8-mavzu: Mashina va apparatlarning xavfsiz ishlashini ta’minlash Reja
Ishlab chiqarish binolarini shamollatish - sun’iy (mexanik) shamollatish
Download 0.94 Mb. Pdf ko'rish
|
Texnosfera omillari fanidan 8-15-ma\'ruzalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mahalliy shamollatishda
Ishlab chiqarish binolarini shamollatish - sun’iy (mexanik) shamollatish.
Sun‟iy (mexanik) shamollatish mexanik qurilmalar – shamollatgichlar, ejektorlar va boshqa moslamalar yordamida amalga oshiriladi. Shamollatish qurilmalari havo oqimining yo„nalishiga qarab uzatuvchi, so„ruvchi yoki uzatuvchi-so„ruvchi holatda bo„lishi mumkin. Uzatuvchi shamollatishda toza havo tashqaridan binoning butun hajmiga berilib taqsimlanadi, ifloslangan havo esa eshik, deraza va boshqa joylardan siqib chiqariladi. So„ruvchi shamollatish bino ichidagi ifloslangan yoki o„ta qizigan havoning yo„qotilishini, eshik, deraza va boshqa joylardan toza havo berilishini ta‟minlaydi. Uzatuvchi-so„ruvchi shamollatishda esa toza havo alohida tizimdan berilsa, boshqa tizimdan ifloslangan havo so„riladi. Xonalarni shamollatish GOST 12.028- 84 talablariga asosan amalga oshiriladi. Shamollatgichlar ishlatish joyiga qarab umumiy va mahalliy shamollatgichlarga bo„linadi. Umumiy shamollatgich butun xonadagi havoni almashtirsa, mahalliy shamollatgich esa xonaning ma‟lum bir joylaridagi havoni almashtiradi. Mahalliy shamollatishda ifloslangan havo zararli maxsulot ajralib chiqadigan joyning o„zidan yo„qotilib, moddalarning bino ichida taqsimlanishiga yo„l qo„yilmaydi. Laboratoriya shkaflari, yarim ochiq yoki yopiq holdagi so„ruvchi zontlar, havo dushlari, yonlama so„ruvchilar, havo pardalari va boshqalar mahalliy shamollatishga misol bo„ladi. 2-rasm. Mahalliy so„rish qurilmasi (chapdagi – to„g„ri, o„ngdagi - noto„g„ri) Mahalliy so„rish xizmat eshikchalarini to„g„ri tanlash, qo„llash apparatlarini rejim bo„yicha xizmat qilishida ancha yengillik yaratadi. Ishlab chiqarish korxonalarida qizdirish jarayonlari bo„lmasdan zaharli moddalarning yo„l qo„yish mumkin bo„lgan konsentratsiyasi (YQBK) 100 mg/m 3 va undan ortiqroq bo„lganda so„rish tezlii 0,5-0,7 m/sek deb qabul qilingan. Zararli va zaharli moddalarning YQBK 100 mg/m 3 dan kam va qizdirish jarayonlari mavjud bo„lganda havoning so„rish tezligini 0,7-1,5 m/sek dan 3-5 m/sek gacha ko„paytirish mumkin. Laboratoriya shkafi orqali so„riladigan havo hajmi qo„yidagi tenglamadan aniqlanadi: W = V ∙ (Fu + Fk) ∙ I ∙ 3600 + Vt (1) bu yerda: W - shkaf orqali so„rilgan havo hajmi, m 3 /soat, V - eshikcha kesim yuzasidagi havo tezligi, m/sek, Fu - xizmat eshikchasi yuzasi, m 2 , Fk - qo„shimcha eshik yuzasi, m 2 , I - zichlikni hisobga oladigan koeffitsient, Vt - reaksiya vaqtida berk hajmda ajralib chiqadigan gaz yoki bug„larning hajmi, m 3 . Havo dushi 15-25°S gacha qizdirilgan va issiqlik ko„proq ajralib chiqadigan joylarda ishlayotganlarga 3-4 m/sek tezlik bilan yuboriladigan havo oqimidan iborat. Havo pardasi esa, issiq havoni sovutishga yoki sovuq havoning binoga kirishini kamaytirishga xizmat qiladi. Mahalliy shamollatish yordamida ajralib chiqayotgan zararli moddalar, maxsulot massasi yo„qotilgach, normal sanitariya sharoitlariga umumiy shamollatish yo„li bilan erishiladi. Buning uchun ifloslangan havo qismi maxsus texnik moslamalar yordamida toza havo bilan almashtiriladi. Ko„proq barqaror rejim (umumiy aralashtirishda) mexanik shamollatishning uzatuvchi-so„ruvchi tizimi bilan amalga oshiriladi. Sanitariya normalari (SN 245-71) ga asosan issiqlik, bug„, gaz ajralib chiqmaydigan binolarda har bir ishlovchiga havo almashtirish miqdori 20 m 3 /s, deraza va darchalari bo„lmagan binolarda esa 40 m 3 /s dan kam bo„lmasligi kerak. Binodagi havo almashtirish asosan almashtirish karraligi K bilan xarakterlanadi: K= , soat -1 (2) bu yerda: yo„qotiladigan havo hajmi, m 3 /soat, Vb – bino hajmi, m 3 . Havo almashtirish karraligi K ning mohiyati – bu xonadagi havoni bir soatda necha marta almashtirish kerakligini ko„rsatishdir. Almashtirilishi zarur bo„lgan havo miqdori binodagi ajralib chiqayotgan issiqlikka, namlikka, zararli moddalar (gaz, chang, bug„) miqdoriga bog„liq bo„ladi. Vakuum, bosim ostida ishlayotgan uskunalar, quvurlar hamda nasos, kompressor, aralashtirgich, reaktor salniklari pishiq va mustahkam bo„lmasligi, davriy jarayonlarda yuklash va tushirishda, sinama olishda, xom-ashyoni ochiq holda saqlash, avariya va tuzatish ishlari natijasida zararli moddalar havoga ajralib chiqadi. Havo almashtirish karraligi (K) sanoat tarmoqlari normalarida ko„rsatiladi. Sanoat korxonasini loyihalashda ma‟lum darajadagi havo almashtirish karraligini qabul qilishga ruxsat etilmaydi. Ayrim hollarda loyihalash uchun o„xshash ishlab chiqarishdagi shamollatish tajribalari hisobga olinadi. Ba‟zi moddalarni ishlab chiqarishda havo almashtirish karraligi K qo„yidagicha belgilangan. Masalan, etil suyuqliklari uchun 50 soat -1 (2-formula), propan, butan, gaz, neft uchun 12-14, moylovchi yog„lar, parafin uchun 4-6, sulfat va xlor kislotasi uchun 10-12, ishqoriy eritmalar uchun 3-5, kimyoviy laboratoriya binolari uchun 6, etil suyuqligi ombori uchun 10-20, idish va uskunalar ombori uchun 2 va hok. bo„lishi kerak. Xona muhitidagi zararli moddalar yig„ilgan havoni ruxsat etilgan konsentratsiyagacha suyultiradigan havo miqdorini qo„yidagi tenglama bilan aniqlash mumkin: W = q ∙ 10 6 /C yqchq - C o , m 3 /soat (3) bu yerda: q – vaqt birligida ishchi xonada ajralishi mumkin bo„lgan zararli moddalar miqdori, g/sek, C yqchq – sanitariya normasi bo„yicha zararli moddaning yo„l qo„yish mumkin bo„lgan chegara konsentratsiyasi, mg/m 3 , C o – yuborilayotgan havodagi zararli modda miqdori, mg/m 3 . Sanitariya normalarida belgilanishicha C o miqdori C yqchq miqdorining 30% dan oshmasligi kerak. Agar toza havo berilayotgan bo„lsa C o miqdori nol bo„ladi. Xona ichidagi har xil uskunalardan ajralayotgan namlikni kamaytirish maqsadida xonaga yuborilishi zarur bo„lgan havo miqdorini (W) qo„yidagi tenglamadan aniqlash mumkin: W = G ∙ 1000 / 1,29∙ (d 2 - d 1 ), m 3 /soat (4) bu yerda: G – havoga ajralib chiqayotgan bug„lar miqdori, g/s, d 1 – kiritilayotgan havodagi namlik miqdori, kg/s, d 2 – xonadan chiqarib yuborilayotgan havodagi namlik miqdori, kg/s. Umuman sanitariya normalarida sanoat korxonalari xonalaridagi havoda namlik belgilanmaydi, ammo havodagi nisbiy namlik miqdori belgilanadi. Sanoat korxonalari zonalarida ajralib chiqayotgan issiqlik miqdorini belgilangan me‟yorga keltirish uchun amalga oshiriladigan shamollatishda kerak bo„ladigan sof havo miqdori (W) GOST 12.2.028-84 ga asosan qo„yidagi tenglama bilan topiladi: W = Q ort / C ∙ ρ ∙ (t u - t k ), m 3 /soat (5) bu yerda: W – normal sharoit yaratish uchun zarur bo„lgan havo miqdori, m 3 /s, Q ort – ortiqcha issiqlik miqdori, Kkal/s, Vt, C – havoning issiqlik sig„imi, Kdj/kg, K, ρ - 293°K haroratdagi havoning zichligi, kg/m3, t u – chiqarib yuborilayotgan havoning harorati, K, t k – zonaga kiritilayotgan havo harorati, K. Ortiqcha issiqlik miqdorini (Q ort ) ni har xil issiqlik manbalaridan chiqayotgan issiqliklar miqdorining yig„indisi sifatida topiladi. Download 0.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling