8-mavzu. Natijaviy klauzurani A3 formatda bajarish. Klauzurani tugatish. Reja
Download 1 Mb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq8-mavzu (amaliy mashg\'ulot)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Bino tarxlaridagi xonalarni tartibga solishni tushuntirish. 1. Loyiha g‘oyasida ko‘rsatilgan konstruktiv echimni tarxga bog‘liqligiga
- .1-rasm.) 7 .1-rasm.
8-MAVZU. Natijaviy klauzurani A3 formatda bajarish. Klauzurani tugatish. Reja: 1.Loyiha g‘oyasida ko‘rsatilgan konstruktiv echimni tarxga bog‘liqligiga e’tibor berish. 2. Binoning tarz qismini badiiy echimini topish. 3. Bino tarxlaridagi xonalarni tartibga solishni tushuntirish. 1. Loyiha g‘oyasida ko‘rsatilgan konstruktiv echimni tarxga bog‘liqligiga e’tibor berish. Qurilish materiallari va konstruksiyalarning qo‘llanilishi qabul qilingan konstruktiv sxemaga va qurilish – montaj ishlarini ishlab chiqarish metodlariga bog‘liq bo‘ladi, qo‘llaniladigan qurilish materiallari va konstruksiyalari abadiy arxitekturaviy yodgorlik sifatidagi kamida 125 yil muddatda xizmat qiladigan oliy arxitektura san’ati ob’ektini yaratish to‘g‘risidagi unikal mualliflik g‘oyasiga to‘liq javob bermog‘i lozim. O‘quv mashg‘ulotlarini bajarish maqsadida 7 – 8 – 9 balli seysmiklik uchun 12 balli shkala bo‘yicha quyidagilar tavsiya etiladi: poydevorlar – quyma temirbeton va yig‘ma temirbeton bloklardan bajariladi; devorlar mahalliy qurilish materiallari (pishgan g‘isht, shlakobloklar) ning temirbeton karkali va qavatlar balandligida quyma temirbetonli belbog‘ bilan kompleks konstruksiya tashkil etish orqali bajariladi; g‘ishtli devorlarning qalinligi Toshkent sharoitida 38sm (1,5 g‘isht) qilib bajariladi. Tom yopilmasini – qalinligi 22sm bo‘lgan ko‘p teshikli temirbetonplitalar tashkil etadi, bunday plitalar bilan 3,0m dan 7,2m gacha bo‘lgan oraliqlar yopiladi; antiseysmik konstruktiv tadbirlar devorlarning rejadagi o‘qlarining siljishiga yo‘l qo‘ymaslikni taqazo etadi; antiseysmik tadbirlarning talablarini bajarish majburiydir! Evakuatsiya zinapoyalari – yig‘ma temirbeton konstruksiyalardan bajariladi; tom – cherdakli bo‘lib, og‘ma holatda joylashgan metall sitropilalarga turli ranglarga ega bo‘lgan metall cherepitsalarning mahkamlash orqali yopiladi va qor – yomg‘ir suvlarining tashqi to‘plangan holda oqimi tashkil etiladi. Mansardli qavatlarning va yassi tom qismlaridan hovlilar sifatida foydalanish orqali pent – xauz kvartiralarning qurilishiga ruxsat beriladi: fasadlarning tashqi pardozi ranglarning qo‘llanishi bilan yuqori sifatli materiallarning qo‘llanishi bilan amalga oshiriladi.(7.1-rasm.) 7.1-rasm. Zinapoyalarning loyihaviy echimlari. 7.2-rasm.Bino konstruktiv echimini tarxga bog‘liqligi. Gelfond A.L “Arxitekturnoe proektirovanie obщestvennыx zdaniy i soorujeniy” ucheb.posobiya izd. Arxitektura – S. M., 2010 g. 392 bet Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling