8 мавзу: Миллий ҳисоблар тизими ва миллий даромад кўрсаткичлари


olmaydi. Albatta mahsulot sotishdan tushgan tushumning ishlab


Download 321.5 Kb.
bet3/47
Sana08.03.2023
Hajmi321.5 Kb.
#1249371
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47
Bog'liq
8 мавзу Миллий ҳисоблар тизими ва миллий даромад кўрсаткичлари

olmaydi. Albatta mahsulot sotishdan tushgan tushumning ishlab
chiqarish xarajatlarini qoplash uchun sarflangan qismini
daromad deb bo‘lmaydi.
185
J.Xiks konsepsiyasining daromad ta’rifida faqat takror ishlab
chiqariladigan kapitalni hisobga olinadi. Masalan, biror kishi
sotilgan uyidan olingan mablag‘ni bankka qo‘yib, shu
mablag‘dan tushgan foiz hisobiga yashyotgan bo‘lsa, uyni
sotishdan olingan mablag‘ daromab bo‘la olmaydi, chunki bu
holda aktivlar shaklining o‘zgarishi sodir bo‘ladi, ya’ni aktiv
moddiy shakldan moliyaviy shaklga o‘tadi. Bankdan olingan
foizlar esa, aynan daromad hisoblanadi.
Agar sotilgan uydan olingan mablag‘ning bir qismi iste’mol
tovarlarini sotib olishga sarflansa, bu holda daromad nolga teng
bo‘ladi va jamg‘arma shu sarf etilgan qismga kamayadi. Agar
iste’mol tovarlarini sotib olish uchun qarz yoki kredit olingan
bo‘lsa, bu holda ham daromad nol darajada qayd etiladi.
Ikkinchidan, naqd pullarning ko‘payishi, yoki bankdagi
depozitlar va boshqa moliyaviy aktivlarning ko‘payishini
jamg‘armaning ko‘payishiga tenglashtirib bo‘lmaydi, chunki
moliyaviy aktivlarning ko‘payishi, yoki aktiv shaklining
o‘zgarishi sababli ro‘y berishi mumkin. Masalan, naqd pulning
ko‘payishi aksiyalarni sotish evaziga yoki qarz olish evaziga
ko‘payishi mumkin, yoki jamg‘armaning bir qismi moddiy
aktivlarni sotib olishga sarflanishi mumkin. Bu holda ixtiyordagi
daromad tarkibida pirovard iste’mol xarajatlari hajmining ortishi
va jamg‘arma hajmining kamayishi sodir bo‘ladi.
Uchinchidan, tasodifiy sabablar ta’sirida yoki tashqi omillar
ta’sirida kapital qiymatining ortishi daromad bo‘lib hisoblanmaydi,

Download 321.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling