartirish yoki to`xtatishni nazarda tutadi. Shartnomalar davlatlararo, korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, xususiy korxonalar va hatto fuqarolar o`rtasida ham tuzilishi mumkin. Mahsulotlar yetishtirish, ularni xarid qilish, qayta ishlash, mulkiy javobgarlik, binolar qurish, turar joy ijarasi, uy-joy, dala hovli, transport vositalarining oldi-sotdisi, mol-mulkni hadya qilish, almashtirish, ijaraga olish, qarz berish va hokazolar haqida korxona bilan korxona, fuqarolar o`rtasida shartnomalar tuzilishi mumkin. Shartnomalar o`z mazmuni va mohiyatiga ko`ra amaldagi qonunlarga to`la mos bo`lishi shart. Shartnomalar tomonlar imzolaganlaridan so`ng yoki notarial idora tomonidan tasdiqlangan paytdan boshlab qonuniy kuchga kiradi. Hozirgi paytda qo`llanishda bo`lgan shartnomalar mazmun va shakl jihatdan turli-tumandir. Shartnomalarning ayrim turlari avvaldan tayyor, bir xil mazmundagi andoza asosida tuzilsa, ayrimlari esa unda belgilanayotgan vazifa va majburiyatlarning turli-tumanligiga qarab har safar ish jarayonida yangicha mazmun va shakldagi matn asosida tayyorlanadi. Turmushda ko`p qo`llanishda bo`lishini hisobga olib talabalar o`rganishlari uchun korxona va fuqaro o`rtasida tuziladigan mehnat shartnomasi (bitimi)ning zaruriy qismlariga to`xtalamiz. Ular quyidagilar: - hujjat nomi - mehnat bitimi; - hujjat tuzilgan sana va joyi; - bitimni tuzayotgan korxona nomi, rahbarining lavozimi, familiyasi, ismi, fuqaroning ish joyi, lavozimi, familiyasi, ismi; - matn (ijrochi va buyurtmachining majburiyatlari); - ishning bajarilish muddati, to`lanadigan haq, to`lanish muddati va tartibi; - ish sifatiga qo`yiladigan talablar, uni qabul qilib olish tartibi; - tomonlarning manzillari, ijrochi va buyurtmachi imzolari, familiyalari, ismlari va muhr; - ilovalar ro`yxati. Download 33.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling