8-mavzu: iqtisodiy hujjatlarni yaratish va yozish 1-topshiriq
Download 160.11 Kb.
|
8-Мавзу (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8-topshiriq. Quyidagi savollarga javob bering.
- 9-topshiriq. Quyidagi savollarga javob bering.
- 10-topshiriq. Quyidagi jadvalga qarang va abzatsdagi bo‘sh joylarni to‘ldiring. Turmush qurish va ajrashish darajasi (har 1000 kishiga)
- Mamlakat Turmush qurish Ajralish
- 9-MAVZU: IQTISODIYOTDA ILMIY MATNLAR YARATISH 1-topshiriq.“Birgalikda o`qiymiz” texnikasi.
- Guruhlarda ishlash qoidasi
- Aniq bilmog’imiz lozim: A.
- Ekspert varag`i № 3 O`quv topshirig`i
- Ekspert varag`i № 4 O`quv topshirig`i
- Ekspert varag`i № 5 O`quv topshirig`i
- 2-topshiriq. Quyidagi terminlar asosida ilmiy uslubga xos matn tuzing.
- 3-topshiriq. Gazeta va jurnaldan ta’lim yoki madaniyat mavzusidagi maqolani o‘qing, til xususiyatiga ko‘ra boshqa nutq uslubidan farqlanishini izohlang va daftaringizga yozing.
- 5-topshiriq. Gaplarni ko’chiring. Qanday uslubga xosligini ayting.
- 6-topshiriq. O`xshash va farqli jihatlarni taqqoslang va tahlil qiling. VENN DIAGRAMMASI
- 7-topshiriq.“REZYUME” texnologiyasi
- 8-topshiriq. Taqriz haqidagi ma’lumotni o`qing. O’zingiz o’qiyotgan o`quv qo`llanmalardan biriga taqriz yozing. Taqriz
- ADABIYOTLAR RO’YXATI Asosiy adabiyotlar
7-topshiriq. Xizmat yozishmalarida qoliplashgan so‘zlardan foydalanib gaplarni to`ldiring.
8-topshiriq. Quyidagi savollarga javob bering. 1.Qaysi hollarda ariza yozishga zarurat tug`iladi? 2.Tarjimai hol yozishda qanday ma’lumotlar haqida axborot berasiz? 3.Tarjimai hol qachon va qayerda talab etiladi? 4.Zaruriy qismlar asosida o`z tarjimai holingizni yozing. 5.Tushuntirish xati qay hollarda yoziladi va darsga kela olmaganingiz haqida tushuntirish xati yozing 6.Tilxat qanday hollarda yoziladi? 9-topshiriq. Quyidagi savollarga javob bering.
10-topshiriq. Quyidagi jadvalga qarang va abzatsdagi bo‘sh joylarni to‘ldiring. Turmush qurish va ajrashish darajasi (har 1000 kishiga)
Jadval turli mamlakarlarda turmush qurish va ajrashish darajalarini __________. Turmush qurish __________ Misrdagi 10,6 dan Liviyadagi 3,9 gacha, ajrashish darajasi esa AQShdagi 4,7 dan Liviyadagi 0,3 gacha. Amerikadagi turmush qurish darajasi Erondagidek __________. Eronniki esa Turkiyadan __________ yuqoriroq darajada. Eron, Turkiya va Liviya kabi mamlakatlarda turmush qurishning atigi 10 foizi ajralish bilan yakunlanmoqda, Rossiya va AQShda esa yarmidan __________. Bundan ko‘rish mumkinki, AQShdagi __________ turmush qurish darajasi ikkinchi marta turmush qurish hisobidan bo‘lishi mumkin. 9-MAVZU: IQTISODIYOTDA ILMIY MATNLAR YARATISH 1-topshiriq.“Birgalikda o`qiymiz” texnikasi. O`quv guruhi kichik guruhlarga bo`linadi. Har bir kichik guruh o`rganilayotgan mavzuning biror sohasida ekspert bo`ladi va boshqalarni o`rgatadi. 5-6 talabadan iborat guruhlar tuziladi, ularga talabalarning takliflari asosida nom beriladi. Har bir guruhga bitta topshiriq beriladi – umumiy mavzuning bir qismi,uning ustida butun o’quv guruhi ish olib boradi hamda ularga ekspert varaqlari taqdim etiladi. Har bir guruh ichida umumiy topshiriq taqsimlanadi. Hamma yakka tartibdagi topshiriqni bajaradi. Barcha guruh a’zolarining mini-ma’ruzalari tinglanadi. Umumiy natijan shakllantirishadi va uni taqdimotga tayyorlashadi. Guruhlarda ishlash qoidasi Sherigingizni diqqat bilan tinglang. Guruh ishlarida faol ishtirok eting, berilgan topshiriqlarga mas’uliyat bilan yondoshing. Agar yordam kerak bo’lsa, albatta, murojaat qiling. Agar yordam kerak bo’lsa, albatta, yordam bering. Guruhlar faoliyati natijalarini baholashda barcha ishtirok etishi shart. Aniq bilmog’imiz lozim: A. Boshqalarga o’rgatish orqali o’zimiz o’rganamiz. B. Biz bitta kemadamiz: yoki birgalikda suzib chiqamiz, yoki birgalikda cho’kib ketamiz. Ekspert varag`i № 1 O`quv topshirig`i So`zlashuvuslubiga ta’rif bering. So`zlashuv uslubining o`ziga xos jihatlari nimada? Berilgan matndan badiiy uslubga mosini aniqlang. Ekspert varag`i № 3 O`quv topshirig`i Publitsistika so`ziga ta’rif bering? Publitsistik uslubning o`ziga xos jihatlari nimada? Publitsistikuslubga xos bo`lgan kichik matntuzing. Ekspert varag`i № 4 O`quv topshirig`i Badiiy uslubga ta’rif bering. Badiiy uslubning o`ziga xos jihatlari nimada? Badiiy uslubga xos bo`lgan kichik matntuzing. Ekspert varag`i № 5 O`quv topshirig`i Rasmiy-idoraviy uslubga ta’rif bering Rasmiy-idoraviy uslubning o`ziga xos jihatlari nimada? Rasmiy-idoraviy uslubga xos bo`lgan kichik matntuzing. 2-topshiriq. Quyidagi terminlar asosida ilmiy uslubga xos matn tuzing. Ilmiy uslubning o‘ziga xos xususiyatlarini tushuntiring. Aksiya, limit, inflatsiya, audit, sug‘urta, soliq, sof foyda, buxgalteriya, kredit, balans, avans, valyuta, auditor, bank, sarmoya, bankrot, bank hisobvarag‘i, byudjet, valyuta bozori, moliya. 3-topshiriq. Gazeta va jurnaldan ta’lim yoki madaniyat mavzusidagi maqolani o‘qing, til xususiyatiga ko‘ra boshqa nutq uslubidan farqlanishini izohlang va daftaringizga yozing. 4-topshiriq. O’qing. Gaplarni qaysi uslubga xosligini ayting. 1. Marhamat tumanida O’zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf xotirasiga bag’ishlangan adabiy tadbir bo’lib o’tdi. 2. Daryodek shovullagan umrimizda nimalardir qilishga ulgurish, el-ulus orasida yaxshi nom qozonish har bir inson uchun baxt va sharafdir. 3. Jizzaxdagi istirohat bog’lari, so’lim xiyobonlar kundan-kunga ko’rkamlashib, chiroy ochib bormoqda. (Gazetadan). 4. Ayirboshlash – odamlar o’rtasida faoliyatning almashuvi, mehnat mahsulotlarini ayriboshlanishi; uning asosida esa ijtimoiy mehnat taqsimoti yotadi. 5. Iste’mol ikki turga bo’linadi: individual iste’mol (insonning xilma-xil, moddiy va ma’naviy boyliklar – oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim, poyabzal, o’qish va h.k.foydalanishi) hamda ijtimoiy birlikdagi iste’mol, maorif, madaniyat, sog’liqni saqlash, mudofaa, ijtimoiy tartibni saqlash xizmatlaridan hamjihatlik bilan foydalanish. 6. Mulkchilik munosabatlari davlat tomonidan kafolatlanadi va qonun yo’li bilan himoya qilinadi. 7. Pul – bozor iqtisodiyoti sharoitida tovarlar almashinuvida umumiy ekvivalent rolini o’ynaydi. (Darslikdan). 8. Yomg’ir shunday kuch bilan quya boshladiki, bekat ayvonida turishning iloji qolmadi. (Sh.Xolmirzayev). 5-topshiriq. Gaplarni ko’chiring. Qanday uslubga xosligini ayting. Kuz! Libosing shohona. Tillarang chehrang, sokin nafasing, xotirjam odiming taftini juda sog’ingan edik. Shuncha zeb-ziynat va latofating manbai ne? Balki yorqin jamoling har kimni o’ziga maftun aylashidadir gap. Yoki sen jamiki go’zalliklar in’ikosi – bekatidirsan. Bir boqishing bog’dagi olmalar yuziga alvon tus beradi. Shuncha qudratni qaydan olasan. Atrofga boqaman. Borliq sen tortiq qilgan sovg’alardan bezak taqish bilan ovora. Saxovating mevasidan hamma, ayniqsa, bobodehqonlar juda shod. Tomosha qilib turib, tin olaman, zavqlanaman. Ochig’i, kuzni nega mahzun fasl deya ta’riflashlarini tushunolmayman… Mana, ko’p kuttirmay, kuz ko’zlarida quvonch yomg’iri paydo bo’ldi: ko’chada turfa ranglardagi yomg’irpo’shlar. Yomg’irni intiq kutganlarning labida tabassum. Ha, oldinda sizu bizni za’faron faslning bundan ham betakror tuhfalari kutyapti. 6-topshiriq. O`xshash va farqli jihatlarni taqqoslang va tahlil qiling. VENN DIAGRAMMASI - 2 va 3 jihatlarni hamda umumiy tomonlarini solishtirish yoki taqqoslash yoki qarama-qarshi qo’yish uchun qo’llaniladi. Tizimli fikrlash, solishtirish, taqqoslash, tahlil qilish ko’nikmalarini rivojlantiradi. 7-topshiriq.“REZYUME” texnologiyasi asosidagi mavzu tahlili. Yozma muloqot uchun eng optimal vosita. Esse Maqola
8-topshiriq. Taqriz haqidagi ma’lumotni o`qing. O’zingiz o’qiyotgan o`quv qo`llanmalardan biriga taqriz yozing. Taqriz Taqriz – adabiy tanqid janri bo‘lib, arab tilida ijobiy baho degan ma’noni anglatadi. Yangi badiiy, ilmiy yoki ilmiy-ommabop asar tahlili. Taqrizda asarning bibliografik tavsifi, shuningdek, mazmuni, unda ko‘tarilgan muammolar, asarning g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari, muallif ijodida, adabiyotda tutgan o‘rni haqida ma’lumot bo‘ladi. Asarga baho beriladi, uning asosiy fazilatlari va nuqsonlari qayd qilinadi. Taqriz asosan, keng kitobxonlar ommasi uchun mo‘ljallangan, ularni yangi asarlardan ogoh qiladi, zarurini tanlab olishga ko‘maklashadi. Ichki taqriz ham bo‘ladi. Masalan, nashriyotga kelgan badiiy, tanqidiy va ilmiy-ommabop asar ichki taqrizga beriladi. Biroq, taqriz matbuotda e’lon qilinmaydi,rus tanqidchiligi tarixida taqrizning rivojida V.G.Belinskiyning roli katta. U taqrizni haqiqiy san’at darajasiga ko‘tardi. Taqriz badiiy asar haqida shunchaki ma’lumot beruvchi janr darajasidan adabiy hayotning muhim masalalarini ko‘taruvchi, kitobxonni hayot va adabiyot haqida o‘ylashga o‘rgatuvchi uning estetik didini tarbiyalashga yordam beruvchi janrga aylanadi. Taqriz xarakteriga ko‘ra xilma-xil bo‘ladi. Masalan, kengaytirilgan annotatsiya tipidagi taqrizda asar haqida bibliografik ma’lumot beriladi. Tanqidiy yoki publitsistik maqola taqrizlarida konkret asar munosabati bilan biron muhim masala haqida fikr yuritiladi. Esse (adabiy o‘ylar) xarakteridagi taqrizlarda taqrizchi o‘z fikr-tuyg‘ularini, asarni o‘qish jarayonida hosil bo‘lgan taassurotlarini lirik tarzda ifodalaydi. Nihoyat, muallif o‘z asariga ham taqriz yozishi mumkin (avtotaqriz). Bunda muallifning asarga qarashlari bayon qilinadi, yoki u biron munosabat bilan munozaraga kirishadi. O‘zbek adabiyotida taqriz XX asr boshlarida vaqtli matbuot bilan teng rivojlana boshlagan. Endilikda taqriz o‘zbek adabiy tanqindchiligining eng muhim janrlaridan bo‘lib qoldi. Oybek, Abdulla Qahhor, Shayxzoda, G‘afur G‘ulom kabi yozuvchilar, O.Hoshimov, S.Husayn, Olim Sharafiddinov, V.Zohidov, I.Sultonov, H.Yoqubov, M.Qo‘shjonov, I.Haqqulov va boshqa olimlar o‘zbek adabiy hayotida chuqur iz qoldirgan taqrizlar yaratdilar. ADABIYOTLAR RO’YXATI
“O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. – Toshkent: “O‘zbekiston” NMIU, 2017. – 488 b. Mirziyoyev Sh.M.Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. – Toshkent: “O‘zbekiston” NMIU, 2017. – 104 b. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. – Toshkent: “O‘zbekiston” NMIU, 2017. – 56 b. Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. – Toshkent: “O‘zbekiston” NMIU, 2017. – 48 b. Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot pirovard maqsadimiz. T.8. -T.: “O‘zbekiston”, 2000, 528 b. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch .-T.: “O‘zbekiston”, 2006. Jerald Alred, Charles Brusaw, Walter Oliu. Hahdbook of technical writing. New York, Copyright 2003. Stephen Bailey. Akademic writing. Handbook for international student`s. London, 2015 Vikram Bisen Priya. Business communication. New Delhi.2009. Husanov N.A., Xujakulova R.Sh., Dilmurodova N.A., O‘zbek tili – Toshkent: “LESSON PRESS” MChJ , 2017. 6 b. Qo‘ng‘urov R., Begmatov E., Tojiyev Yo. Nutq madaniyati va uslubiyat asoslari, -T.: “Fan”, 1992, 254 b. Husanov.N., Husanova M., Xo`jaqulova R., Yusupov E. “Iqtisodiyotda texnik yozuv”. -T.: “Fan va texnologiya markazi”, 2012. 152 b. Mahmudov N., Mahkamov N., Madvaliyev A. O`zbek tilida ish yuritish. - T.: “O`zbekiston”, 2016. Xolmonova Z., Adabiy tildan ma’ruzalar umumlashmasi-T.: «O‘zbekiston» 2013, 250 b. O‘zbek tilining imlo lug‘ati. -T.: “Akademnashr”, 2013, 526 b. Husanov.N., Rasulov, Mo`ydinov Q. Nutq madaniyati va notiqlik san`ati .-T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2006. Jumayev N. Istiqlol va ona tilimiz: til, imlo, notiqlik san’ati, matn va matnshunoslik. -T. : “Sharq”, 1998, 1 b. Jumaniyozov R., Nutqiy mahorat .-T.: “Adolat”, 2005, 90 b. Ona tili –davlat tili. -T: “Adolat”, 2004, 80 b. Mahmudov N., O‘qituvchi nutqi madaniyati. -T.: “O‘zbekiston milliy kutubxonasi”, 2009,188b. Internet saytlari: www.gov.uz – O‘zbekiston Respublikasi hukumat portali. www.lex.uz – O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi. www.mf.uz – O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi rasmiy sayti. www.cbu.uz – O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki rasmiy sayti. www.soliq.uz – O‘zbekiston Respublikasi Davlat Soliq qo‘mitasi rasmiy sayti. www.stat.uz – O‘zbekiston Respublikasi Davlat Statistika qo‘mitasining rasmiy sayti. www.lex.uz (O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi); www.tfi.uz (Toshkent moliya institutining rasmiy sayti) www.ziyonet.uz (ZiyoNet ta’lim portali) www.akademnashr.uz ( nashriyot matbaa markazi) www.tfi.uz/Issues/Jmoliya (Toshkent moliya institutining jurnali). Download 160.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling