8-Mavzu. Ta’lim muasasasasi menejmenti. Korreksion pedagogika asoslari reja
Boshqarishning jamoatchilik va shaxsan mas`ullik qoidasi
Download 106.5 Kb.
|
8-Mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Boshqarishda ijroni tekshirish qoidasi
Boshqarishning jamoatchilik va shaxsan mas`ullik qoidasi
Jamoa va jamoa maslahati to`g’ri rahbarlikning garovidir. Jamoa yo`li bilan xo`jalikni boshqarish va unga rahbarlik qilish, eng muhim qarorlarni birgalikda, maslahatlashib ishlab chiqish to`g’ri boshqaruvni tashkil qilishning muhim shartidir. Shuni alohida ta`kidlash lozimki, umumiy ta`lim maktablarida barcha boshqarish masalalarini o`zaro muhokama qilish va xal etish, maktabdagi har bir shaxsning muayyan, aniq va qat`iy belgilangan topshiriq hamda amaliy ishlarni bajarish uchun javobgar ekanligini qat`iy belgilash ishi bilan qo`shib olib borish, bu borada muhim ahamiyat kasb etadi. Binobarin, bu qoidani yakkaboshchilik bilan qo`shib olib borish, nihoyatda muhim vazifalarni jamoa bo`lib xal qilishni ta`minlaydi. Yakkaboshchilikni mustahkamlash xodimlarni topshirilgan ish uchun javobgarlik hissini oshiradi, rahbarlik qilishda qat`iy tartib bo`lishini va mustahkam mehnat intizomini ta`minlaydi. Maktabning tajribasi shu narsani yaqqol ko`rsatmoqdaki: yakka boshchilik jamoa bo`lib rahbarlik bilan birga qo`shib olib borilgandagina o`quvchilarimizga fan asoslaridan chuqur bilim berish va ularni o`zbek milliy hamda umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashdek qiyin hamda sharafli ishda yaxshi natijalarga erisha olamiz. Boshqarishda ijroni tekshirish qoidasi Ijroni tekshirishdan ko`zda tutilgan asosiy maqsad (tekshirishning asosiy vazifasi)- belgilangan ish rejasi va tadbirlarni amalga oshirishni barbot etish extimolining oldini olishdan, kamchiliklarni aniqlash va bartaraf etishdan, qabul qilingan qarorlarning bajarilishini ta`minlashdan, ishni amaliy tashkil qilishdan iboratdir. Ijroni tekshirish yuqori tashkilotlar ko`rsatmalarining va o`z hujjatlarining qat`iy va so`zsiz bajarilishini ta`minlaydi. Bu esa, u yoki bu qarorga zarur tuzatishlar kiritish, bundan buyongi vazifalarni aniqlash, maqsadga erishishning shakli va yangi metodlarini belgilash imkonini beradi. To`g’ri yo`lga qo`yilgan ijroni tekshirish-xalq xo`jaligining barcha tarmoqlarida, xususan, xalq ta`limi tizimini maktab sohasidagi barcha vazifalarni muvaffaqiyatli xal qilishning zarur shartidir. qaror bilan ijroning birligi, to`g’ri rahbarlik uslubining negizini tashkil etadi. Ishning ko`zini bilib tashkil etilgan ijroni tekshirish ana shunday birlikni shubxasiz ta`minlaydi. U xodimlarda, o`qituvchi va tarbiyachilarda o`ziga hamda boshqalarga nisbatan yuksak talabchanlik va printsipiollikni tarbiyalaydi, topshirilgan ish uchun ma`suliyat hissini kuchaytiradi, intizomni mustahkamlaydi. Kishilarda qiyinchiliklarni yengishda, sabot matonat, tashabbuskorlikni, muvaffaqiyatga erishish uchun uzluksiz sobit qadamlik bilan ishlashga intilish hislarini tarbiyalaydi. Download 106.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling