8-mavzu: tabiiy resurslar va ulardan oqilona foydalanish reja
Download 130.06 Kb.
|
8-mavzu tabiiy resurslar va ulardan oqilona foydalanish reja-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so’zlar
- Qattiq yoqilg’ilar
8-mavzu: tabiiy resurslar va ulardan oqilona foydalanish reja 8-MAVZU: TABIIY RESURSLAR VA ULARDAN OQILONA FOYDALANISH Reja 1.O’zbekiston tabiiy resurslarining holati 2.Tabiiy resurslar klassifikatsiyasi 3.Tabiatni muhofaza qilishning aspektlari Tayanch so’zlar: rudasiz metallar, neft, gaz, ko’mir, torf, yer osti suvlari Qayta tiklanadigan resurslar Quyosh bitmas tuganmas resurs, yer yuzini issiqlik va yorug’lik bilan ta’minlaydi. Yomg’ir ko’llar va jilg’alarni suv bilan to’ldiradi. Qachonki, o’simliklar fotosintez jarayonini amalga oshirsa, ular havoga kislordni qo’shadi. Quyosh nuri, suv va havo qayta tiklanadigan resurslardir. Qayta tiklanmaydigan resurslar chegaralangan bo’lib, ularni siz devorni bo’yashda yoki avtomashina bilan sayohat qilishda foydalanasiz. Plastiklar, bo’yoqlar va benzin qimmatbaho qayta tiklanmaydigan resusrlar bo’lmish neft yoki moydan ishlab chiqariladi. Neft mikroskopik dengiz organizmlarning qoldiqlarini yuz millionlab yil davomida burdalanib chirishi natijasida paydo bo’ladi. Temir,mis, oltin, kumush va uran singari boyliklar metal himsoblanadi.* Qattiq yoqilg’ilar
Qattiq yoqilg’ilar yuz millionlab yillar davomida paydo bo’lgan. Mashinalar, avtobuslar, poezdlar va samolyotlar uchun ishlatiladigan benzin, dizelь yoqilg’isi va raketa yoqilg’isi neftdan olinadi. Ko’mir ko’pgina qudratli zavodlarda elektr ishlabchiqarish uchun ishlatiladi. Tabiiy gaz isitish va dvigatelьni harakatga keltirish uchun va ba’zan transport yoqilg’isi sifatida ishlatiladi. Qattiq yoqilg’ilarni hozirgi kunda tejash kelajak avlod uchun zahira sifatida qoldirishimiz uchun muhim hisoblanadi. Qayta tiklanmaydigan resurslar chegaralangan. Kelajakda ular narxi oshib ketishi mumkin. Qattiq yoqilg’ilarning me’yordan ortiq yoqilishi natijasida chiqindi gazlar atmosferaga ko’tarilib, atmosferani ifloslanishiga olib kelmoqda. Bu esa ekotizimni buzilishiga olib keladi. Qattiq yoqilg’ilarni o’rniga boshqa energiya manbalarini ishlatish muhim ekanligi ko’pchilik tomonidan ma’qullanmoqda. Download 130.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling