8-mavzu: oilaning hayotiy sikli reja


R.Kappenberg degan olimning ta’kidlashicha, ba’zan oilaviy munosabatlarda favqulotda paydo bo’ladigan hodisalar ta’sirida shok-ziddiyatlar paydo bo’ladi


Download 19.59 Kb.
bet3/5
Sana16.11.2023
Hajmi19.59 Kb.
#1778294
1   2   3   4   5
Bog'liq
8- ma\'ruza OPP

R.Kappenberg degan olimning ta’kidlashicha, ba’zan oilaviy munosabatlarda favqulotda paydo bo’ladigan hodisalar ta’sirida shok-ziddiyatlar paydo bo’ladi. Bu odatda kutilmaganda ro’y beradigan holatlarning oqibati bo’lib, oila a’zolari buni kutmaydilar. Masalan, er-xotinlarlardan birining xiyonati va uning oshkor bo’lib qolishi, o’g’ilning noqobil bo’lib giyohvand moddalar iste’mol qilishini kattalar bilib qolishlari, oila a’zolaridan birining boshqa jinoyat yo’liga kirib qolishi, falokatlar va shunga o’xshashlar oilaviy munosabatlarning to’satdan o’zgarishi, munosabatlarni qayta ko’rib chiqishni taqozo etadi. Bunda ham oiladagi kattalarning oqilligi, mahallaning hamjihatligi ijobiy rol o’ynashi mumkin. Oilaviy hayotni tizimli tarzda tasavvur etib, uning psixologik xususiyatlarini o’rganishga jazm etgan olimlardan biri amerikalik tadqiqotchi Virjiniya Satir (1992, 2000) hisoblanadi. U oilaviy hayotni tavsiflash uchun quyidagi tushunchalarni ishlatadi: oila energetikasi, oila tizimi, chegarasi va funksional xususiyatlari. Bu bilan u kelib chiqishi nuqtai nazaridan biologik hisoblangan ijtimoiy institutga texnologik metodologiyani tadbiq etishga urinadi. Oilaning funksional xususiyatlari – bu oila a’zolari o’rtasidagi munosabatlarning sifatiy taraflarini tavsiflaydi.
Masalan,• muloqot uslublari; har bir oilaga xos bo’lgan tartib-qoidalar;
•o’zaro muloqot jarayonida kommunikativ to’siqlarning mavjudlari (yo’qligi). Satir o’zining psixoterapevtik tajribasidan kelib chiqqan holda oilaviy munosabatlar jarayonida ko’zga tashlanadigan muloqotning 5 xil uslubini ajratadiki, ulardan to’rttasini u samarasiz deb ataydi, bittasi yetarli darajada tajriba va bilimga ega bo’lgan yetuk muloqot uslubiga kiradi. Dastlabki to’rttasi odatda muomala jarayonida biror muammo yoki to’siqni yengishga, o’zini ataylab yaxshi ko’rsatishga, kimgadir yoqishga yoki aksincha, kimnidir nimagadir ayblashga, tanqid qilishga xizmat qiluvchi uslublardir.
Xushomadgo’ylik uslubi kimlargadir ataylab yoqish maqsadida barcha oila a’zolarining xatti-harakatlaridan andoza olish, o’zini yerga urib bo’lsa-da, o’zgalar bilan kelishib yashash, bu bilan o’zini hamisha yerga urishni nazarda tutadi. Ayblovchi uslub doimo kimnidir nimagadir o’rgataverish, tanqid va nazorat qilish, faqat o’zidan kuchli odam oldidagina biroz o’zini tortish bilan bog’liq kommunikativ harakatlarni o’z ichiga oladi. Birinchi va ikkinchi uslublar go’yoki bir birini to’ldiradi. Hisob-kitobli muomala uslubi shundayki, unga ko’ra odam hamisha va har qanday vaziyatda aniq, bexato harakatlar qilishga intiladi, chunki bunday odam adashmay, doimo “to’g’ri, benuqson” bo’lishga intiladi, shuning uchun bunday insonning harakatlari doimo sun’iyday, his-tuyg’ulari esa mazmunsiz, doimo tazyiq ostiga olinganday bo’ladi.

Download 19.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling