mahalliy ta‟siri organizmning nurlanayotgan qismida issiqlik sezilishi bilan
ifodalanadi. Nurlanish darajasi qancha yuqori bo„lsa, issiqlik sezishi ham shuncha
yuqori bo„ladi, hatto kuyishgacha borib yetadi. Infraqizil nurlar ta‟sirida tana
harorati ko„tariladi, tomir urushi
va gaz almashuvi tezlashadi, ba‟zida esa qon
bosimi pasayishi va nafas olishning tezlashishi kuzatiladi.
Infraqizil nurlarning organizmga ta‟sirining o„ziga
xos xususiyati shundan
iboratki, oqsil tuqimalaridan kimyoviy o„zgarish keltirib chiqaradi. To„g„ridan-
to„g„ri ko„zga tushganda esa ko„z gavharini xiralashtiradi.
Ultrabinafsha nurlarning organizmga ta’siri. Ultrabinafsha nurlar ko„zga
ta‟sir qiladi, ko„z unga qum kirganga o„xshab og„riydi, ko„z yorug„likdan qo„rqadi,
qizaradi va bir oz shishadi. Bular hammasi
elektrooftalmiya kasalligiga xos bo„lib,
ultrabinafsha nurlar ta‟sir qilgandan 6-8 soat keyin bilinadi, gohida ikki sutkagacha
davom etadi.
Ultrabinafsha nurlar nisbatan katta bo„lmagan miqdorda organizmga ijobiy
ta‟sir ko„rsatadi. Ular organizmda qon ko„payishiga
D vitaminning paydo
bo„lishiga va modda almashuvining yaxshilanishiga sababchi bo„ladilar. Bulardan
tashqari, ultrabinafsha nurlar havodagi va narsalardagi bakteriyalarni o„ldiradilar.
Mana shu xususiyatga ko„ra ultrabinafsha nurlar tibbiyotda davollash va
profilaktika vositasi sifatida keng qo„llaniladi.
Havoning namligi va harakatchanligi ham kishi organizmiga sezilarli ta‟sir
qiladi va organizmning issiqlik almashuvining o„zgarishida ifodalanadi.
Ishlab chiqarish mikroiqlimining gigenik normalari.
Ishlab chiqarish mikroiqlimi normalari “Sanoat
korxonalarini loyihalash
sanitariya normalari” (SN 245–71)ga, “Mehnat xavfsizligi standartlari tizimi”, “Ish
zonasi mikroiqlimi” GOST 12.1.005-76 ga asosan belgilanadi. Ular gigienik va
texnik-iqtisodiy tartiblar hamda talablarga asoslangan.
Sanoat korxonalarida xonalarning xili (oddiy, issiq), yil fasllari (issiq, sovuq,
o„zgaruvchan) va ish kategoriyasiga (yengil, o„rtacha va og„ir) qarab,
ulardagi
harorat, nisbiy namlik va havo harakati tezligining ish joylari uchun ruxsat etilgan,
optimal normalari belgilangan.
Do'stlaringiz bilan baham: