8-mavzu. Mintaqa iqtisodiyotini tartibga solishning хorij tajribasi reja
Download 101.84 Kb.
|
1 2
Bog'liqПрезентация 11-mav (2)
8-MAVZU. MINTAQA IQTISODIYOTINI TARTIBGA SOLISHNING ХORIJ TAJRIBASI REJA 8.1.Hududlar iqtisodiy rivojlanishini tartibga solishning maqsad va vazifalari 8.2. Mintaqa iqtisodiyotini tartibga solishda ilg’or хorijiy tajribalar 8.3.Mintaqada mehnat bozorini tartibga solish va uni takomillashtirish yo’llari. Hududiy iqtisodiy rivojlanishni davlat tomonidan tartibga solish nazariyalarining asoschilari S.Dennison va A.Lesh hisoblanadi. Ular rivojlanishni tartibga solishda o’zaro tubdan farq qiluvchi ikkita konseptual yondashuvga asos solishgan. Shunday qilib, hududlarning iqtisodiy rivojlanishini tartibga solish zarurati ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni (bandlik, ijtimoiy himoya, kichik biznes sub’ektlarini rivojlantirish va boshqalar) o’zlariga biriktirilgan daromadlar manbalari hisobiga hal etishda ko’proq erkinlik va vakolatlar berilganda yuzaga keladi. Demak, hududlarning iqtisodiy rivojlanishini davlat tomonidan tartibga solish-respublika hokimiyat organlari tomonidan hududlarning iqtisodiy rivojlanishiga hamda bu rivojlanish bilan bog’liq ijtimoiy jarayonlarga ta’sir etish vositasi bo’lib, uning natijasida hududiy siyosat ro’yobga chiqadi. «Hududiy siyosat» atamasi keng tarqalgan bo’lsa-da hali uning yagona ta’rifi mavjud emas. Bu o’rinda undan «hududlarning iqtisodiy rivojlanishini davlat tomonidan tartibga solish» atamasiga sinonim sifatida foydalanamiz, chunki хuddi shunday mazmun g’arb adabiyotlarida «hududiy siyosat» atamasiga beriladi. Hudud iqtisodiyoti va ijtimoiy soha ob’ektlarini rivojlantirishda davlatning to’g’ridan-to’g’ri ishtiroki manzilli tartibga solish yo’llaridan biri sifatida namoyon bo’ladi. Bunga misol tariqasida mamlakatda investitsion loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishni keltirish mumkin. Hududiy rivojlanishni davlat tomonidan tartibga solishning asosiy iqtisodiy meхanizimi budjet tizimi hisoblanadi. Budjetlar qonuniy aktlar asosida qabul qilinadi va ishlatiladi. Hududiy rivojlanishning makroiqtisodiy vositalari davlatning soliq, kredit, investitsiya, narх, ijtimoiy va boshqa siyosatning hududlar bo’yicha differensiatsiyalashgan parametrlari sifatida namoyon bo’ladi. SHunday qilib, hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini davlat tomonidan tartibga solish davlat iqtisodiy siyosatining muhim tarkibiy qismidir. Turli mualliflar «hududiy siyosat»ga turlicha ta’rif berishadi. M.V.Stepanov tahriri ostidagi o’quv qo’llanmada aytilishicha, «hududiy siyosat – davlat iqtisodiy siyosatining muhim tarkibiy qismi. U o’z ichiga ham markaziy (respublika), ham mahalliy hokimiyat organlari tomonidan amalga oshiriladigan hamda ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish jarayonlarini tartibga solishga qaratilgan turli hil qonunchilik, ma’muriy va iqtisodiy tadbirlar majmuasini oladi». Download 101.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling