8-mavzu: Mashina va apparatlarning xavfsiz ishlashini ta’minlash Reja
Ishlab chiqarish binolarini shamollatish - tabiiy (aeratsiya) havo
Download 0.94 Mb. Pdf ko'rish
|
Texnosfera omillari fanidan 8-15-ma\'ruzalar
Ishlab chiqarish binolarini shamollatish - tabiiy (aeratsiya) havo
almashtirish. Tabiiy havo almashtirish ichki va tashqi havo zichliklaridagi farq tufayli yuzaga keladi. Tabiiy havo almashtirish tashkillashtirilgan va tashkillashtirilmagan turlarga bo„linadi. Tashkillashtirilmagan tabiiy havo almashtirish eshik, deraza, fortochkalar orqali amalga oshiriladi. Tashkillashtirilgan tabiiy havo almashtirish kanallar (trubalar) va framugalar orqali amalga oshiriladi. Sanitar normalarga mos holda barcha xonalar tabiiy shamollatishga mo„ljallangan bo„lishi kerak. Xonadagi havoning tabiiy harakatlanishi havodagi zichliklarning farqiga ko„ra va tashqi havo bilan ichki havo bosimi farqlari hisobiga yuz beradi. 1-rasm. Havo zichligi har xilligi hisobiga amalga oshadigan tabiiy havo almashinish sxemasi Tartibli boshqariladigan tabiiy shamollatish aeratsiya deyiladi. Tabiiy shamollatish qo„shimcha issiqlik ajralib chiqadigan, tarkibida zararli moddalar bo„lgan issiq havoli ishlab chiqarish binolarida qo„llaniladi. Ifloslangan yoki qizigan havo esa deraza darchasi, aeratsiya fonarlari, deflektorli so„rish quvurlari orqali yo„qotiladi. Tartibli havo almashtirishning foydali tomoni shundaki, ko„p hajmdagi havo past bosimda binoga shamollatgich va qurilmalardan mustasno uzatiladi. Kamchiligi esa, havo dastlabki tozalanmasdan, qizdirilmasdan binoga uzatiladi, ifloslangan havo tozalanmaydi va tashqi atmosfera havosini yanada ifloslantiradi. Binodagi havo almashinishi ma‟lum miqdorda bo„lishi uchun devor, deraza, yopma va fonarlardagi darchalar ko„proq yoki kamroq ochilib, shamol yo„nalishiga qarab moslamalar yordamida boshqariladi. Shamol bosimidan foydalanish va issiqlik bosimini oshirish maqsadida deflektorlardan foydalaniladi. Qish vaqtida binodagi va tashqi havo haroratidagi farq katta bo„lganligi uchun, binodagi havoni almashtirish kamroq talab qilinadi. Shuning uchun ham havo beruvchi darchalarning yuzasi kamaytirilib, ular pol yuzasidan 5-6 metr balandlikda o„rnatiladi. Yoz faslida esa, havo oqimi 1,5-2 metr balandlikda uyushtirilsa yetarli bo„ladi. Aeratsiya usulini qish vaqtida faqat ko„proq issiqlik ajralib chiqadigan ishlab chiqarish korxonalarida qo„llash tavsiya etiladi. Bunda ortiqcha issiqlik miqdori xonaning isitilishi talab qiladigan issiqlik miqdoridan 4-5 marta ko„p, ya‟ni 60-80 Vt/m 2 (50-70 Kkal/m 3 ∙soat) ko„p bo„lgan sexlarda ishlatilishi mumkin. Odatda aeratsiya usullaridan mexanik shamollatish bilan birgalikda foydalaniladi. Download 0.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling