8-mavzu. Ijtimoiy sohada davlat siyosatining takomillashib borishi. Aholi farovonligini oshirish tadbirlari


  Nodavlat  notijorat  tashkilotlarining  ijtimoiy  himoya  va  manzilli


Download 266.06 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana08.01.2022
Hajmi266.06 Kb.
#238186
1   2   3   4   5
Bog'liq
8 - aholi farovonligini oshirish

3. 

Nodavlat  notijorat  tashkilotlarining  ijtimoiy  himoya  va  manzilli 

ijtimoiy yordamni amalga oshirishdagi ishtiroki. 

2016  yilda  Sh.M.Mirziyoyevning  mamlakat  Prezidenti  etib  saylanishi, 

Prezident  to¬monidan  «xalq  davlat  organlariga  emas,  balki  davlat  organlari 

xalqimizga  xizmat  qilishi  kerak»  printsipini  e'lon  kilinishi,  davlat  boshqaruvi  va 

xizmatini fuqaro¬lik jamiyati talablariga mos holga keltirish uchun “O'zbekistonda 

ma'muriy  islohotlar  kontseptsiyasi”ni  qabul  qilinishi  O'zbekistonda  fuqarolik 

jamiyati qurishning yangi bosqichini boshlab berdi. So'nggi uch yil ichida NNTlar 

soni sezilarli o'sgan. 2017 yil 8 700 ta, 2018 yilda 9 235 ta, 2019 yilning 1 aprelь 

xolatiga 9964 NNT faoliyat ko'rsatmoqda . 2019 yil 1 oktyabrь holatiga esa 10462 

ta NNT ro'yxatdan o'tkazilgan.  

2017  yilda  “Nuroniy”  jamg'armasi,  Yoshlar  ittifoqi,  O'zbekiston  fermer, 

dehqon xo'jaliklari va to¬morqa yer egalari kengashi, Savdo-sanoat palatasi, o'zini 

o'zi  boshqarish  organlari  faoli¬yatini  muvofikdashtirish  bo'yicha  Respublika 

Kengashi kabi nodavlat notijorat tashki¬lotlari faoliyatini takomillashtirish, ularni 

qo'llab-quvvatlashga  qaratilgan  alohida  farmon  va  qarorlar  qabul  qilinishi  ham 

NNTlarning huquqiy asoslari yanada mustahkamlanganidan dalolat beradi. 




 

Mamlakatimizda OAV samaradorligi va mustaqilligini, islohotlarning ochiq-

oshkoraligini  ta'minlash,  kuchli  fuqarolik  jamiyatini  shakllantirish  borasida  keng 

ko'lamli  ishlar  izchil  amalga  oshirilayotgani  hamda  bu  ijtimoiy-siyosiy  hayotni 

demokratlashtirishga ijobiy ta'sir ko'rsatdi. Bunga mustaqil OAVni tashkil etish va 

ularning  faoliyat  ko'rsatishi  uchun  shart-sharoit  yaratish,  jamoatchilik  nazoratini 

amalga  oshirishda  ularning  ishtirokini  kengaytirishga  qaratilgan  tizimli  hamda 

bosqichma-bosqich  ishlar  ham  yordam  bermoqda.  Bu  borada  “Ommaviy  axborot 

vositalari  to'g'risida”,  “Jurnalistlik  faoliyatni  himoya  qilish  to'g'risida”,  “Axborot 

olish  kafolatlari  va  erkinligi  to'g'risida”,  “Axborot  erkinligi  printsiplari  va 

kafolatlari to'g'risida”gi qonunlar qabul qilindi. Davlatimiz rahbarining 2011 yil 30 

dekabrda  qabul  qilingan  “Ommaviy  axborot  vositalarini  yanada  rivojlantirish 

uchun qo'shimcha soliq imtiyozlari va afzalliklar berish to'g'risida”gi qarori sohani 

yanada rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. 

O'zbekiston  Jurnalistlari  ijodiy  uyushmasi,  o'z  tarkibida  yuzdan  ortiq 

elektron  ommaviy  axborot  vositasini  birlashtirgan  Nodavlat  elektron  ommaviy 

axborot  vositalari  milliy  assotsiatsiyasi,  O'zbekiston  mustaqil  bosma  ommaviy 

axborot  vositalari  va  axborot  agentliklarini  qo'llab-quvvatlash  va  rivojlantirish 

jamoat  fondi  jurnalistlar,  nodavlat  OAV,  jumladan  elektron  media-tuzilmalarni 

tizimli  asosda  qo'llab-quvvatlamoqda.  2009-2012  yillarda  Nodavlat  notijorat 

tashkilotlarini  va  fuqarolik  jamiyatining  boshqa  institutlarini  qo'llab-quvvatlash 

jamoat  fondi  tomonidan  o'tkazilayotgan  grant  tanlovlarida  ishtirok  etayotgan 

OAVlar  soni  to'rt  barobarga  ko'paydi.  Bu  davrda  OAVni  rivojlantirish  va 

faoliyatini  qo'llab-quvvatlash  uchun  ajratilgan  grant  mablag'lari  hajmi  ham  25 

baravardan oshdi.  

O'zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2019  yil  4  oktyabrdagi  qaroriga 

ko'ra  O'zbekiston  Respublikasining  Yagona  interaktiv  davlat  xizmatlari  portalida 

jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtiriladigan normativ-huquqiy hujjatlarning 

loyihalarini jamoatchilik tomonidan muhokama qilish natijalari Adliya vazirligiga 

(huquqiy  ekspertiza  uchun)  va  O'zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasiga 

(ko'rib  chiqish  uchun)  kiritiladi,  bunda,  qoida  tariqasida,  kelib  tushgan  takliflarni 

ko'rib chiqish natijalari ko'rsatilishi majburiyligi belgilangan 

Fuqarolik 

jamiyatining 

NNT 

lardan 


iborat 

tayanch 


institutlari 

yurtdoshlarimizning huquqlari va qonuniy  manfaatlarini, demokratik qadriyatlarni 

himoya qilishda, ijtimoiy, madaniy va ma'rifiy maqsadlarga erishishda muhim rolь 

o'ynamoqda.  Bu  ko'p  sonli  NNTning  aksariyati  Qoraqalpog'iston  Respublikasi  va 

viloyatlarda  tuzilgan.  Ularni  moliyaviy  rag'batlantirish  bilan  shug'ullanayotgan 

yagona  Fond,  ya'ni  O'zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  huzuridagi  Nodavlat 

notijorat  tashkilotlarini  va  fuqarolik  jamiyatining  boshqa  institutlarini  qo'llab-

quvvatlash jamoat fondi esa poytaxtimizda faoliyat yuritadi. 

2018  yil  1  iyundan  boshlab  Prezidentimiz  ilgari  surgan  tashabbus  asosida 

ro'yxatdan  o'tkazuvchi  organ  bilan  NNTning  tadbirlarini  kelishish  tartibi, 

rejalashtirilayotgan  tadbirlar  haqida  xabardor  qilish  bilan  almashtiriladi.  Bu  esa, 

NNTni  ro'yxatdan  o'tkazish  jarayonlarini,  ularning  faoliyati  tartibini  belgilovchi 

qonunchilik normalarida ortiqcha byurokratik talablar olib tashlanishini anglatadi. 



Endi  muayyan  NNT  o'zi  o'tkazadigan  tadbirni  tegishli  davlat  organi  bilan 

“kelishishi”ning o'ziyoq ko'pincha turli to'rachilik va sansolarlik holatlarini keltirib 

chiqarayotgani sir emas. Bundan buyon esa o'sha NNT o'zini ro'yxatdan o'tkazgan 

davlat organini qanday tadbir uyushtirayotgani haqida xabardor qilishi kifoyadir. 

O'zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2020  yil  va  kelgusi  5  yilda 

rivojlantirish bo'yicha, ustuvor yo'nalish va vazifalarni belgilab olishga bag'ishlab, 

2020  yil  25  yanvarda  Parlamentga  Murojaatnomasida,  “nodavlat  notijorat 

tashkilotlari  va  fuqarolik  jamiyatining  boshqa  institutlari  bugungi  kunda  aholini 

o'ylantirayotgan  muammolarga  davlat  idoralari  e'tiborini  qaratib,  o'zlarining 

asoslangan  takliflarini  berib  borishlari  maqsadga  muvofiq  bo'ladi.  Buning  uchun 

mamlakat  va  hududlar  darajasida  nodavlat  notijorat  tashkilotlari  bilan  ijtimoiy 

sheriklikni keng  yo'lga qo'yib, grantlar va  ijtimoiy  buyurtmalarni ko'paytirishimiz 

kerak. Vazirlik va  idoralar  ham  bir  chetda  tomoshabin  bo'lib o'tirmasdan, bunday 

ijtimoiy  hamkorlik  ishlarini  kengaytirishi  lozim.  Shuning  uchun  Oliy  Majlis 

huzuridagi  Nodavlat  notijorat  tashkilotlarini  va  fuqarolik  jamiyatining  boshqa 

institutlarini  qo'llab-quvvatlash  jamoat  fondining  faoliyatini  takomillashtirish 

darkor.” , deb ta'kidlagan edilar 

O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi nodavlat notijorat tashkilotlarining 

faoliyatini  rivojlantirish  sohasida  davlat  siyosatini  amalga  oshiradigan  organ 

sifatida  rasman  e'tirof  etilgan.  Diniy  tashkilotlarni  davlat  ro'yxatidan  o'tkazish 

tartibi  soddalashtirildi,  ro'yxatdan  o'tkazishda  to'lanadigan  davlat  boji  5  martaga 

kamaytirilgan. NNTlarga xorijiy grant mablag'lari mazkur tashkilotlarning istalgan 

bank  muassasalarida  ochilgan  maxsus  hisobvaraqlariga  kelib  tushishiga  ruxsat 

berilgan.  Nodavlat  notijorat  tashkilotlari  sohasida  barcha  qonun  va  qonun  osti 

hujjatlarni  birlashtiruvchi  Nodavlat  notijorat  tashkilotlari  to'g'risidagi  kodeks 

loyihasi  ishlab  chiqilmoqda.  O'zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  huzuridagi 

Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo'yicha maslahat kengashi tashkil etilib, uning 

faoliyatini amalga oshirish bo'yicha nizom ishlab chiqilmoqda.  

 


Download 266.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling