8-Mavzu. O’zbek xonliklarining rossiya imperiyasi tomonidanbosib olishi. Mustamlakachilik zulmiga qarshi milliy ozodlik harakati. Jadidchilik


Mustamlakachilik zulmiga qarshi milliy ozodlik harakati


Download 110.5 Kb.
bet3/6
Sana08.03.2023
Hajmi110.5 Kb.
#1249831
1   2   3   4   5   6
3. Mustamlakachilik zulmiga qarshi milliy ozodlik harakati
Rossiya imperiyasining Turkistonda joriy etgan ma'muriy-boshqaruv tizimi xalqning boshiga solingan siyosiy sirtmoq bo'ldi. Bosqinchilar, awalo, Turkiston boyliklarini talon-taroj qildi, so'ngra o'lkani xorriashyo bazasiga aylantirib iqtisodiyotni o'z manfaatlari yo'lida jilovlab oldi. Og'ir soliqlar, g'ayriqonuniy majburiyatlar aholini tobora qashshoqlashtirib yubordi. Mustamlakachilar mahalliy aholining milliy qadriyatlari, urf-odatlarini oyoqosti qilardi, ma'naviy zug'um kuchayib borardi.
Rossiya Turkistonni o'z mustamlakasiga aylantirgach, uning siyosiy, iqtisodiy, ma'naviy-madaniy zulmi kuchayib bordi. Mustamlakachilik zulmiga qarshi xalq noroziligi, nafrati oshib, qo'zg'olon ko'tarishiga sabab bo'ldi. Qo'zg'olonning harakatlantiruvchi kuchi dehqonlar, shahar hunarmand-kosiblari, kambagallar bo'ldi. Bu harakatlarda vatanparvar ruhoniylar, milliy g'ururini yo'qotma-gan boy zamindorlar ham ishtirok etdilar.
1879— yilda 600 ga yaqin g'alayonchi Farg'ona viloyat boshqar-masi binosini qurshab olib, harbiy gubernatordan Marg'ilon tuma-nidan olinayotgan soliqlarni kamaytirishni talab qiladi. G'alayonchilar avzoidan cho'chigan, vaziyatning jiddiyligini anglagan viloyat harbiy gubernatori bo'lajak katta janjalning oldini olish maqsadida xalqqa yon bosib, ularning talablarini o'rganib chiqishga va'da beradi va g'ayriqonuniy soliq yig'uvchilarni aniqlab, ularni ishdan chetlash-tirishga majbur bo'ladi.
1880-1883— yillarda mustamlakachilik zulmiga qarshi qator chiqishlar bo'lib o'tdi. Xo'jand, O'ratepa, Namangan, O'sh va Chustda ko'tarilgan qo'zg'olonlarbunga misol bo'la oladi. Manbalarda 1885-1892— yillarda Farg'ona viloyatida xalqning 205 marta siyosiy chiqishlari yuz berib, harakatlari ko'tarilgani qayd etilgan.
Farg'onadagi vaziyatdan cho'chigan viloyat harbiy-gubernatori Vrevskiy aholidan ko'z-quloq bo'lib turish uchun Markaziy huku-matga maxfiy siyosiy politsiya xizmati tashkil etish taklifmi ilgari surdi. U Farg'ona viloyatining har bir tumanida maxfiy ayg'oqchilar tarmog'ini vujudga keltirish uchun o'z ixtiyoridagi mablag'dan foydalandi. O'lkaning oliy harbiy-siyosiy doiralari tobora kuchayib borayotgan norozilik to'lqinini pasaytirish uchun ta'sirchan vosita izlay boshladi. Qurolli kuchlar va politsiya xizmatini kuchaytirish tadbirlari uchun bir yilda 5,5 mln. so'm sarflanardi. Holbuki, undan ham muhim hisoblangan temir yo'l uchun bor yo'g'i 190 000 so'm ajratilganini hisobga olsak, Rossiya imperiyasi hukumatining xalq harakatidan naqadar xavotirga tushgani aniq bo'ladi.

Download 110.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling