8-Mavzu. Shaharlarning hududiy tizimlari. O‘zbekiston shahar aglomerasiyalari. Reja


Download 28.66 Kb.
bet5/5
Sana20.01.2023
Hajmi28.66 Kb.
#1104435
1   2   3   4   5
Bog'liq
5-Ma\'ruza Shaharlar hududiy tizimlari

geokriminogen muhit.Shahar aglomerasiyalarida insonlar o‘rtasidagi munosabatlar o‘zgaradi, o‘ziga xos turmush tarzi shakllanadi, ayrim hollarda milliy urf-odatlar,qo‘shnichilik munosabatlari yo‘qola boradi. Insonlarning axloq-odob normalaridan chetga chiqish hollari ko‘payadi. Jinoyatchilikning turli shakllari namoyon bo‘ladi va ular shaharlarda qishloq joylarga nisbatan 5-6 barobar ko‘proq sodir etiladi va o‘ziga xos geokriminogen muhit shakllanadi.
Shu bois, hozirgi rivojlangan mamlakatlarda aglomerasiyalar ayrim olimlar tomonidan qoralanmoqda. Chunki ular juda ulkan bo‘lib, bir-biri bilan chirmashib, ajratib bo‘lmaydigan darajada o‘zaro chambarchas bog‘lanib va ziddiyat hamda muammolar shu qadar keskinlashib ketganki, ularni endi boshqarish juda qiyin. Bunday holatlarning oldini olish maqsadida shaharaglomerasiyalarini shakllanish davridan ilmiy asosda o‘rganish va nazorat qilish maqsadga muvofiq.Ularda mavjud bo‘lgan juda katta imkoniyat va ijobiy jihatlaridan xalq xo‘jaligida samarali foydalangan holda, salbiy oqibatlari va muammolarini o‘z vaqtida hal etgandagina ko‘zlangan maqsadlarga erishish mumkin.
Aglomerasiyalar aholi manzilgohlari joylashuvining murakkab shakli bo‘lib, uning vujudga kelishi to‘satdan ro‘y bermasdan uzoq yillar davomida aholi va ishlab chiqarishni hududiy tashkil etishning takomillashuvi natijasida ob’yektiv holatda kechadigan jarayondir. Ular qulay, yetarli shart-sharoitlar bo‘lgan yerlardagina tarkib topadi va bir-biridan faoliyat turi, o‘lchamlari, rivojlanganlik darajasi, aloqalar intensivligi va boshqa xususiyatlariga ko‘ra farq qiladi.
Yevropa davlatlarida aglomerasiyalar asosan dengiz va daryo bo‘ylarida, ularning dengizga chiqish qismlarida, port-shaharlar negizida paydo bo‘lgan, keyinchalik esa sanoatning rivojlanishi bilan sanoat rayonlarida tarkib topa boshladi. Bu holat Amerika qit’asiga ham ko‘chdi, dengiz bo‘ylarida savdoning rivojlanishi hamda u bilan bog‘liq holda mamlakat ichkarisida yo‘llar bo‘ylarida va ularning tugunlarida shakllandi.
Hozirgi kunda qator rivojlangan va ayrim rivojlanayotgan mamlakatlarda aglomerasiya va megalopolislar aholi va ishlab chiqarishni hududiy tashkil etishning asosiy shakli bo‘lib qolmoqda. Agar 1950 yilda jahonda 2 ta aholi soni 8 mln. dan ortiq bo‘lgan «megapolis» (aglomerasiya BMT taklifiga ko‘ra) bo‘lgan bo‘lsa (Nyu – York-12,3 mln. kishi, Tokio-11,3 mln.), 1975 yilda ular qatoriga Mexiko qo‘shildi. 2005 yilda ularning soni 20 ta bo‘ldi. Bashoratlarga ko‘ra, 2015 yilda 22 taga yetadi va ularning asosiy qismi rivojlanayotgan mamlakatlarga to‘g‘ri keladi.
Hozirgi kunda yer sharidagi eng yirik aglomerasiya Tokio aglomerasiyasi bo‘lib, unda 35 mln. dan ortiq aholi yashaydi. Aholi soniga ko‘ra keyingi o‘rinlarni Mexiko, Nyu-York, San-Paulu va boshqa aglomerasiyalar egallaydi (UrbanAgglomerations, 2005. Ammo, so‘nggi vaqtlarda ularning o‘sishi sekinlashdi. Rivojlanayotgan mamlakatlardagi Bombey, Manila, Karachi, Dakka, Lagos va boshqalarda«urbanistik portlash» yuz bermoqda:ish topish maqsadida ko‘plab aholining poytaxt shaharlarga ko‘chib kelib, shaharga demografik bosim kuchaymoqda. Ularning aholi soni yiliga 3-5 % dan ko‘paymoqda (jahon bo‘yicha shahar aholisining o‘rtacha yillik o‘sishi 1,8%).
Yevropa, Shimoliy Amerika, Sharqiy Osiyodagi ana shunday 40-50 ta yirik aglomerasiyalar yonma-yon joylashib va bir-biriga qo‘shilib, yirik urbanizasiyalashgan hududlar, ya’ni megalopolislarni hosil qilgan. Ushbu terminni birinchi marta amerikalik sosiolog olim L.Mamford qo‘llagan. J.Gottman esa Atlantika qirg‘oqlari bo‘ylab deyarli 1000 km ga cho‘zilib ketgan 50 ga yaqin aglomerasiyani va 50 mln. dan ziyod aholini o‘z ichiga olgan Bosvash (Boston-Vashington) aglomerasiyalar tizimini birinchi bo‘lib tadqiq etdi va uni shu nom bilan atadi. Ana shunday urbanizasiyalashgan hududlardan sayyoramizning sharqiy qismida, markazi Tokioda joylashgan Tinch okeanning muhim savdo yo‘llari bo‘ylab cho‘zilgan Tokaydo (Tokio-Osaka) megalopolisi sharqning o‘ziga xos o‘sish qutbi hisoblanib, unda aholi va ishlab chiqarishning 2/3 qismi mujassamlangan. Bunday ulkan urbanizasiyalashgan hududlar jahonning asosiy sivilizasiya markazlari bo‘lishi bilan bir qatorda transport, sosial, ekologik, shovqin-suron, irqiy-milliy muammolar bilan birga rivojlanmoqda. Natijada, aholi migrasiyasining yo‘nalishi hozirgi davrga kelib o‘zgardi: shahar markazidan shahar atroflari va yo‘ldosh shaharlarga ko‘chish hollari kuzatilmoqda. Bu ham, o‘z navbatida, turli muammolarni yuzaga keltirmoqda. Jumladan, jahonga mashhur bo‘lgan yirik shaharlarning markaziy qismlari bo‘shab qolgan, bu yerga «past tabaqali» aholi qatlami yoki ishlashga kelgan immigrantlar joylashib, shahar madaniyati, ko‘rki va mavqeiga putur yetkazmoqda. Shunga o‘xshash muammolarni hal etish maqsadida olimlar kelgusida shahar - bog‘lar, agroshaharlar, dengiz shaharlarini yaratish loyihalari ustida boshqotirmoqdalarhttp://www.un.org/esa/population/publications/(wup2005/2005WUPHighlights., pdf ).
Ayni vaqtda Lotin Amerikasida aglomerasiyalashuv jarayoni cho‘qqisiga yetmoqda, Osiyo, shimoliy Afrika davlatlarida esa avjida: Markaziy va Janubiy Afrika hamda Osiyoning ayrim qismlarida u hali boshlangani yo‘q.
MDH davlatlarida, shahar aglomerasiyalari hududiy majmualar, sanoat rayonlarida sanoat markazlari, poytaxt shahar va transport tugunlari negizida vujudga kelgan. O‘tish davriga kelib, sanoatning inqirozga yuz tutishi ko‘pchilik aglomerasiyalarni depressiv holatga tushirib qo‘ydi. Xususan, Rossiyada ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning o‘zgarishi bilan bu jarayon ularning tarkib topish bosqichida to‘xtadi. Megalopolislarning garchi ayrim belgilari paydo bo‘lgan bo‘lsada (Moskva-Nijniy Novgorod, Ural va Kuzbassda), ular to‘liq shakllanmadi.
Markaziy Osiyo mintaqasida aglomerasiyalashuv jarayoni so‘nggi yillardagina boshlandi.Ular yirik poytaxt shaharlar negizida, ayrim tog‘-kon sanoati rayonlarida (Qarag‘anda, Olmaota, Toshkent, Dushanbe va boshqalar), tog‘ oldi tekisliklari, muhim gidrografiya tarmoqlari (Chu, Chirchiq, Hisor, Zarafshon daryolari) va nisbatan yaxshi rivojlangan transport tugunlaridashakllandi.


1 Г. Александерсон. Экономическая структура городов США. М., 1959, С. -69.

Download 28.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling