O‘yin kiyimi - Futbolkalar, trusik va paypoqlar jamoaning barcha o‘yinchilarida
- (“libero” o‘yinchisi bundan mustasno) bir xil shakl va rangga ega bo‘lib, toza bo‘lishi lozim.
- Poyabzal yumshoq, yengil bo‘lib, poshnasiz, tagi rezina yoki charm materialdan bo‘lishi kerak.
- FIVBning jahon miqyosidagi kattalar o‘rtasida o‘tkaziladigan musobaqalarida jamoaning sport poyabzali bir xil rangda, lekin savdo markasi, rangi va dizayni farq qilishi mumkin.
O‘yinchilarning futbolkalari 1 dan 24 gacha raqamlanishi lozim. - O‘yinchilarning futbolkalari 1 dan 24 gacha raqamlanishi lozim.
- Raqam futbolkaning ko‘krak qismi o‘rtasida va orqasida joylashishi kerak. Raqamlarning rangi va tiniqligi futbolka rangi va tiniqligidan keskin farq qilib turishi lozim.
- Ko‘krakdagi raqam balandligi kamida 15 sm, orqadagi raqam 20 sm bo‘lishi shart. Raqam chizig‘ining kengligi old tomond 2 sm, orqa tomonda 4 sm qalinlikda bo‘lishi kerak.
- FIVBning rasmiy musobaqalarida o‘yinchining raqami uning shortigini o‘ng tomonida qayd etilishi kerak. Bu raqam chizig‘ining kengligi 1 sm va balandligi 4-6 sm bo‘lishi lozim.
- Jamoa sardori futbolkasining ko‘krak qismidagi raqami ustida gorizontal joylashgan 8x2 sm li chiziq bo‘lishi lozim.
Musobaqaning aylanma tizimda o’tkazilishi - Aylanma tizimda musobaqa o’tkazishda jamoalar soni juft bo’lsa 1 kun kam musobaqa o’tkazildi. Masalan, musobaqada jamoalar soni 6 ta bo’lsa 5 kun musobaqa o’tkaziladi. Jamoalar soni toq bo’lsa, o’shancha kun o’yin o’tkaziladi va har kun 1 jamoa navbat bilan dam oladi. Masalan, musobaqada jamoa soni 7 ta bo’lsa 7 kun musobaqa o’tkaziladi.
- Har bir o’yin natijasida “ochko”lar hisobida g’oliblar aniqlanadi.
- Voleybolda ochkolar quyidagi tartibda beriladi:
- 3:1, 3:0 hisobda yutgan jamoa uchun “3 ochko”;
- 3:2 hisobda yutgan jamoa uchun “2 ochko”;
- 2:3 hisobda qolgan jamoa uchun “1 ochko” beriladi
Musobaqa Nizomidagi kamchiliklarni sanab o’ting - Musobaqa Nizomidagi kamchiliklarni sanab o’ting
Musobaqa Nizomi
Do'stlaringiz bilan baham: |