8-mavzu: Ko‘rinishlar. Asosiy va qo‘shimcha
-shakl Ko’rinishni o’zida tasvirlangan kesim
Download 1.41 Mb.
|
Tex chiz 7-mavzu
180-shakl
Ko’rinishni o’zida tasvirlangan kesim. Bu kesim kesuvchi tekislik o’tgan joyiga chiziladi. Ko’rinishni o’zida tasvirlangan kesim konturi ingichka tutash chiziq bilan chiziladi (180-shakl, d, e). Kesimni chetga chiqarib chizish afzalroq. Chunki chizmani ustida bajarilgan kesim ko’rinishni to’smaydi va chizmani o’qishni qiyinlashtirmaydi. Kesim kesuvchi tekisliklarni izini yo’nalishlariga nisbatan simmetrik (180-shakl, b,v, d) yoki nosimmetrik (180-shakl, a,g,e) bo’lishi mumkin. Umumiy holda kesuvchi tekislikni holati chizmada kesim chizig’i bilan ko’rsatiladi. Buning uchun orasi ochilgan boshlanishiga va oxiriga kuzatuvchining nigohi ko’rsatilgan strelka qo’yilgan shtrix chiziq qo’llaniladi. Chiziq va strelkalar 181-shaklda ko’rsatilgan o’lchamlarga muvofiq bajariladi. 181-shakl Bunda S chizmadagi kontur chiziqning qalinligi kesim chizig’ining boshlanishi va oxiriga bir xil bosma harf qo’yiladi. Kesim chizig’iga yoziladigan harflar berilgan chizmadagi o’lcham sonlarini o’lchamiga qaraganda 1-2 marta katta bo’lishi kerak. Kesimlarni harf bilan belgilash alfavit tartibida bo’lishi kerak va ular qaytarilishi mumkin emas. Kesim ustiga A-A yozuv yoziladi. Quyidagi hollarda kesim chizig’i o’tkazilmaydi va kesimga harfli yozuv yozilmaydi: a) Agar kesim chizmaning ustida bajarilgan bo’lsa (180-shakl, d). b) Agar tashqariga chiqarilgan kesimning simmetriya o’qi kesuvchi tekislikning izini davomi bo’lsa (180-shakl, b). v) Agar kesim buyum tasvirini uzilgan joyida ko’rsatilgan bo’lsa(180- shakl) v). Buyumning tasvirini uzilgan joyida (180-shakl, g) yoki tasvirning ustida (180-shakl) e) bajarilgan nosimmetrik kesim uchun kesim chizig’i strelka bilan o’tkaziladi, lekin harf bilan belgilanmaydi. Bundan boshqa hamma hollarda simmetrik va nosimmetrik kesimlarga strelka qo’yilgan kesim chizig’i va harfli belgi qo’yilishi zarur. Agar kesuvchi tekislik selindrik teshik yoki chuqurchani chegaralovchi aylanish sirtining o’qi orqali o’tsa u holda teshik yoki chuqurchani konturi to’la ko’rsatiladi (182-shakl, a). 182-shakl Kesimni chizish va joylashtirish bo’yicha strelka bilan ko’rsatilgan yo’nalishga to’g’ri kelish kerak. Kesimni formatini xohlagan joyiga chizish va uni chizmani o’qish uchun qulay bo’lgan burchakga burish mumkin. Bunda kesimni bildiruvchi yozuvdan kegin shartli grafik belgisi qo’yiladi (182-shakl, b). Download 1.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling