8-mavzu. Qiyosiy pedagogik tizim. Reja
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
8-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fransuz Qizil Xoch Jamiyati
- Papa Ioann Pavel II Nomli davlat oliy maktabi
JAM MUSIC LAB xususiy o‟quv konservatoriyasiga 2011 yilda Markus Ratka,
Yoxannes Valentin va Andreas Bartosch tomonidan asos solingan. Hozirda u davlat tomonidan xususiy ta‘lim muassasasi sifatida tan olingan. Ushbu ta‘lim maskani, professional jaz va ommabop musiqa sohasida yetakchi muassasalardan biriga aylandi. 2016 yil 13 dekabrda ushbu konservatoriya – xususiy o‘quv muassasa deb Avstriya (AQ Avstriya) Sifatni ta‘minlash agentligi tomonidan tan olingan. Hozirgi kunda, JAM MUSIC LAB Xususiy Jaz va Ommaviy Musiqa Universiteti, Avstriyada birinchi bo‘lib jaz, mashhur va media musiqasini rivojlantirayotgan birinchi musiqa universitetidir. 1864 yilda tashkil etilgan Fransuz Qizil Xoch Jamiyati, hukumat va davlat organlari bilan birgalikda faliyat yurituvchi mustaqil hayriya tashkilotidir. Jamiyatning asosiy ishtirokchisi sifatida ushbu universitet gumanitar, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy, maishiy xizmatlarni taqdim etadi. Jamoa – 18000 ishchi va 56000 ko‘ngillilardan tashkil topgan bo‘lib, ular – mahalliy qo‘llab-quvvatlash, doimiy va tinimsiz xayriya faoliyatini olib boradilar. Papa Ioann Pavel II Nomli davlat oliy maktabi Biala Podlaska (Polsha) shahrida 2000- yilda tashkil etilgan. Hozirgi kunda ushbu muassasada 18 yo‘nalish va 43 mutaxassislik bo‘yicha, 3000 talaba tahsil olmoqda. Ta‘lim olish bepul. Bakalavr, magistr, shuningdek fan nomzodi ilmiy darajalarini qo‘lga kiritish imkoniyati mavjud. Ushbu OTM universitetlar orasida Rezcpospolitej va Outlook 2014 va 2015 respublika reytingida II o‘rinni egallagan. U ilmiy izlanishlarni qo‘llab-quvvatlovchi barcha tashkilotlar bilan, shaxsan, sog‘liqni saqlash muassasalari: yuqumli kasalliklarni diagnostika va epidemiologik tadqiqotlar, sil kasalligi va ohak kasalliklari bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarni hamkorlikka chaqiradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling