8-mavzu: Ilmiy va texnik ijodiyotda modellashtirish Reja: Ilmiy ijodiyotda modellashtirish. Texnik ijodiyotda modellashtirish


Download 61.03 Kb.
Pdf ko'rish
Sana24.01.2023
Hajmi61.03 Kb.
#1115517
Bog'liq
8(ITM)



8-mavzu: Ilmiy va texnik ijodiyotda modellashtirish 
Reja: 
1. Ilmiy ijodiyotda modellashtirish. 
2. Texnik ijodiyotda modellashtirish 
 
Modellashtirish – ilmiy tadqiqot ishlarida ko‘p qo‘llaniladigan muhim 
uslublaridan hisoblanadi. Model degani fransuzchadan olingan bo‘lib, namuna 
degan ma’noni anglatadi va ilmiy tadqiqot ishlarida voqelik, jarayon yoki qurilmani 
o‘rganish uchun uni asl nusxasi o‘rniga qabul qilingan shakli – nusxasi olinishi va 
o‘rganilishi bo‘ladi. 
Modellashtirish shakllari xilma-xil bo‘lib, foydalanilayotgan modellarga va 
modellashtirish qo'llanayotgan sohaga bog'liq. Modellaming xususiyatiga qarab 
moddiy (predmetli) modellashtirish va ideal modellashtirish farqlanadi, Moddiy 
modeller tabiiy obyektlar hisoblanadi. Ular o'z faoliyatida tabiiy qonunlar-fizika, 
mexanika qonunlariga bo'ysunadi. Ideal modellar tegishli belgilar shaklida 
ifodalanadi. 
Muayyan obyektni moddiy (predmetli) modellashtirishda uni o'rganish original 
bilan bir xil fizik tabiatga ega bo'lgan ma’lum modelni tadqiq qilish bilan 
almashtiriladi (samolyot, kema va kosmik apparatlarning modellari). 
Ideal (belgili) modellashtirishda modellar grafiklar, chizmalar, formulalar, 
tenglamalar sistemalari, tabiiy va sun’iy til gaplari (timsollar) shaklida bo‘ladi. 
Hozirgi vaqtda matematik modellashtirish (kompyuterda modellashtirish) keng 
tarqalgan. 
Ilmiy tadqiqot ishlarida tadqiqotchi tomonidan o‘rganilayotgan obyektga 
o‘xshash, uning ko‘rsatkichlarini o‘zida mujassamlashtirgan tizimi model deb qabul 
qilinadi. Modellashtirish uslubi buyum, jihoz yoki jarayonni tabiiy, real holda emas, 
balki uning modelida o‘rganishdir. Odatda, agar obyektni o‘z shaklida o‘rganish 
qiyin (juda qimmat, xavfli, jarayon ko‘p vaqt talab qilsa) bo‘lsa, u holda model 
variantida o‘rganiladi. Masalan. Yirik nasos stansiyadagi quvvati 1000 kVt quvvatli 
elektr motorni energetik xarakteristikasini yaxshilashga oid tadqiqotni ushbu elektr 


motorning aynan o‘zida o‘rganish uning bajarib turgan ishini to‘xtashiga olib keladi 
va bu moddiy jihatdan qimmatga tushadi.
Voqelik (jarayon) nazariy o‘rganilganda ham odatda uning modellaridan 
foydalaniladi. Modellashtirish ikki turga bo‘linadi: fizik (ashyoviy yoki mexanik) 
yoki matematik (mantiqiy va ideal) bo‘lishi mumkin. Fizik model obyektdan 
o‘lchamlari bilan farq qilib, jarayon va uning parametrlarini bevosita o‘rganish 
imkonini beradi. Mexanik modellar ko‘proq mexanikada foydalaniladi. 
Agar obyekt jarayonlari, ularning kattaliklari, bog‘liqliklari matematik ifodalar 
bilan ifodalangan bo‘lsa, model matematik bo‘ladi. Modellashtirish o‘xshashlik 
bo‘yicha bo‘ladi. Umuman, jarayonlar modellashtirilishi darajasiga ko‘ra turlicha 
bo‘lishi mumkin. 
Fizik model obyekt haqida to‘laroq ma’lumotlar olishga imkoniyat beradi. Bu 
yerda faqat obyekt ko‘rsatkichlarining bog‘liqliklari emas, balki unda ketayotgan 
jarayonlar, hodisalar haqidagi bilimlarni chuqurlashtirish, matematik modelga 
aniqliklar kiritish mumkin. Fizik model ko‘pincha obyektni konstruktiv 
o‘zgarishlarning jarayonlarga ta’sirini o‘rganishda qo‘llaniladi. Originalda bu 
kuzatishlar qiyin, qimmat yoki umuman mumkin bo‘lmaydi. Fizik modellar 
aerodinamika, 
gazogidroelektrodinamika, 
kosmik 
texnologiyalarda 
keng 
qo‘llaniladi. 
Texnikada ko‘proq matematik modellashtirish qo‘llaniladi va u nazariy 
xulosalarni to‘laqonli olinishini ta’minlaydi, turli ko‘rsatkichlarning bog‘liqlik 
funksiyalarini ifodalash imkonini beradi. 

Download 61.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling