ettiriladi. Transfertlar joriy va kapital transfertlarga bo‘linadi.
Transfertlarni joriy vakapitalga ajratilishining sababi ularning
qay tarzda ishlatilishiga bog‘liq. Agarda transfertlar sifatida
berilayotgan yoki olinayotgan aktivlar ishlab chiqarish vositasi
sifatida ishlatilsa, bunday aktivlar kapital transfertlar, agarda
oraliq yoki pirovard iste’molsifatida ishlatilsa – joriy
transfertlar hisoblanadi.
MHTda joriy transfertlar pul vanatura holatida berilishi
mumkin. Joriy transfertlarga quyidagilar kiradi:
204
‰ daromad va mulk uchun joriy soliqlar;
‰ ijtimoiy sug‘urta ajratmalari;
‰ ijtimoiy to‘lovlar;
‰ sug‘urta badallari va qoplamalari;
‰ ijtimoiy nafaqalar;
‰ turli qayta taqsimlash to‘lovlari (jarimalar, penyalar, xayr
ehsonlar va h.k.).
Iqtisodiyotda daromadlarni ikkilamchi taqsimlash schyoti
Foydalanish Resurslar
3.Tashqi dunyoga berilgan joriy
transfertlar
4. Yalpi milliy ixtiyordagi
daromad (4=1+2-3)
1.Yalpi milliy daromad
2.Tashqi dunyodan olingan joriy
transfertlar
Jami:(3+4) Jami: (1+2)
Schyotni balanslashtiruvchi ko‘rsatkichi iqtisodiyotda yalpi
milliy ixtiyordagi daromad, sektorlardagi yalpi ixtiyordagi
daromad ko‘rsatkichidir.
Shuni aytish lozimki, qayta taqsimot jarayonlari pul
ko‘rinishidagi transfertlardan tashqari natura shaklidagi
transfertlar orqali ham bo‘ladi. Bu transfertlar uy xo‘jaliklarining ayrim oilalarini ijtimoiy himoyalash va yordam maqsadida
amalga oshiriladi. Bularni natura shaklidagi ijtimoiy transfertlar
deyiladi. Bu schyotningumumiy tuzilish chizmasi quyidagicha:
Do'stlaringiz bilan baham: |