8-mavzu. Hujjat turlari va xususiyatlari: majlis bayoni, dalolatnoma, shartnoma. Yozilish uslubi, o‘ziga xos xususiyatlari. Reja
NAMUNA O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lm vazirligi
Download 33.27 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asos: universitet bo`yicha 2018-yil 20-mayda “Universitet arxivining holati va faoliyatini o`rganish haqida” chiqarilgan 07-F raqamli farmoyish.
- UZOQOV A.M.
NAMUNA
O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lm vazirligi Samarqand davlat universiteti Universitet arxivi holati va faoliyatini o`rganish haqida DALOLATNOMA 2018-yil 28-may. Samarqand shahri. Asos: universitet bo`yicha 2018-yil 20-mayda “Universitet arxivining holati va faoliyatini o`rganish haqida” chiqarilgan 07-F raqamli farmoyish. Farmoyishga binoan universitet monitoring va ichki inspeksiyasi boshlig`i A.M.Uzoqov raisligida hamda huquqshunos-maslahatchi F.B.Valixo`jayeva, ma’naviyat va ma’rifat bo`limi bishlig`i X.To`xtayev, maxsus bo`lim boshlig`i A.A.Toshpo`latov, devonxona mudiri vazifasini bajaruvchi M.Boltayevlar a’zoligida komissiya tuzildi. Komissiya shu yil 21-maydan 28-maygacha bo`lgan muddat davomida universitet arxivi holati hamda ish faoliyatini o`rganib chiqib, quyidagilarni aniqladi: 1. Universitet arxivi uchun yangi qurilgan to`qqiz qavatli binoning to`qqizinchi qavatidan bir qancha xonalardan ibirat joy ajratilgan, hujjatlar saqlanishi uchun metali tokchalar o`rnatilgan, hujjatlarning xavfsizligi ta’minlangan. 2. Devonxonaning arxiv bo`limi uchun 1 mudira, 3 arxivarius, 1 EHM operatori shtat birliklari belgilangan. Avval mudir, keyinchalik arxivarius lavozimlarida ishlab kelgan Z.Rahmonova o`z vazifasiga sovuqqonlik bilan qaragan va oqibatda bir qancha hujjatlar yaroqsiz holga kelib qolgan yoki yo`qolgan. 3. Universitet arxivining avvalgi – harbiy kafedra bilan birga joylashgan binoning ikkinchi qavatida isitish tizimida yuz bergan nosozlik tufayli bir necha bog`lam hujjatlar zangli iflos suvda qolib ketgan va natijada 1969-, 1970-, 1975-, 1977-, 1978-, 1979-, 1980-, 1982-, 1987-yillarga tegishli hujjatlar suvda bo`kib, yaroqsiz holga kelib qolgan.(Bu hujjatlarning to`liq ro`yxati dalolatnomaga ilova qilinadi) 4. Universitetning turli yillardagi faoliyati bilan bog`liq 204 nusxadagi hujjat, shaxsiy tarkibga oid 1796 hujjat turli sabablarga ko`ra yaroqsiz holga kelib qolganligi yoki yo`qolganligi tufayli hisobdan choqarilishi lozim. (Bu hujjatlar ro`yxati va arxiv xodimlarining yaroqsiz hujjatlarni hisobdan chiqarish to`g`risidagi bildirishnomasi dalolatnomaga ilova qilinadi) 5. Sobiq pedagogika institutining turli yillarga oid faoliyati bilan bog`liq 21 nisxadagi hujjat, shaxsiy tarkibga doir 305 hujjatning yaroqsiz holga kelib qolganligi yoki yo`qolganligi tufayli ularni hisobdan chiqarish lozim. (Bu hujjatlar ro`yxati va arxiv xodimlarining yaroqsiz hujjatlarni hisobdan chiqarish to`g`risidagi bildirishnomasi dalolatnomaga ilova qilinadi) 6. Komissiya universitet arxivi yangi va uning xizmatidan foydalanuvchilar uchun qulay joyga ko`chirilib, hujjatlar saqlash uchun barcha shart-sharoitlar va imkoniyatlar yaratilganligini tasdiqlaydi. 7. Dalolatnoma ikki nusxada tuzildi, unga 8 betlik hujjatlar ro`yxati va ikki betdan iborat bildirishnoma ilova qilindi. Komissiya raisi: imzo UZOQOV A.M. Komissiya a’zolari: imzo VALIXO`JAYEVA F.B. imzo TO`XTAYEV X. imzo TOSHPO`LATOV A.A. imzo BOLTAYEV M. TOPSHIRIQLAR Mavzuga doir namunadan foydalanib, xizmat ko`rsatishga doir shartnoma namunalarini tayyorlang. Mavzuga doir berilgan namunadan foydalanib bir necha dalolatnoma nusxalarini tuzing. Mavzu va ilova qilingan majlis bayoni namunasidan foydalanib guruhingizda o`tkazilgan yig`ilish majlis bayoni matnini tuzing. Mavzu bo`yicha bir necha ma’lumotnoma namunalarini tuzing. Mavzu bo`yicha adabiyotlarni qiyosiy o‘rganish kerak. Mavzu yuzasidan testlarni ishlang. Download 33.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling