8-mavzu. Natijaviy klauzurani A3 formatda bajarish. Klauzurani tugatish. Reja
Binoning tarz qismini badiiy echimini topish
Download 1 Mb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq8-mavzu (amaliy mashg\'ulot)
- Bu sahifa navigatsiya:
- (7.2- rasm.) 7.2-rasm.
- 3. Bino tarxlaridagi xonalarni tartibga solishni tushuntiradi.
- (23.4-rasm) 7.4-rasm
2. Binoning tarz qismini badiiy echimini topish. Turar uy-joy, jamoat binolarini muvaffaqiyat bilan uyg‘unlashtirib mikrorayon va turar joy hududlarini joylashtirish, kompozitsion har-xil siluetlar hosil qilish, rang va fakturalardan to‘la foydalanish, er sathi bilan to‘la uyg‘unlashib ketishi, ko‘kalamzorlashtirish va suv bilan to‘g‘ri ta’minlash qurilishdagi loqayd ko‘rinishlarni yo‘qotishga olib keladi. Tipik loyihalarga har-xil yangi usullarni kiritish yo‘li bilan turar-uylar badiiy echimini boyitish lozim. Me’morlar bu usullardan to‘g‘ri foydalanib kompozitsion tizimga ega bo‘lgan turar joy, bekatlar va uylar loyihasini tuzadilar. SHunday qilib me’morlar muvaffaqiyatli loyihalar uchun har xil usullarni qo‘llab turar joy massivlarini boyitishi, tajriba va ijodiy yondoshish orqali har - xil kompozitsion vazifalarni hal etishlari mumkin.(7.2- rasm.) 7.2-rasm.Binoning tarz qismini badiiy echimi. 7.3-rasm.Binoning tarz qismini badiiy echimi. 3. Bino tarxlaridagi xonalarni tartibga solishni tushuntiradi. a) bir seksiyali bir nuqtaga jamlangan tipda va ko‘p seksiyali (plastinali) tipda bo‘ladi, bunday uylarda blok – seksiyalarning hamma kvartiralari qavatlar bo‘yicha vertikal kommunikatsiyalar bloki – tutun to‘planmaydigan zinapoyalar va liftlar atrofida qisqa koridorlarga ega bo‘lgan holda guruhlantiriladi (eng uzoq joylashgan kvartiradan tutun to‘planmaydigan zinapoya kletkasidagi ochiq lodjiyagacha bo‘lgan masofa 12 metrdan oshib ketmasligi lozim); b) galereyali va kalidorli tipdagi yashash uylarida kvartiralardan vertikal kommunikatsiyalarning lokalli blokiga chiqish qavatlar bo‘ylab joylashgan ochiq galereyalar yoki yopiq koridorlar orqali amalga oshiriladi (tashkil etiladi): v) yashash uylari qo‘shma (aralash) rejaviy (tarxiy) sxemalari: galereyali – seksiyali yoki koridorli – seksiyali bo‘lib, ular qisqa galereya yoki koridorlarga ega bo‘ladi, bunday qo‘shma (aralash) sxemalar bitta zinapoyaga to‘g‘ri keladigan kvartiralarning sonini oshirish imkonini beradi. Bunda shuni nazarda tutish lozim, galereyalar va koridorlar seksiyalar chegarasida (ichida) maydon va hajmlarni egallaydi, bu esa har bitta zinapoya kletkasining maydoni va hajmini sezilarli darajada oshiradi. SHu sababli seksiyali sxema iqtisodiy jihatdan ancha samarali bo‘lib qolaveradi a) galereyali – seksiyali va koridorli – seksiyali sxemalar ko‘p qavatli (baland) liftli yashash uylari uchun ancha qulay bo‘lib, bunda zinapoya – liftli tugun o‘zida tutun to‘planmaydigan zinapoya kletkasini namoyon etadi, zinapoya kletkasi prujinali o‘zi yopiladigan evakuatsion eshikka ega bo‘ladi, bu evakuatsion eshik orqali avval liftli holga so‘ngra esa ochiq balkonli o‘tish joyi bo‘yicha tashqi ochiq havoli zonaga chiqiladi.(23.4-rasm) 7.4-rasm.Bino tarxlaridagi xonalarni joylashish echimi. Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling