8-mavzu. Naqd pul aylanmasi va uning xususiyatlari


Download 20.77 Kb.
bet1/2
Sana14.04.2023
Hajmi20.77 Kb.
#1356454
  1   2
Bog'liq
8-мавзу


8-mavzu. Naqd pul aylanmasi va uning xususiyatlari
8.1. Naqd pul aylanmasi va uning xususiyatlari
8.2. Pul muomalasi qonuni va uning mohiyati
8.1. Naqd pul aylanmasi va uning xususiyatlari
Ma’lumki, kengaytirilgan takror ishlab chiqarish bosqichlari pullik munosabatlar orqali amalga oshadi. Ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan resurslarni sotib olish, ularni ishlab chiqarish jarayonida foydalanish va yetishtirilgan maxsulotlarni sotish jarayoni odatda korxona va tashkilotlar o’rtasida olib boriladigan pullik munosabatlarga bog’liq.
Korxonalar, tashkilotlar, muassasalar o’rtasidagi va xo’jaliklarni o’z xodimlari bilan bo’ladigan hisob – kitob munosabatlari naqd pullik va naqd pulsiz shaklda olib boriladi.
Naqd pullik hisob – kitoblarga kelganda naqd pulning harakati bankdan boshlanadi. Naqd pul bankdan chiqqach korxona va tashkilotlar kassasi orqali aholi qo’liga o’tadi. Oldi – sotdi va to’lov harakatlari bajarilgach u yana bankga qaytadi.
Mamlakatimizda naqd pul qo’llaniladigan pul aylanishi asosan quyidagi sub’yektlar o’rtasida bo’ladi.
1. Davlat va korxona, tashkilotlar, muassasalar o’rtasida (ish haqi, tovar sotib olish, xizmat ko’rsatish bo’yicha to’lovlar va boshqalar).
2. Davlat va aholi o’rtasida (pensiya, nafaqa, byudjetga soliq to’lovlari va boshqalar)
3. Kredit tizimi va aholi o’rtasida (qarz olish, uni qaytarish, pulni jamg’armaga qo’yish va olish, yutuqlarni olish va boshqalar)
4. Korxona, tashkilot va muassasalar o’rtasida cheklangan holdagi naqd pul bo’yicha hisob – kitoblar, chunki ular o’rtasidagi hisob – kitoblar asosan naqd pulsiz amalga oshiriladi.
Pulning naqd aylanishi – bu naqd pul yordamida amalga oshiriladigan to’lovlar yig’indisidir. Bu aylanish pul o’zining to’lov va muomila vositasi funkciyalarini bajarishi bilan bog’liq.
Naqd pullar muomila vositasi sifatida aholi bilan korxona, tashkilotlar o’rtasida hamda aholi o’rtasidagi tovarlar sotib olinganda va sotishda qo’llaniladi.
Pul to’lov vositasi sifatida ish xaqi, nafaqalar, mukofotlar, yakka tartibdagi qurilish va boshqa maqsadlarga beriladigan kreditlar, sug’urta to’lov va qoplamalarini amalga oshirishda namoyon bo’ladi.
Undan tashqari naqd pulning aylanishi:
- kommunal va maishiy xizmatlar uchun to’lovlarda;
- soliq va boshqa yig’imlar to’lovida;
- «O’zbekiston pochtasi» xizmatlari bo’yicha to’lovlarda;
- temir yo’l, havo yo’li va mahalliy transportga to’lovlarda;
- savdoda tovarlarni sotishda;
- qo’yilmalarni qo’yish va olishda;
- mehnat haqi, pensiya va nafaqalar to’lovini amalga oshirishda va boshqa xolatlarda amalga oshiriladi.
Shuni ta’kidlash lozimki, pulni naqd va naqd pulsiz aylanishi bir – biri bilan uzviy bog’liq, chunki pul naqd pul aylanishidan naqd pulsiz aylanishga va aksincha aylanib doimiy harakatda bo’lib, umumiy pul aylanishini ta’minlaydi.
Korxona, tashkilot va muassasalarning banklardagi hisob raqamlaridagi pul mablag’lari quyidagi xollarda naqd pulga aylanadi:
- Ishchi, xizmatchilarga ish haqi berishda;
- ko’rsatilgan xizmat va ishlar uchun naqd pul to’lovida;
- pensiya, nafaqa, har xil mukofotlar, sug’urta qoplamasi to’lovida;
- aholidan qishloq xo’jalik maxsulotlari sotib olinganda;
- davlat zayomlari va lotoreya biletlari bo’yicha to’lovlarda;
- aholi banklardan o’z jamg’armalarini talab qilganda va boshqa hollarda.
O’z navbatida naqd pullar quyidagi hollarda naqd pulsiz aylanishga tushadi:
- uy– joy va kommunal xizmatlar uchun to’lovlarda;
- har xil soliq va yigimlar, boj va jarimalar to’lovlarida;
- aloqa tashkilotlariga to’lovlarda;
- davlat zayomlari, lotoreya va boshqa uyinlardan tushumlar orqali;
- aholini yakka tartibdagi banklar bilan qurilish va boshqa kredit munosabatlari bo’yicha to’lovlarda;
- bolalar muassasalaridan foydalanish bo’yicha to’lovlarda;
- dam olish uylari va boshqa sog’lomlashtirish muassasalaridan foydalanish bo’yicha to’lovlarda va boshqa hollarda.
Pulning naqd pullik aylanishga o’tish jarayoni pul muomilasi uchun xatarliroq ekanligi tufayli Markaziy bank tomonidan u qattiq nazorat qilinadi.
Naqd pullik munosabatlarning xususiyatlari yana shundaki, bir pul belgisi bir necha marta to’lovlarni amalga oshirishda ishtirok etadi. Muomilada bo’lgan naqd pul massasi ma’lum bir davrda (oy, chorak, yillarda o’zgarmas bo’lib turgan holda naqd pul aylanishi pulni aylanish tezligiga ko’ra muomiladagi naqd pul miqdoridan bir necha marta ko’p bo’lishi mumkin va aksincha.
Pul aylanishida to’lov aylanishi bilan naqd pulsiz aylanishlar o’rtasidagi farqni bilish lozim. To’lov aylanishi deb pulning to’lov vositasi sifatida harakati tufayli vujudga kelgan pul aylanishiga aytiladi. Naqd pulsiz aylanish to’lov aylanishining tarkibiy qismi bo’lib naqd pulsiz aylanish va naqd pul aylanishining pulning to’lov vositasi funktsiyasi tufayli yuzaga keluvchi qismi hisoblanadi.
Mamlakatimizda pul aylanishining asosiy qismi naqd pulsiz hisob – kitoblarga to’g’ri keladi.
Naqd pulsiz hisob – kitoblar deganda korxona va tashkilotlar tomonidan tovar ayirboshlash, xizmatlar ko’rsatish va tovarsiz operasiyalar bo’yicha bir – biriga bo’lgan talab va majburiyatlarini naqd pul ishlatmasdan pul mablag’larini schyotdan – schyotga o’tkazish orqali amalga oshirilishi tushuniladi.
Mamlakat iqtisodi rivojlanib borgan sari pul oborotida naqd pulsiz hisob – kitoblarning ulushi ortib boradi.
Shu asosda O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi tomonidan 1998 yil 27 – iyunda №60 son bilan tasdiqlangan «O’zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob – kitoblar to’g’risida» Nizom qabul qilingan va unga 2002 yilni 12 yanvarida ayrim o’zgartirishlar kiritilgan.
Ushbu Nizom O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksi, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Banklar va bank faoliyati to’g’risidagi, O’zbekiston Respublikasi korxonalari to’g’risidagi Qonunlari va O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining O’zbekiston hududida naqd pulsiz hisob – kitoblarni tartibga soluvchi boshqa me’yoriy hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan va Respublika makonida hisob – kitoblarni uzluksiz bajarilishini ta’minlashga mo’ljallangan.
Naqd pulsiz hisob – kitoblarning zaruriyati quyidagilar bilan belgilanadi:
1. Yalpi ichki maxsulot va milliy daromad xajmining ortib borishi.
2. Tovar aylanishi hajmini o’sishi.
3. Xo’jalik subyektlari o’rtasida hisob – kitob munosabatlarining oshishi.
4. Bank kreditining ayirboshlash jarayonidagi rolini o’sishi.
5. Iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishda va hisob – kitoblarda elektron hisoblash texnikasidan, kompyuterlardan keng ko’lamda samarali foydalanishni oshishi.
6. Naqd pulning kuprok miqdorda oldi – sotdi bilan shug’ullanuvchi ishbilarmonlar qo’liga o’tib ketganligi.
7. Pulning davlat gaznasidan chiqib yana qaytib kelishi jarayonlarida uzilishlarning paydo bo’lishi.
8. Davlatning naqd pul yetishmasligi muammosiga duch kelishi va boshqalar.
Naqd bo’lmagan pul harakati hajmining doimiy o’sib borishi xalq xo’jaligida muhim ahamiyatga ega va u quyidagilar bilan belgilanadi:
- xo’jalik sub’yektlarining naqd pulga bo’lgan ehtiyoji keskin qisqaradi;
- o’zaro hisob – kitoblarni amalga oshirish jarayonidagi muomila xarajatlari tejaladi;
- muomiladagi pul mablag’larining xavfsizligi kamayadi;
- hisob – kitoblarni banklar orqali amalga oshirilishi ularning xuquqiy jihatdan qonuniyligini ta’minlaydi.
- xo’jalik hisob varag’iga pul mablag’larining kelib tushishi, ular yaratgan maxsulot yoki ko’rsatgan xizmatlarnig ijtimoiy tan olinishi ta’minlanadi;
- xo’jaliklar o’rtasidagi aloqalarni mustaxkamlaydi, tovar – pul mablag’lari xarakatini tezlashtiradi;
- naqd pulga bo’lgan talabni va shu bilan birga qog’oz pullar emissiyasi va ularni saqlash bilan bog’liq xarajatlarni kamaytiradi;
- hisob – kitoblarni banklar orqali o’tishi lozim bo’lgan soliqlar miqdorini to’g’ri aniqlash bo’yicha nazoratni ta’minlaydi;
- muomilada naqd pul miqdorini kamayishi uning inflyaciya darajasini pasaytiradi va boshqalar.
Naqd pulsiz hisob – kitoblarni tashkil etish va amalga oshirishni banklar olib boradi. Maxsus banklar xalq xo’jaligi tarmoqlari korxonalariga hisob – kitob xizmatini ko’rsatadi. Markaziy bank bu hisob – kitoblarni yuritish bo’yicha tartib qoidalarni ishlab chiqadi.
Naqd pulsiz hisob – kitoblar quyidagi unsurlarni o’z ichiga oladi:
- naqd pulsiz hisob – kitoblarni olib borish va amalga oshirishning asosiy tamoyillari;
- hisob – kitob shakllari;
- hisob – kitob hujjatlari;
- to’lov turi;
- to’lov navbati va manbalari;
- hisob – kitob qatnashchilari;
- hisob – kitob qatnashchilarining xuquq va majburiyatlari va boshqalar
Naqd pulsiz hisob – kitoblar quyidagi asosiy tamoyillarga asoslanadi:
1. Korxona va tashkilotlar o’z pul mablag’larini (qarzga olganlarini ham) banklarda saqlashi zarur.
2. Barcha naqd pulsiz hisob – kitoblarni bank orqali o’tishi.
3. Xo’jalik sub’yektlari hisob – kitoblar shakllarini erkin tanlashlari va uni shartnoma orqali mustahkamlab qo’yishlari.
4. Xo’jalik sub’yektlarining hisob – kitoblar bo’yicha shartnomaviy munosabatlariga bankni aralashmasligi.
5. Tovarlar va xizmatlar uchun to’lovlar to’lovchining roziligi bilan amalga oshirilishi.
6. To’lovlar xo’jalik subyektlarining hisob varaqasidagi mablag’lari hisobidan, ba’zida (agar korxona kredit olishi mumkin bo’lsa) bank krediti hisobidan amalga oshirilishi.
7. Mol yetkazib beruvchining hisob varag’iga pul mablag’larini o’tkazish mazkur mablag’larning mol sotib oluvchining hisob varagidan chiqarilgandan keyin amalga oshiriladi.
8. To’lovchi tegishli huquqga ega bo’lsa to’lovni qisman va to’liq rad etishi.
Xo’jalik sub’yektlari pul mablag’larini saqlash va hisob – kitoblar olib borish, kassa operasiyalarini amalga oshirish uchun tegishli bank bo’linmalarida o’zlarining hisob varaqlarini ochadi.
Byudjet hisob varaqlari byudjet kassasini ijro etish operasiyalarini bajarish, to’lovlarning tushumi va xarajatlarni aks etirish uchun ochiladi.
Ssuda hisob varaqlari ma’lum tartibda rasmiylashtiriladigan ssudalar (kreditlar) bo’yicha ochiladi.

Download 20.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling