8-mavzu o‘zbekiston respublikasidagi ijtimoiy o‘zgarishlar. Reja


partiyalarning rolini yanada kuchaytirish


Download 212.11 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/12
Sana16.11.2023
Hajmi212.11 Kb.
#1778265
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
8-мавзу (3)


partiyalarning rolini yanada kuchaytirish; 
Ikkinchi ustuvor yo‘nalishda qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-
huquq tizimini yanada isloh qilish; 
Uchinchi ustuvor yo‘nalishda iqtisodiyotni rivojlantirish va 
liberallashtirish; 
To‘rtinchi ustuvor yo‘nalishda mamlakatda ijtimoiy sohani 
rivojlantirish; 
Beshinchi ustuvor yo‘nalishda xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy 
bag‘rikenglikni ta’minlash hamda chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va 
amaliy tashqi siyosat sohasidagi muhim vazifalar belgilandi. 
2
Мирзиёев Ш. Танқидий таҳлил, қатъий тартиб-интизом ва шахсий жавобгарлик - ҳар бир раҳбар 
фаолиятининг кундалик қоидаси бўлиши керак. Т., 2017 й. 


 Ma’lumki so‘ngi yillarda amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar 
milliy davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, xavfsizlik va huquq -
tartibotni, davlatimiz chegaralari daxlsizligini, jamiyatda qonun ustuvorligini, 
inson huquq va erkinliklarini, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik 
muhitini ta’minlash uchun muhim poydevor bo‘ldi. Xalqimizning munosib 
hayot kechirishi, fuqarolarimizning bunyodkorlik salohiyatini ro‘yobga 
chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi. 
Inson va uning manfaatlarini ko‘zlab ishlab chiqilgan Harakatlar 
strategiyasining birinchi ustuvor yo‘nalishi bu, davlat va jamiyat qurilishini 
takomillashtirishga yo‘naltirilgan demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va 
mamlakatni 
modernizatsiya 
qilishda 
parlamentning 
hamda 
siyosiy 
partiyalarning rolini yanada kuchaytirishga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.
YA’ni davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish, davlat xizmatining tashkiliy-
huquqiy asoslarini rivojlantirish, davlat xizmatlari sifati va samarasini 
oshirish, jamoatchilik nazorati mexanizmlarini amalda tatbiq etish, fuqarolik 
jamiyati institutlari hamda ommaviy axborot vositalari rolini kuchaytirishga 
e’tibor qaratdi. 
Harakatlar strategiyasida qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq 
tizimini yanada isloh qilishga yo‘naltirilgan dastur bu ikkinchi yo‘nalish 
hisoblanadi. YA’ni sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini hamda 
fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini 
mustahkamlash, ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va xo‘jalik qonunchiligini
jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimi 
samarasini oshirish belgilab berildi. Uning muhimligi shuningdek sud tizimini 
isloh qilish, yuridik yordam va huquqiy xizmatlar sifatini tubdan yaxshilashga 
yo‘naltirilganligi bilan ahamiyatlidir. 

Download 212.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling