8-mavzu: Mashina va apparatlarning xavfsiz ishlashini ta’minlash Reja
Mikroiqlimning organizmga ta’siri
Download 0.94 Mb. Pdf ko'rish
|
Texnosfera omillari fanidan 8-15-ma\'ruzalar
Mikroiqlimning organizmga ta’siri.
Inson organizmi havo haroratining juda katta o„zgarishiga moslasha oladi. Chunki odam organizmida uzluksiz ravishda issiqlik paydo bo„ladi va u tashqariga ajralib chiqib turadi, buning natijasida issiqlikning paydo bo„lishi va sarf qilinishi orasidagi doimiy nisbat hamda harorat bir xil darajada saqlanib turadi. Bu fiziologik jarayon esa organizmning isiqlik almashinuvi deyiladi. Odam organizmida uzluksiz paydo bo„ladigan issiqlik tashqariga uch xil yo„l bilan chiqadi: konveksiya, nur tarqatish va terlash. Normal mikroiqlimda (havo harorati 20 o S atrofida) konveksiya 30%, nur tarqatish 45%, terlash yo„li bilan esa 25% atrofida organizmdan issiqlik ajralib chiqadi. Noqulay iqlim sharoitida organizmning issiqlik almashuvi jarayoni buzilishi natijasida, organizmdagi hayotiy zarur a‟zolarning normal ishlashi qiyinlashadi va fiziologik funksiyalari o„zgaradi. Yuqori harorat yurak va qon tomir tizimiga juda katta ta‟sir ko„rsatadi. Yuqori harorat qon tomir urushi tezlashishiga va organizmning harorati ko„tarilishiga olib keladi. Bu esa organizm issiqlik almashuvining buzilishidan darak beradi. Yuqori harorat ta‟siri natijasida qon bosimi pasayadi, qonning kimyoviy tarkibi o„zgaradi. Issiq havo ta‟sirida organizmdan suyuqliklar bilan bir qatorda juda ko„plab gazlar ham ajralib chiqadi. Organizmning suv-tuz balansi buzilishi natijasida kishilar tomir tortishish kasalligiga uchrashlari mumkin. Yuqori harorat ovqatlanish a‟zolariga va vitamin almashuviga ham yomon ta‟sir qiladi. Kishilar juda issiq muhitda uzoq muddat ishlashi natijasida ular organizmi qizib ketishi, ya‟ni issiq urushi mumkin. Butun organizmning ortiqcha qizib ketishidan paydo bo„lgan issiq urushidan oftob urushini farq qilish kerak. Oftob urushi issiqlik nurlarining to„g„ridan-to„g„ri boshga ta‟sir qilishidan va bosh miyaning 40-42 gradusgacha isishida paydo bo„ladi. Bunda tana harorati normal holda qolishi yoki salgina ko„tarilishi mumkin. Ba‟zida oftob-issiq urishining aralash formalari uchraydi. Sovuq havoning organizmga ta‟siri natijasida organizmning har xil bakteriyalarga bo„lgan qarshiligi susayadi. Natijada kishilar gripp, nafas olish yo„llarini shamollashi, o„pka shamollashi, nerv va bosh miyaning shamollashi kasali bilan kasallanadilar. Shuning uchun ham bu kasalliklar shamollanish kasalligi deb ataladi. Download 0.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling