8-mavzu: tabiiy resurslar va ulardan oqilona foydalanish reja


Download 130.06 Kb.
bet5/6
Sana02.06.2024
Hajmi130.06 Kb.
#1836939
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
8-mavzu tabiiy resurslar va ulardan oqilona foydalanish reja-fayllar.org

Chiqindilar muammosi

Atrof-muhitni ishlab chiqarish va iste’mol qilish chiqindilaridan muhofaza 


qilish, tabiiy resurslardan oqilona va kompleks foydalanish hamda ekologik toza


texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etish muammolari, ayni chog‘da, dolzarb 
hisoblanadi. Energetika, rangli va qora metallurgiya, kimyo sanoati va qurilish
industriyasi 
obyektlari
chiqindilarni 
hosil
qiluvchi, 

atrof-muhitni


ifloslantiruvchi asosiy manbalar hisoblanadi. 
Shaharlarda qattiq maishiy chiqindilar va katta о‘lchamli axlatlar
yig‘ilmoqda-ki, ular о‘z vaqtida va tо‘g‘ri olib chiqilmasa hamda 
zararsizlantirilmasa, atrof tabiiy muhitni jiddiy ifloslantirishi mumkin.
Qattiq maishiy chiqindilarning chiqindixonalarda tо‘planib qolishi, 
changlarning hosil bо‘lishiga va yoqimsiz hidlarning tarqalishiga olib keladi.
Bir qator mamlakatlarda chiqindilarni utilizatsiya qilish - kuydirish, 
poligonlarga kо‘mish yoki yig‘ish, shuningdek kompostlash texnologiyalari
bilan amalga oshiriladi (1-jadval). 
О‘zbekistonda har yili 100 million tonnadan ortiq sanoat chiqindilari hosil
bо‘ladi, ularning 14 % i toksik (zaharli) toifaga mansub hisoblanadi. Bundan 
tashqari, Respublikamiz hududida va unga yaqin hududlarda radioaktiv
rudalarni qazib olish о‘tgan asrning 40-yillarida kuchaygan. Shu davr 
mobaynida 150 ga yaqin radioaktiv ifloslanish maydonlari paydo bо‘ldi.
О‘zbekistonning Andijon viloyatidan 30 kilometr uzoq masofada joylashgan 
Qirg‘iziston Respublikasining Maylu-Su daryosi qirg‘oqlari bо‘ylab joylashgan
umumiy hajmi 2,5 million m
3
bо‘lgan radioaktiv chiqindilar kо‘milgan 23 ta 

ombor va 13 ta balanslangan rudalar tо‘plamlari mintaqaviy ekologik falokat


yuzaga kelishida katta xavfga ega. Sel kelishi va yer kо‘chishi hollari yuz 
berganda radioaktiv chiqindilar Maylu-Su, Qoradaryo va Sirdaryo suvlariga
tushishi mumkin, bu esa 1,5 million kishi yashaydigan 300 km
2
maydondagi 

О‘zbekiston hududini radioaktiv chiqindilar bilan ifloslanishiga olib keladi.


Radioaktiv chiqindilar tarkibini radionuklidlar va sinov maydonlaridagi yadro 
portlashlar tashkil etadi. Radionuklidlar о‘zidan radioaktiv nur chiqaradigan
elementlarning izotoplari hisoblanadi.
Hozirgi paytda, Mayluu-Suu daryosi vodiysida reabilitatsiya ishlari
davom etmoqda. 
Chiqindilar hosil bо‘ladigan korxonalar ustidan davlat nazoratini
“Chiqindilar tо‘g‘risida” gi (2002 yil) Qonunga muvofiq, О‘zbekiston 
Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qо‘mitasi amalga oshiradi.



Download 130.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling