8-Mavzu Tarbiya turlari. (ma’naviy-axloqiy, iqtisodiy, mehnat, ekologik, estetik, aqliy, jismoniy) Reja


Download 55.96 Kb.
bet4/8
Sana17.06.2023
Hajmi55.96 Kb.
#1540127
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
8-Mavzu

Estetik tarbiya. «Agar inson chiroylini aql va farosat bilan ko’ra olsa va uni sevsa, bu insoniylikning yuqori darajasidir. Bu insonning buyuk ideali hisoblanadi. Ana shunday odamni mard va dono, estetik didi yuksak deb haqli ravishda aytish mumkin», degan Ibn Sino «Risolai ishq» asarida. Estetika termini birinchi bo’lib adabiyotchi nemis olimi A.G.Baumchgarten (1714-1962) tomonidan kiritilgan. Uning «Estetika» (I-tom) degan asari 1750 yilda e’lon qilingan. Uni estetika fanining asoschisi deb bo’lmaydi, chunki estetika nazariyasi qadim zamonlardan falsafa fani doirasida o’rganilgan.
Tabiatni yosh avlodni tarbiyalovchi ajoyib murabbiydir, degan Ushinskiy. M.Gorkiy: «Inson tabiatan san’atkordir. U hamma yerda, biron bir holda, o’z hayotini chiroyli qilishga intiladi». Insonning ichki va tashqi go’zalligi bir bo’lgandagina u ideal kamolotga erishadi. «Ozodlik va orastalik oliyjanoblikning o’zagidir», deb ta’kidlagan A.Beruniy «O’tgan avlodlar obidalari asarida.
Estetik tarbiya ancha keng ma’noga ega bo’lib, shaxsni tabiat va jamiyatdagi go’zalliklarni ideal nazardan idrok etishga o’rgatadi. Estetika butun olamdagi go’zalliklarni hislar vositasida idrok etishdir. Az-Zamaxshariy: «Go’zal sifat va husnu-xulq siyratlari bezanmagan kishini hyech qanday kiyimlar ko’rkam qila olmas, gunoh va xatolardan saqlangan kimsaning qalbi sira aybdan firoq bo’lmas», deb bildirgan fikri bag’oyat qimmatli. (Nozik iboralar. T., 1992, 74-bet).
San’at ilmiy – degan edi «Sharq Aristoteli» deb nom bilan mashhur bo’lgan buyuk olim Abu Nasr Forobiy, - o’z muvozanatini yo’qotgan (odamlar) xulqini tartibga keltiradi, mukammallikka yetmagan xulqni mukammal qiladi va muvozanatda bo’lgan (odamlar) xulqning muvozanatini saqlab turadi. Ilm tananing salomatligi uchun ham foydalidir. Chunki tana kasal bo’lsa, ruh ham so’nadi, tana to’siqqa uchrasa, ruh ham to’siqqa uchraydi. Shuning uchun ovozlarning ta’siri bilan ruhni sog’aytirish yordmida tana sog’aytiriladi. (M.M.Xayrullayev. Forobiy va uning faslafiy risolalari. Toshkent, 1963, 235-bet).
Nafosat go’zallikni his qilish, idrok qilish hamdir. Go’zallik – qadim turkiy so’z bo’lib, «go’z» (ko’z) va «ol» dan tuzilgandir, ya’ni ko’zi maftun etuvchi ma’nosini bildiradi. Tilimizda yana shu ma’noga yaqin chiroyli so’zi ham bor. Chiroyli narsani ko’z bilan ko’riladi. Go’zallik esa ham ko’z bilan ko’riladi, ham dil bilan his etiladi, ong biln idrok qilinadi. Bola o’z hissiyot va fikrlarini mustaqil ijod etish – rasm solish, ashula aytish, raqs tushishga imkon berish kerak. (A.Ibrohimov. Vatan tuyg’usi. 1996 yil, 123-bet).
Milliy o’zlikni anglashning o’sib borishi, vatanparvarlik, o’z vatani uchun iftixor tuyg’usining shakllanganligi, boy milliy, madaniy-tarixiy an’analarga va xalqimizning intellektual merosiga hurmat;
A.P.Chexov «Insonda hamma narsa: chehra ham, kiyim ham, tafakkur ham ... go’zal bo’lishi kerak. Ba’zan men shu qadar yaxshi kiyingan go’zal chehralarni uchratamanki, hayratdan gangib qolaman, lekin ularning qalbi va tafakkurichi, yo rabbi! Ba’zan ana shunday go’zallik bilan qora ko’ngil niqoblangan bo’ladiki, bu ko’ngilni mutlaqo oqartirib bo’lmaydi» va yana «Jiddiy mehnatsiz go’zallik yaratilmaydi», - degan fikrlarni bildirgan.
Bolalarda estetik his-tuyg’ularni o’stirish, estetik idrok, tushuncha, tasavvur, bilim, ko’nikma, odat va didni tarbiyalash maktabda estetik tarbiyaning asosiy maqsadi hisoblanadi. Estetik bilim, ko’nikma, malaka va odatlarni tarbiyalash barcha predmetlarni o’rgatish jarayonida amalga oshirib boriladi. Yoshlarni tabiatdagi, jamiyatdagi va kundalik turmushdagi barcha faoliyatlarda go’zallik qonuniyati asosida axloqiy sharqona xulq-atvorda tadbiq etish eng muhim pedagogik masaladir.
Bolalarni tabiatdagi barcha go’zalliklarni faqat hislar vositasida idrok qilishga o’rgatish bilan birga, ana shu go’zalliklarni tartib-ozodalikni o’zlarining hayotlarida qo’llashga o’rgatish muhimdir. Demak, go’zalliklarni his qilishgina emas, ularni o’z tasavvurlarida ko’paytirish, to’plash hamda takomillashtirib borish o’quvchilarni estetik tarbiyalashda amaliy ahamiyatga ega. Estetik tarbiyada bolalarning boshqalar hatti-harakati, xulq-atvori va o’zi faoliyatiga baho berish qobiliyatini o’stirish muhim rol o’ynaydi.
Bolalarda estetik tafakkurni o’stirish, butun borliqdagi go’zal narsalar bilan xunuk narsalar o’rtasidagi, tashqi go’zallik bilan ichki ma’naviy go’zallikni farqlay bilishga o’rgatadi, odatlantiradi. Shuning uchun yosh o’quvchilarda o’zlari hayotining hamma sohalarida estetik qonuniyatlar, qoidalar, talablar asosida tashkil etmoqlari talab etiladi.
Maktabda estetik tarbiya quyidagi tuzilishda amalga oshiriladi: estetik his-tuyg’ular; estetik idrok; estetik tasavvur, tushuncha, bilim; estetik ko’nikma, malaka va odatlarni tarbiyalash; estetik fikrlar va nihoyat estetik madaniyat tarbiyalash nazarda tutiladi.
Masalan: O’quvchi hind kinofilmlarini ko’rish orqali tabiat, kishilarning estetik tushuncha, ko’nikma, malaka va odatlarini ularning to’g’ri yoki noto’g’ri tomonlarini bevosita ko’radi va ularga baho beradi. O’zlarida katta hissiy kechinmalarni boshdan kechiradilar.
Maktabda estetik tarbiya tizimi: oilada estetik tarbiya; dars jarayonida estetik tarbiya; sinf va maktabdan tashqari ishlarda; tasviriy san’at orqali; musiqa va ashula vositasida; turmush va odob estetikasi; kiyim-bosh estetikasi; xulq-atvor estetikasi kabilardan tashkil topadi.
Estetik tarbiya – voqyelikdagi, san’atdagi, tabiatdagi, kishilarning ijtimoiy va mehnat munosabatlaridagi, go’zallikni idrok etish va to’g’ri tushunish qobiliyatini tarbiyalash, go’zallikka muhabbat tuyg’usini va go’zallikni ijodiy ravishda hayotga kiritish qobiliyatini tarbiyalashdir. Estetikaning ikki xil: estetik tarbiya va badiiy tarbiya tushunchalari mavjud.
Estetik tarbiya – bu ancha keng tushunchadir. Bu tushuncha mehnat va madaniy turmush, kishilarning hatti-harakati va o’zaro munosabati, tabiat vositasida tarbiyalanadigan go’zallik tuyg’ularini o’z ichiga oladi. Badiiy tarbiya – san’at (adabiyot, musiqa, ashula, tasviriy san’at) vositasida tarbiyalashdir.
Badiiy adabiyot, teatr, musiqa, tasviriy san’at, kino sohasida eng yaxshi asarlar o’z vositalari yordamida hayotni haqqoniy va yorqin aks ettirib, bu hayotga to’g’ri baho berib, kishilarning ongi, tuyg’usi va xayollariga ta’sir qiladi, insonni hayot va mehnatning hamma sohalarida yangilik, ilg’orlik uchun kurashda faol qatnashishiga chorlab turadi.

Download 55.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling