8-Mavzu Ochiq ma’lumotlar portali. O’zbekiston Respublikasining Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to’g’risidagi qonuni
Elektron xarid tizimi tadbirkorlarga katta qulaylik yaratmoqda
Download 375.22 Kb.
|
elektron hukumat
Elektron xarid tizimi tadbirkorlarga katta qulaylik yaratmoqdaMamlakatimizda tadbirkorlik subyektlariga qulay imkoniyatlar yaratish tizimi yildan-yilga takomillashmoqda. Davlat xaridlari tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilgani, ya’ni tadbirkorlar uchun elektron xarid qilish imkoniyati yaratilgani katta qulayliklar yaratayotir. Bu borada Respublika tovar-xomashyo birjasi tomonidan izchil ishlar olib borilmoqda. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari elektron shakldagi korporativ xaridlar tizimiga keng jalb qilinayotir. Bu raqobatni rivojlantirib, tovarlar narxlarining oshkoraligini ta’minlash va optimallashtirishga yo‘l ochmoqda. 2011-yildan buyon mazkur birjada davlat xaridlarining elektron tizimi joriy etilgan. Bu boshlang‘ich narxlarni pasaytirish bo‘yicha elektron auksion savdolar o‘tkazilishi, davlat byudjeti mablag‘laridan samarali foydalanish va kichik biznes subyektlarining davlat buyurtmalaridagi ishtirokini kengaytirishga imkoniyat yaratdi. Bunda Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning 2011-yil 7-fevraldagi “Davlat xaridlari tizimini maqbullashtirish va ularga kichik biznes subyektlarini jalb etishni kengaytirish to‘g‘risida”gi qarori muhim dasturilamal bo‘ldi. Elektron xaridlar tizimi davlat va korporativ xaridlar savdo platformalaridan iborat bo‘lib, ular boshlang‘ich narxlarni pasaytirishga qaratilgan elektron auksion savdolar shaklida amalga oshiriladi. Davlat xaridlarini amalga oshirishning barcha bosqichlari, ya’ni tovarlarni sotib olish to‘g‘risidagi e’lonni berishdan tortib, to tovarni yetkazib beruvchini aniqlashgacha bo‘lgan barcha jarayonlar elektron shaklga o‘tkazilgani xaridlarni amalga oshirish jarayoni va ularning natijalariga inson omilining ta’sir etishini imkon qadar chekladi. Hozirgi kunda birja orqali oziq-ovqat, kiyim-kechak, choyshablar, mebel, komputer texnikasi singari bir necha turdagi mahsulotlarni elektron tizim orqali sotish va sotib olish imkoniyati yaratilgan. Ayni paytda birjaning elektron kimoshdi savdo tizimida 25 mingdan ortiq buyurtmachi va 44 mingdan ziyod yetkazib beruvchi ro‘yxatdan o‘tgan. Yetkazib beruvchilarning 98,6 foizi kichik biznes subyektlaridir. Joriy yilning o‘tgan davrida birja orqali amalga oshirilgan davlat xaridlarining hajmi to‘rt yuz milliard so‘mga yaqinlashdi. Byudjet mablag‘larining tejalishi 83,7 milliard so‘mga yetdi. – Davlat xaridlari tizimi muntazam ravishda takomillashtirilmoqda, – deydi Respublika tovar-xomashyo birjasi kichik biznes subyektlari mahsulotlarini qo‘llab-quvvatlash markazi mutaxassisi Murod Zokirov. – Davlat va korporativ xaridlarning ochiqligi va raqobatdoshligini oshirish choralari ko‘rilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 27-iyuldagi “O‘zbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasi” aksiyadorlik jamiyatining maxsus axborot portali hamda davlat va korporativ xaridlarni amalga oshirish jarayonlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim ahamiyat kasb etdi. Shu asosda davlat va korporativ xaridlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar birjaning maxsus axborot portaliga joylashtirilmasa, ularni o‘tkazish usulidan qat’i nazar, xarid bo‘yicha shartnoma tuzishga yo‘l qo‘yilmaydi. Birja axborot portalida majburiy tarzda xaridlar to‘g‘risidagi e’lonlar, ularning reja-jadvallari, davlat va korporativ xaridlarning natijalari, statistik ko‘rsatkichlar va bir qator boshqa ma’lumotlar joylashtirilgan. Portaldan agentlar, kafolatlovchi va nohalol yetkazib beruvchilar ro‘yxatlari, birja tovarlari uchun o‘rtacha narxlar ham joylashtirilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev 2016-yil 5-oktabrda imzolagan “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonida “Elektron hukumat” tizimini joriy etish doirasida davlat organlari faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini jadal rivojlantirish, tadbirkorlik subyektlarining vakolatli organlar bilan o‘zaro hamkorligining bevosita muloqot qilmaydigan shakllarini kengaytirish bo‘yicha kompleks tadbirlarni amalga oshirish vazifasi qo‘yilgan. Bu elektron muloqot doirasi kengayishi, tadbirkorlarga yanada keng imkoniyatlar yaratilishiga yo‘l ochadi. – Mamlakatimizda tadbirkorlar uchun yaratilgan qulay sharoit va imkoniyatlar faoliyatimizni yanada kengaytirishda muhim omil bo‘lmoqda, – deydi “Magnitik group” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Suhrob Rasulov. – Firmamiz orqali hisoblagich va komputer texnikalarini tashkilotlarga yetkazib bermoqdamiz. Avvallari bozorda maxsus do‘kon ochib savdo qilgan bo‘lsak, hozirgi kunda mahsulotlarni elektron savdo orqali amalga oshiryapmiz. Bunda bizga Respublika tovar-xomashyo birjasi har jihatdan ko‘maklashmoqda. Elektron savdo tizimida savdo qilish mamlakatimizning turli hududlarida mahsulotlarimizni masofadan turib sotish imkonini bermoqda. Bu vaqtimizni tejashga, sarf-xarajatlarni keskin kamaytirishga yordam bermoqda. Bir so‘z bilan aytganda, elektron savdolar sohasida olib borilayotgan ishlar kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga qulayliklar yaratmoqda. Bu ularning samarali faoliyat yuritishiga, iqtisodiyotimizdagi o‘rni va ulushi yanada mustahkamlanishiga zamin yaratayotir. Hozirgi xalqaro amaliyotda qabul qilinganidek, reglamentga soluvchi tartib-taomillarni yanada soddalashtirish, arzonlashtirish va qisqartirish, davlat va nazorat qiluvchi organlar bilan tadbirkorlik subyektlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning bevosita muloqotsiz elektron shakllarini hamma joyda keng tatbiq etish talab qilinadi. Barcha kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini soliq va moliyaviy hisobotlarni topshirishning elektron tizimiga bosqichma-bosqich o‘tkazish boshlandi. 2013-yil 1-yanvardan boshlab tadbirkorlik subyektlari tegishli davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan tartib-taomillarni o‘z xohishlariga ko‘ra elektron shaklda amalga oshirish huquqiga ega bo‘ladilar. Ishbilarmonlik muhitini tubdan yaxshilash, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun eng qulay shart-sharoitlarni yaratish, korxonalarning faoliyati bilan bog‘liq tartib-taomillarning barcha turlarini qisqartirish, soddalashtirish va ochiq-oydinlik darajasini oshirish, statistik, moliyaviy va soliq hisobotlarini taqdim etishda, soliqlar va majburiy to‘lovlarni to‘lashda, ro‘yxatga olish va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirishda, yer maydonlarini ajratish va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishda, shuningdek, tadbirkorlik subyektlarini kreditlashda davlat, nazorat qiluvchi organlar bilan tadbirkorlik subyektlari o‘rtasidagi bevosita muloqotni, byurokratik sansalorlik va korruptsiyani istisno etuvchi elektron tizimga, shu jumladan, internet tarmog‘iga keng miqyosda o‘tishni ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi tashabbusi bilan «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish Markazi va Savdo-sanoat palatasi hamkorligida «Tadbirkorlik» axborot tizimlari majmuasi ishga tushirildi. Iqtisodiyotga zamonaviy axborot texnologiyalarining katta ta’siri bo‘lib turgan hozirgi davrda o‘z korxonasi faoliyatida bu texnologiyalarning yangi biznes modellaridan foydalanishni yo‘lga qo‘yishga intilayotgan har qanday tadbirkor yangi bozor biznesida o‘zining strategik pozitsiyasini mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ushbu axborot tizimi orqali tadbirkorlik subyektlari tegishli davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida quyidagi tartib-taomillarni o‘z xohishlariga ko‘ra elektron shaklda amalga oshirish huquqiga ega bo‘ladilar: Download 375.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling